Davlat sud eksperti — davlat sud-ekspertiza muassasasining o'z
xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini o'tkazuvchi sud
eksperti.
Garovga ushlab turilgan shaxs — qo'lga olingan yoki ushlab
turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim
shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir
etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan
qo'lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |