Yodda saqlang:
Davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari haqidagi
xabarlarni tekshirishda ma’lumot yig‘ishning quyidagi usullaridan
foydalanish lozim:
• tovarlar va qimmatbaho buyumlarning sonini tekshirish uchun
qo‘qqisdan inventarizatsiya tashkil etish;
• muassasa, korxona va ularning bo‘limlarining moliya xo‘jalik
faoliyatini reviziya etish;
• tovar
va
qimmatbaho
narsalar
yuklanayotgan
va
tushirilayotgan paytda foydalanilgan qalbaki hujjatlarni talab
qilib olish;
• tekshirilayotgan operatsiyaga aloqador mansabdor, moddiy
javobgar va ularning ustidan nazorat qiladigan shaxslardan
tushuntirish xatlari olish;
• predmetlarni xususiyati, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan protsesslar
haqida mutaxassislarning fikrini olish:
• tezkor-qidiruv organlariga qidiruv tadbirlari o‘tkazish
to‘g‘risida topshiriqlar berish;
• tashkilot, korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tartibga
soladigan me’yoriy hujjatlarni o‘rganish;
• muassasa, korxonaning davlat va jamoat mulkini saqlash
sharoitlari,
texnologik
protsesslarining
xususiyatlarini
o‘rganish.
391
а) тафтиш асосида аниқланган ва шубҳали ҳисобланган
ҳужжатларни кўздан кечириш ва олиб қўйиш; б) тафтиш томонидан
аниқланган
қалбакилаштирилган
ҳужжатларни
тайёрлаган
шахсларни сўроқ қилиш; в) далилий ашё бўладиган ҳужжат ва
предметларни қидириб топиш мақсадида айбланувчиларнинг турар
жойларида, иш жойида тинтув ўтказиш, моддий зарарни қоплашни
таъминлаш учун мулкларни аниқлаш ва рўйхатга олиш; г) тафтиш
материалларида кўрсатилган шахсларни сўроқ қилиш.
JPKning 161-moddasiga muvofiq tergovchi zarur bo‘lgan
hujjatlarni olib qo‘yish huquqiga ega. Tergovchi jinoyat ishini tergashda
qanday hujjat zarurligini va olib qo‘yilishi lozim bo‘lganlarini belgilab
qo‘yishi zarur. Bunday vaqtlarda tergovchiga mutaxassis - hisobchi,
iqtisodchi, kriminalistlar katta yordam ko‘rsatishlari mumkin. Hisobchi
yoki iqtisodchilar tergovchiga hujjatlarni tahlil qilishning qanday
usullaridan foydalanishi, tergovchini qiziqtirayotgan operatsiya qanday
hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi to‘g‘risida, kriminalist esa ko‘zdan
kechirilayotgan hujjatda qanday o‘zgartirishlar, qalbakiliklar mavjudligi
to‘g‘risida ma’lumotlar berishlari lozim.
Agar jinoyat ishi fuqarolarning, mansabdor shaxslarning bergan
shikoyat va arizalarini tekshirilishi asosida qo‘zg‘atilgan bo‘lsa,
dastlabki tergov harakatlari va tashkiliy tadbirlar ushbu materiallarda
mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Ko‘p hollarda bunday
vaqtlarda tergov ishini boshlashdan oldin inventarizatsiya va taftish
o‘tkazish tashkil etiladi.
Tergovchi jinoyat ishi bo‘yicha zarur barcha hujjatlar bilan
ta’minlangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday hujjatlar
tergovchiga dastlabki materiallar va taftish materiallari bilan kelib
tushishi mumkin. Bunday materiallarni tegishli tashkilotlardan,
shikoyatchilardan, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilardan, guvohlardan
talab qilib olish ham mumkin.
Hujjatlarni ko‘proq yig‘ish uchun o‘tkazilayotgan dastlabki tergov
harakatlari tezkorlik bilan o‘tkazilishi lozim. Tez ko‘zdan kechirishga
ulgurolmasa hujjatlar saqlanayotgan joy muhrlab qo‘yiladi. Keyinchalik
bu hujjatlar to‘liq o‘rganilib, keraklilari jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi,
qolganlari esa qaytarib beriladi.
Inventarizatsiya
tergovchining
talabiga
muvofiq
maxsus
tayinlangan komissiya tomonidan korxonalarda, tashkilotlarda ma’lum
vaqt oralig‘ida tovarlar, pul mablag‘lari mavjudligini tekshirib ko‘rish
392
uchun o‘tkaziladi. Tergovchi inventarizatsiya komissiya tarkibiga
kirmasa-da, bu tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda ishtirok etishi mumkin.
Taftish o‘tkazadigan mutaxassis,taftishchi tomonidan korxona,
tashkilot, muassasalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya
ma’lumotlari asosida tekshirib ko‘rish uchun o‘tkaziladi. Taftish asosan
jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldin o‘tkaziladi. Mabodo, u jinoyat ishi
qo‘zg‘atilishidan
oldin
o‘tkazilmagan
bo‘lsa,
tergovchi
ish
qo‘zg‘atilgandanoq darhol o‘tkazish chorasini ko‘rishi lozim. Bu
to‘g‘rida u qaror chiqarib, unda qisman yoki to‘liq taftish o‘tkazish
zarurligi yoki zarur emasligi, aniq ob’ekt yoki mansabdor shaxsning
qaysi davr ichidagi faoliyati taftish qilinishi lozimligi va taftish
dalolatnomasini qachon taqdim etish zarurligi haqidagi ma’lumotlar
ko‘rsatiladi.
Taftish tayinlash to‘g‘risida chiqarilgan qaror nazorat-taftish
organlariga yuboriladi. Taftish oldiga qo‘yiladigan vazifalar aniq
bo‘lishi lozim. Qoidaga binoan muassasa va tashkilotlarning katta davr
ichidagi faoliyatini taftish qilish tavsiya etilmaydi, chunki u ko‘p vaqtni
talab etib,taftish ishlarini chuqur va to‘liq amalga oshirilishiga xalaqit
beradi. Agar taftish korxona va tashkilotlarning katta davr ichidagi
faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, unda tergovchi taftishni bir
guruh taftishchilar tomonidan o‘tkazish masalasini hal etishi lozim.
Tergovchi taftishchi bilan doimiy aloqada bo‘lishi lozim.
Taftishchi tergovchiga suiiste’mol qilinish faktlari to‘g‘risida axborotlar
berib tursa, tergovchi esa taftishchiga jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan
yangi materiallar to‘g‘risida ma’lumot berib turadi. Taftishchi
suiiste’mol qilinish faktlarini aniqlagandan keyin bu to‘g‘rida xususiy
dalolatnoma tuzadi va uni darhol tergovchiga taqdim etadi. Bu
dalolatnomaning mazmuni bilan manfaatdor shaxslarni tanishtirish shart
emas, chunki ular keyinchalik tuzilgan umumiy dalolatnoma mazmuni
bilan tanishtiriladi.
Qayd etilgan holatlarni aniqlash va dalillar to‘plash uchun
tergovchi quyidagi dastlabki tergov harakatlarini va tashkiliy tadbirlarni
ko‘rishi zarur:
1) jinoyat ustida ushlash (xom ashyoni hech qanday hujjatsiz
sotish, qabul qilish);
2) ushlanganlarni shaxsiy tintuv qilish;
3) xizmat xonalarida tintuv o‘tkazish va ularni ko‘zdan kechirish;
393
4) tintuv o‘tkazish va ko‘zdan kechirishda tayyorlanayotgan
hujjatlar, predmetlar, tayyor mahsulotlarni muhrlash zarurati bo‘lsa,
ayrimlarini olib qo‘yish;
5) pul va mulkni band qilish, ularni olib qo‘yish va qo‘riqlashga
topshirish;
6) talon-toroj qilishda gumon qilingan shaxsni so‘roq qilish;
7) talon-toroj faktlarini ko‘rgan guvohlarni so‘roq qilish;
8) omborlarda, savdo-muassasalarida va tashkilotlarda, kassadagi
pul mablag‘larini inventarizatsiya qilish yoki moddiy qimmatliklarning
qoldiqlarini hisobga olish;
9) xaridorlarni aldash holatlarini aniqlash maqsadida nazorat tarzda
xarid qilish yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarini nazorat uchun
topshirishni o‘tkazish.
Qayd etilgan dastlabki tergov harakatlari va tashkiliy tadbirlarni
bajarishda topilgan ob’ektlarning holati, qo‘riqlanishi, hujjatlarning
saqlanishi aniq va batafsil qayd etilishi juda muhim hisoblanadi.
Taftish va inventarizatsiya materiallari asosida qo‘zg‘atilgan
jinoyat ishlari bo‘yicha quyidagi dastlabki tergov harakatlari o‘tkaziladi:
1) taftishchi va inventarizatsiya o‘tkazgan shaxsni so‘roq qilish;
2) dalolatnomada ko‘rsatilgan shaxslarni so‘roq qilish;
3) kamchilik borligini tasdiqlovchi hujjatlarni o‘rganish, taftish
dalolatnomasi bilan birga, berilgan hujjatlarni olib qo‘yish yoki ularning
yo‘qolmaslik chorasini ko‘rish;
Do'stlaringiz bilan baham: |