Nazorat savollari:
1.
Huquqni muhofaza qiluvchi organga odam savdosi jinoyati
sodir etilganlik fakti bo‘yicha ariza kelib tushgan. Tergovchi sifatida
ishni qanday tashkil etish lozim?
2.
Odam savdosi jinoyati bo‘yicha tergov versiyalarni
shakllantirishga qanday omillar ta’sir etadi? Mazkur turdagi jinoyatlarda
tergovni rejalashtirish qay tarzda amalga oshirilishi lozim?
Kazuslar:
1-kazus
2015 yil 1 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasiga
Fuqaro Odilov Amin ariza bilan murojaat etib, fuqaro Azizov Zokir
2014 yil 20 avgust kuni 15 kishini Rossiyada qurilish inshootida
ishlash uchun olib ketganligini va ularga katta miqdorda pul va’da
qilganligini, etib borishganidan so‘ng esa ularning pasportlarini olib
qo‘yib, ishlaganlaridan so‘ng qaytarib berishlarini aytib o‘tgan. Azizov
Zokir ishchilarni ikki oy davomida ishlatgan va ularga hech qandayhaq
to‘lamagan, 2014 yil 21 oktyabr kuni ishchilar ishlashdan voz kechib,
undan pasportlarini qaytarib berishini so‘rashganida, u pasportlarni
qaytarib bermasligini, agarda ishchilar unga bo‘ysunmasa pasportlarini
yoqib yuborishini va haq to‘lamasligini aytgan va uch oy ishlab
berganlaridan so‘ng pasportlarini qaytarib berishini aytgan. Shundan
so‘ng ikki xafta o‘tgach Azizov Zokir ishchilarni boshqarish uchun
ishga kelmagan. Ishchilar Azizov Zokirni ikki xafta mobaynida
ko‘rishmaganligini, shundan so‘ng ishchilar Azizov Zokirning xonasi
eshigini buzib kirib, uning shkafidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan
pasportlarini olishganligini va O‘zbekistonga qaytib kelishganligini,
Azizov Zokir ning sheriklari borligini lekin ularni tanimasliklarini
aytishgan.Prokuratura xodimlari tergov davomida fuqaro Azizov Zokir
2014 yil 30 oktyabr kuni o‘zini o‘zi o‘ldirganligini va xat qoldirib
ketganligini aniqlashdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ushbu jinoyatning kriminalistik tavsifiva aniqlanishi lozim
bo‘lgan holatlarni belgilang.
428
Mazkur jinoyat yuzasidan tergov versiyalari va rejasini tuzing.
Ushbu vaziyatda qanday taktik qoidalar qo‘llaniladi? Jinoyatni
fosh etish rejasini tuzing. Tergov versiyalrini shakllantiring.
2-kazus
2015 yil 12 mart kuni Chilonzor tumani prokuraturasiga fuqaro
Valieva Sabina tanishi Rizoev Kamron qizlarni chet el hududida
majburan ishga jalb qilish uchun olib ketganligini va ularga tahdid
solib ularni chet elda majburan ishlatib kelayotganligi haqida
ma’lumot beradi. IIBning tezkor qidiruv xodimlari va prokuratura
tergovchilari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirida o‘tkazilishi
natijasida Rizoev Kamron Raximova Bonuni uyidan majburan olib
chiqib ketayotgan paytda qo‘lga olindi. Rizoev Kamron o‘zining
sheriklari kim ekanligini aytishdan bosh tortdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ushbu jinoyatning kriminalistik tavsifi va aniqlanishi lozim
bo‘lgan holatlarni belgilang.
Mazkur jinoyat yuzasidan tergov versiyalari va rejasini tuzing.
Ushbu vaziyatda qanday taktik qoidalar qo‘llanilishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |