Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet418/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   548
Esda  tuting!  Odam  savdosi  jinoyati  bo‘yicha  ish  uchun 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  predmetlar  va  hujjatlar  quyidagi  joylarda 

aniqlanishi,  olib  qo‘yilishi  va  muhrlanishi  mumkin:  1)  odam  savdosi 

jabrlanuvchilarini  o‘g‘irlash,  yollash,  yashirish,  istiqomat  qilishi  va 

ekspluatatsiya  qilish  amalga  oshirilgan  bino,  xona,  qurilma  va 

joylarda; 2) jabrlanuvchilar, bedarak yo‘qolganlarning yashash va ish 

joyida; 

3)  jabrlanuvchilarni  tashish  maqsadida  foydalanilgan  transport 

vositalarida; 

4) odam savdosi jinoyatchilarining yashash yoki ish joyida.  




 

420 


ko‘chmas  mulklarga  nisbatan  joylashuvi.  Basharti,  bunday  joy  bino 

(inshoot)ning  ichki  xonasi  bo‘lsa,  bino  yoki  uning  bir  qismini  mazkur 

xona  joylashuvini  ko‘rsatgan  holda  chizmasini  tuzish  lozim;  3) 

ekspluatatsiya  quroli  va  vositasi,  shuningdek,  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlar.  Ekspluatatsiya  turiga  qarab  ular  turli  xil  bo‘lishi  mumkin: 

turli stanoklar, boshqa ishlab chiqarish mexanizmlari va vositalari, video 

va  fotokameralar,  pornografik  mazmundagi  yoki  zo‘rlik  ishlatish 

mazmunidagi video va foto mahsulotlar, tibbiy qurilmalar yoki jarrohlik 

vositalari  hamda  a’zo  va  to‘qimalarni  ajratib  olish,  tajriba  o‘tkazish 

asboblari  va  boshqalar;4)  ekspluatatsiya  qilinayotgan  shaxslarni 

majburlash  va  xulq-atvorini  nazorat  qilishni  ta’minlash  vositalari, 

shuningdek,  ularni  qo‘llashning  izlari  va  natijalari.  Ular  sirasiga  shu 

maqsadda  foydalaniladigan  qurol  yoki  predmetlar,  harakatlanish 

erkinligini  cheklaydigan  vositalar  (arqon,  zanjir,  kishan),  insonning 

ruhiy  jarayonlarini  cheklovchi  turli  psixotrop,  giyohvand  va  boshqa 

moddalar 

va 

preparatlar; 



ekspluatatsiya 

qilinayotgan 

shaxslar 

pasportlarining  ular  qo‘lga  kiritishi  mumkin  bo‘lmagan  hududdan 

topilishi;  ekspluatatsiya  qilinayotgan  shaxslarning  qarzdor  maqomiga 

solib  qo‘yadigan  qarzdorlik  to‘g‘risidagi  tilxat  va  boshqa  shartnomaviy 

munosabatlarni  ifodalovchi  hujjatlar;  qon  izlari;5)  ekspluatatsiya 

qilinayotgan 

shaxslar, 

shuningdek, 

ekspluatatsiya 

qilayotgan 

shaxslarning  yonidan  topilgan  pul  mablag‘lari.  Ushbu  vaziyat  elementi 

jinoyat  sodir  etgan  va  odam  savdosi  jabrlanuvchilari  daromadining  real 

miqdorini  ko‘rsatishi  mumkin;6)  yashash  va  ekspluatatsiya  qilish 

joyining  umumiy  maishiy  shart-sharoitlari.  Xususan,  atrof  muhit 

sharoiti,  antisanitariya  holati,  ko‘ngilsiz  hidning  mavjudligi;  xonadagi 

noodatiy  harorat  va  h.k.;7)  odam  savdosiga  daxldor  bo‘lgan  shaxslarni, 

ekspluatatsiya  qilingan  jabrlanuvchilarni,  jabrlanuvchilar  shaxsini 

aniqlash,  shuningdek,  jinoyat  hodisasining  alohida  holatlarini  belgilash 

imkoniyatini  beruvchi  belgi  va  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  predmet  va 

hujjatlar.  Ular  sirasiga  audio  va  video  tasmalar,  fotosuratlar,  pasportlar 

va  boshqa  shaxsiy  hujjatlar,  yozuv  kitobi,  kompyuter  texnikasi,  uyali 

aloqa  telefonlari,  sim  kartalar,  chop  etilgan  telefon  qo‘ng‘iroqlari 

ro‘yxati,  shaxs  nomiga  yozilgan  kvitansiyalar,  muayyan  shaxslarga 

tegishli  deb  taxmin  qilinayotgan  predmetlar  va  boshqalar;8) 

ekspluatatsiya  sahnalashtirilayotgan  qonuniy  faoliyatni  tasdiqlovchi 

yuridik  shaxsning  shtampi,  ta’sis  va  boshqa  hujjatlari.  Ularga  ta’sis 

shartnomasi,  ustavlar,  litsenziyalar,  ushbu  yuridik  shaxsning  ulushini 

sotib  olish,  begonalashtirishga  oid  shartnomalar;9)  ushbu  yuridik 




 

421 


shaxsning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  aks  ettiruvchi  hujjatlar.  Ularda 

ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar  va  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning 

ro‘yxati  va  narxi;  mehnat  shartnomalari  va  ularning  to‘ldirilmagan 

blankalari;  qonuniy  va  “yashirin”  buxgalteriya;  yuridik  shaxsga  xizmat 

ko‘rsatayotgan  banklarda  ochilgan  hisob  raqamlari  va  ularda  amalga 

oshirilgan  moliya  operatsiyalari  to‘g‘risidagi  ma’lumot;  iste’mol 

xizmatlari,  noqonuniy  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  xaridorlari,  xom-

ashyo etkazib beruvchilar, ekspluatatsiya vositasi; har bir ekspluatatsiya 

qilinayotgan shaxs tomonidan bajariladigan ishning hajmi va xususiyati; 

yuridik  shaxs  faoliyatini  reklama  qilish  xizmatini  ko‘rsatish 

shartnomalari;  ekspluatatsiya  amalga  oshirilgan  binoga  egalik  qilish  va 

foydalanish 

to‘g‘risidagi 

shartnomalar; 

pul 

mablag‘larining 



harakatlanish  va  foydaning  taqsimlanish  tartibi  va  yo‘nalishi;10)  jinoiy 

yo‘l  bilan  topilgan  deb  taxmin  qilinayotgan  pul  va  qimmatliklar;  11) 

jabrlanuvchilarni  ekspluatatsiya  qilish  natijasida  qo‘lga  kiritilgan 

daromadlarning  legallashtirilganligidan  dalolat  beruvchi  hujjatlar,  shu 

jumladan,  offshor  zonalarda  ro‘yxatdan  o‘tgan  va  soxta  deb  taxmin 

qilinayotgan  yuridik  shaxslar  bilan  mulkiy  va  boshqacha  fuqarolik-

huquqiy  bitimlar  tuzilganligini,  shuningdek,  bunday  yuridik  shaxslar 

faoliyatida,  qimmatli  qog‘ozlar  operatsiyalarida  ishtirok  etilganligini, 

ko‘chmas yoki qimmatbaho ko‘char mulkni sotib olganlikni tasdiqlovchi 

hujjatlar; 12) erkin fuqarolik muomalasidan olib qo‘yilgan hamda ularga 

egalik qilishga nisbatan tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan ob’ektlar.  

Jabrlanuvchilarni  yollash  amalga  oshirilgan  binolarda  tintuv, 

ko‘zdan  kechirish  va  olib  qo‘yishni  amalga  oshirishda  qidirish  va  olib 

qo‘yish  ob’ektlari  quyidagilar  bo‘lishi  mumkin:1)  jabrlanuvchilarni 

sheriklar  bilan  yollashni  amalga  oshiruvchi  shaxslarning  jabrlanuvchi 

yashirish  va  ekspluatatsiya  qiluvchi  shaxslar  bilan  yozishmalari 

materiallari.  Ularda  jabrlanuvchilarga  dastlabki  buyurtmalar  (ularning 

miqdori,  jinsi,  yoshi,  teri  va  sochi  rangi,  jismoniy  ma’lumotlar,  kasbi, 

qon guruhi, to‘qima va a’zolari holati, har bir yollangan shaxsg nisbatan 

to‘lov qiymati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin;2) kompyuter 

texnikasi va boshqa elektron axborot qurilmalari, ularda jabrlanuvchilar 

va  ularni  yollovchilarning  elektron  yozishmalari;  ixtisoslashtirilgan 

Internet-saytlarida  ishga  yollash  to‘g‘risidagi  reklama  e’lonlarining 

joylashtirilishi,  mehnat  va  boshqa  shartnomalarning  namunaviy  va 

to‘ldirilgan  matnli  fayllari;  qarz  tilxatlari,  elektron  pul  ko‘chirmalari, 

shuningdek, 

yollangan 

jabrlanuvchilar, 

sheriklar, 

yollovchilar, 

tashuvchilarning elektron hisobi; qonuniy va “yashirin” buxgalteriya; 3) 



 

422 


jabrlanuvchilarni  yollash  bo‘yicha  xizmatlarni  reklama  qilish  bo‘yicha 

shartnoma,  shuningdek,  tayyor  reklama  mahsulotlari;4)  jabrlanuvchilar 

pasportlari  yoki  ularning  nusxalari;5)  chet  ellik  fuqarolar  yoki 

tashkilotlarning jabrlanuvchilar nomiga yozilgan taklifnomalari, arizalari 

yoki  viza  uchun  ariza  namunalari;  6)  yollangan  shaxslarni  tashish  va 

joylashtirish  uchun  mehmonxonalarni,  biletlarni  band  qilinganligini 

tasdiqlovchi  hujjatlar;7)  mehnat  shartnomalari,  turistik  yo‘llanmalar, 

nikoh  xizmatini  ko‘rsatish,  o‘qitish,  madaniy  almashuv  bo‘yicha 

shartnomalar  va  viza  olish  uchun  asos  bo‘luvchi  boshqa  hujjatlar;8) 

yozuv 


kitoblari, 

bloknotlar 

va 

boshqa 


qog‘oz  hujjatlar;  9) 

jabrlanuvchilarni  yollash  amalga  oshirilayotgan  binoda,  uning  chiqish 

qismida,  bino  yo‘laklarida  yoki  unga  tutash  bo‘lgan  binolarda 

o‘rnatilgan  video  kuzatish  tizimlaridan  olingan  videoyozuvlar;10) 

telefon so‘zlashuvlari hisob-kitoblari;11) telefon avtojavoblari yozuvlari 

xotiralari;12)  odam  savdosi  jinoyatiga  daxldor  shaxslarni  va 

jabrlanuvchilarni aniqlash imkoniyatini beruvchi belgi va xususiyatlarga 

ega  bo‘lgan  predmet  va  hujjatlar,  shu  jumladan  jabrlanuvchilarning 

shaxsiga  oid  ma’lumotlarni  ifodalovchi  hujjatlar  va  videoyozuvlar;  13) 

qalbaki  pasportlar,  ularni  tayyorlash  blankalari  va  uskunalari;  14) 

yollash  amalga  oshirilayotgan  binoda  tartib-qoidalarni  belgilovchi 

hujjatlar;  15)  jabrlanuvchilarni  yollash  sahnalashtirilayotgan  qonuniy 

faoliyatni  amalga  oshirayotgan  yuridik  shaxsning  shtampi,  ta’sis  va 

boshqa  hujjatlari,  ta’sis  shartnomasi,  ustavlar,  litsenziyalar;  16)  ushbu 

yuridik  shaxsning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  ifodalovchi  hujjatlar;  17) 

jinoiy  yo‘l  bilan  topilganligi  taxmin  qilinayotgan  pul  va  qimmatliklar; 

18)  jabrlanuvchilarni  ekspluatatsiya  qilish  natijasida  qo‘lga  kiritilgan 

daromadlarning  legallashtirilganligidan  dalolat  beruvchi  hujjatlar,  shu 

jumladan,  shartnomalar,  firma  ustavlari,  to‘lov  topshiriqlari,  bank 

operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar; 19) erkin fuqarolik muomalasidan 

olib qo‘yilgan ob’ektlar.  

Jabrlanuvchilar  tranzit  tashish  jarayonda  yashirilgan  binolarda 

quyidagilar  aniqlanishi  va  olib  qo‘yilishi  mumkin:  1)  mehmonxonalar, 

yotoqxonalar  va  boshqa  vaqtinchalik  istiqomat  qilish  joylaridagi 

ro‘yxatga  olish  kitoblaridagi  ushbu  shaxslarning  kelish  va  ketish  vaqti 

qayd  etilgan  yozuvlar;2)  jabrlanuvchilar  tibbiy  yordam  uchun  murojaat 

etgan bo‘lsa, tibbiy punktlardagi yozuvlar; 3) mazkur shaxslarga tegishli 

bo‘lgan  hamda  ularning  mulkdorini  aniqlashtirish,  jinoiy  hodisaning 

alohida  holatlariga  aniqlik  kiritish  imkonini  beradigan,  ular  tomonidan 

unutib qoldirilgan yoki tashlab ketilgan ashyolar yoki hujjatlar; 4) odam 




 

423 


savdosi  jinoyatchilari  mazkur  binolardan  foydalanishi  uchun  asos 

bo‘lgan ijara shartnomasi yoki boshqa hujjatlar.  

Shaxs  odam  savdosi  jinoyati  jabrlanuvchisi  bo‘lganligini  taxmin 

qilish  uchun  asoslar  bo‘lgani  holda  bedarak  yo‘qolgan  shaxsning  turar 

joyini ko‘zdan kechirishda qidirish va alohida e’tibor qaratish ob’ektlari 

bo‘lib  quyidagilar  hisoblanadi:  1)  shaxsning  hayot  tarzi,  qiziqishlari, 

mehnat  faoliyati,  ijtimoiy  holati  va  boshqa  ma’lumotlarni  tavsiflovchi 

binodagi  vaziyat  elementlari,  predmet  va  hujjatlar,  jumladan,  mehnat 

daftarchasi,  uning  ma’lumoti  to‘g‘rsidagi,  u  yoki  bu  mutaxassislik 

bo‘yicha kurslardan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar va b.q.; 2)  bedarak 

yo‘qolgan  shaxsni  yoki  uni  topish  mumkin  bo‘lgan  joyni  aniqlash 

imkonini  beruvchi  xususiyat  va  belgilarga  ega  bo‘lgan  ob’ektlar, 

masalan,  eng  so‘nggi  fotosuratlar,  bedarak  yo‘qolgan  shaxsga  tegishli 

biologik ob’ektlar mavjud bo‘lgan predmetlar, qo‘l izi, hidi, sochi, ovoz 

yozuvlari  va  boshqalar;  bedarak  yo‘qolganning  shaxsini  tasdiqlovchi 

hujjatlar, xususan, milliy yoki chet el davlati pasporti va h.k.;3) bedarak 

yo‘qolgan  deb  taxmin  qilinayotgan  shaxsning  alohida  belgilarini 

ko‘rsatuvchi, shaxsning bedarak yo‘qolishiga daxldor bo‘lgan kishilarni 

aniqlash imkonini beruvchi ob’ektlar, shu jumladan, bedarak yo‘qolgan 

shaxslarning  ularning  qarindoshlariga  yoki  yaqin  kishilariga  tanish 

bo‘lmagan  shaxslar,  shuningdek,  operativ  qiziqishga  sabab  bo‘lgan 

shaxslar  bilan  tushgan  fotosurati;  mazmuni  ish  uchun  ahamiyatga  ega 

bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  qog‘oz  bo‘laklari,  shu  jumladan,  bedarak 

yo‘qolgan  shaxslar  aloqa  qilgan  shaxs  yoki  tashkilot  nomi,  telefon 

raqami  va  manzil;  tashrifnomalar;  mehnat  shartnomalari  va  ularning 

to‘ldirilmagan blankalari; jinoyat sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslar 

tegilgan  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  predmet  va  hujjatlar,  jumladan, 

tashrifnomalar,  telefon  raqami  yozilgan  qog‘oz  bo‘laklari,  qalbaki 

hujjatlar  va  b.q.  Ushbu  ob’ektlarda  jinoyatchi  va  jabrlanuvchining 

barmoq  izlari  saqlanib  qolgan  bo‘lishi  mumkin  bo‘lib,  bu  basharti 

ularning  shaxsi  aniqlanmagan  bo‘lsa,  as  qotadi.  Jabrlanuvchining 

bedarak  yo‘qolishida  chet  ellik  fuqaro  daxldor  degan  asosli  taxmin 

bo‘lsa,  ushbu  ob’ektlardan  olingan  va  aniqlashtirish  uchun  yaroqli 

bo‘lgan daktiloskopik izlarni Interpolga xalqaro daktiloskopik ro‘yxatlar 

bilan  tekshirib  ko‘rish  uchun  yuborish  lozim;4)  jabrlanuvchi  bilan  ro‘y 

bergan  hodisaning  alohida  elementlarini  ko‘rsatuvchi  ob’ektlar,  shu 

jumladan,  ishga  joylashtirish,  turistik,  nikoh  va  boshqa  xizmatlarni 

ko‘rsatish to‘g‘risidagi e’lonlardan iborat bosma nashrlar (bunda ushbu 

nashrlarga  qo‘yilgan  belgilar  yoki  ularning  qirqib  olingan  qismlariga 



 

424 


alohida  e’tibor  qaratish  zarur);  bedarak  yo‘qolgan  shaxsga  tegishli 

bo‘lgan  kundalik,  yozuv  kitobi;  mehnat  shartnomasi  yoki  mehnat 

faoliyati  to‘g‘risidagi  dastlabki  kelishuvlar,  ishga  joylashtirish  bo‘yicha 

xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma va b.q. 

Ko‘zdan  kechirish  va  tintuv  o‘tkazish  ob’ekti  sifatida  turli  texnik 

vositalar,  ishlab  chiqarish  va  boshqa  mexanizmlar  bo‘lishi  mumkinligi 

bois, mazkur tergov harakatlarini o‘tkazishdan oldin tergov harakatlarida 

ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘lgan mutaxassislar guruhini aniqlab 

olish  maqsadga  muvofiq.  Qilinadigan  ishning  hajmidan  kelib  chiqib, 

mazkur  tergov  harakatlarida  bir  nechta  tergovchilar  ishtirok  etishi 

zaruriyatini ko‘rib chiqish lozim.  

2. Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish. 

Jabrlanuvchilar so‘roq qilinishi  mumkin bo‘lgan holatlar doirasini 

shartli ravishda uch guruhga bo‘lishimiz mumkin. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish