Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarini tergovini



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   548
Davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarini tergovini 

rejalashtirish 

 

Davlat  mulkini  talon-toroj  qilish  jinoyatlari  bo‘yicha  tushgan 



materiallarni  tergovchi  o‘z  yurituviga  qabul  qilar  ekan,  bevosita  shu 

ishda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanib tergov harakatlarining 

boshlang‘ich  tayyorlash  hamda  tashkiliy  choralarini  o‘tkazish  rejasini 

tuzadi. 


Tayyorlov  bosqichi  rejasi  tergovchi  tomonidan  ishni  ko‘rgunga 

qadar tuziladi va quyidagilarni aniqlash maqsad qilib qo‘yiladi. 

a)  talon-toroj  sodir  bo‘lgan  joyni,  ya’ni  muassasa,  tashkilot  yoki 

korxonaning ishlash sharoiti bilan tanishadi, shu bilan birgalikda, o‘sha 

muassasa,  tashkilot,  korxona  mahsulot  bilan  ta’minlab  turadigan  yoki 

shu  korxonalarni  tayyor  mahsulotlari  qaysi  tashkilot  orqali  realizatsiya 

qilinganligi hisobga olinib, bu korxonalarning ishlash sharoiti bilan ham 

tanishadi; 

b)  o‘sha  tashkilot  yoki  korxonaning  hisob-kitob  hamda  hujjat 

oboroti  tizimini  o‘rganadi,  shu  bilan  birgalikda  ba’zi  bir  zveno,  sex 

o‘rtasidagi birgalashib qilinadigan harakatni aniqlaydi; 

v) gumon qilinayotgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar 

to‘playdi,  bu  ma’lumotlar  o‘z  ichiga  gumon  qilinayotgan  shaxslarning 

yaqin  aloqalari,  tanish-bilishlari,  yashash  joylari,  mulkiy  ahvoli 

(avtomashinasi, qimmatbaho buyumlari, dachasi bor yoki yo‘qligi) kabi 

faktorlarni o‘z ichiga oladi; 

g)  jinoiy  yo‘l  bilan  talon-toroj  qilingan  mulk  yashirilishi  mumkin 

bo‘lgan joy aniqlanadi. 

Tashkiliy  choralarni  ko‘rish  bosqichi  tergov  harakatlarini 

boshlang‘ich davrini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlaydi, bu davr esa o‘z 

mobaynida  ish  uchun  zarur  bo‘lgan  dalillarni  to‘plashda  va  ulardan 

unumli foydalanishda xizmat qiladi. 

Tergovning  boshlang‘ich  bosqichida  bir  qator  tashkiliy  chora-

tadbirlar  o‘tkazish  zarurati  tug‘iladi,  bular  inventarizatsiya,  taftish  va 

shunga o‘xshash tekshirishlar hisoblanadi.  



 

396 


Inventarizatsiya  va  taftish  materiallariga  ko‘ra  dastlabki  tergov 

harakatini  boshlang‘ich  bosqichini  o‘tkazish  quyidagilarni  o‘z  ichiga 

oladi: 

-  tekshirish  davomida  kamomad  yoki  ortiqcha  mahsulot 

chiqqanligi sabablari haqida mansabdor shaxs so‘roq qilinadi; 

-  inventarizatsiyada  ishtirok  etgan  taftishchilar  va  hisob-kitob 

ishlari bilan shug‘ullanadigan shaxslar so‘roq qilinadi; 

- jinoyat ishi uchun kerakli hujjatlar olinadi va ko‘rib chiqiladi.  

SHuning  uchun  ham  davlat  va  jamoat  mulkini  talon-toroj  qilish 

jinoyati yuzasidan muvaffaqiyatli tergov olib borishning shartlaridan biri 

tergovni  rejalashtirish  bo‘lib  hisoblanadi.  Tergovni  rejalashtirish  tergov 

jarayonini  maqsadga  muvofiq  tashkil  qilishga  katta  yordam  beradi, 

voqea  holatini  ob’ektiv,  tez,  to‘la  va  har  tomonlama  o‘rnatish, 

shuningdek  jinoyatchini  qidirish  va  uni  fosh  qilishda  katta  ahamiyatga 

egadir.  

Bu  ma’lumotlar  protsessual  hamda  tezkor-qidiruv  yo‘li  bilan 

to‘plangan  bo‘lishi  mumkin.  Tezkor-qidiruv  yo‘li  bilan  to‘plangan 

materiallar,  ish  bo‘yicha  dalil  kuchiga  ega  emas.  Lekin  ulardan 

tergovchi  rejalashtirish  va  taktik  masalalarni  hal  qilishda  foydalanishi 

mumkin. 


Faktik  ma’lumotlar  majmuasining  to‘laligi  va  mazmuniga  qarab, 

tergovchi  tergov  vazifalarini  aniqlaydi,  versiyalar  tuzadi,  ularning 

tekshirish yo‘llari va usullarini belgilaydi.  

Tergovning  dastlabki  vaqtida  jinoyat  izini  o‘zida  saqlagan 

ma’lumotlar  soni  kam  bo‘ladi.  Bu  esa  ishni  rejalashtirishni 

qiyinlashtiradi,  chunki  tergovchi  har  bir  yangi  ochilgan  holatdan  keyin 

rejani ko‘rib chiqishi va uni to‘ldirib turishi lozim. SHuning uchun ham 

rejalashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir, u faqat tergov tugashi 

bilan tugaydi. Rejalashtirishda ikki asosiy qismni ajratish mumkin: 

a)  har  bir  bosqich  uchun  tergovchining  maqsad  va  vazifalarini 

aniqlash; 

b)  bu  vazifalarni  hal  qilishning  ko‘proq  samarali  usullarini  va 

tergov olib borishning to‘g‘ri yo‘nalishini tanlash.  

Tergov  yo‘nalishini  aniqlashda  quyidagi  asosiy  holatlar  hisobga 

olinishi kerak: 

1.  Avvalo  dastlabki  tergov  harakatlari  rejalashtiriladi,  bu 

harakatlarning  bajarilishi  jinoyat  izlari  va  boshqa  dalillarni  tez  topish, 

jinoyatchini  aniqlash  va  o‘zlashtirilgan  mulk  yashirilgan  joyni 

aniqlashga  yordam  beradi.  Bunday  tergov  harakatlariga  asosan  hodisa 



 

397 


joyini,  hujjatlarni  ko‘zdan  kechirish,  guvohlarni  so‘roq  qilish,  tintuv, 

jinoyatchini  qidirish  kabi  harakatlar  kiradi.  Tergovning  keyingi 

bosqichida  o‘tkaziladigan  harakatlarga  -  tanib  olish  uchun  ko‘rsatish  - 

tergov  eksperimenti,  yuzlashtirish,  so‘roq  qilish,  ekspertiza  tayinlash 

kabi harakatlar kiradi.  

2.  Rejalashtirish  tergov  harakatlarining  sodir  qilingan  jinoyat 

xarakteri, gumon qilinuvchining shaxsi, uning ko‘rsatuvlari, dalillarining 

mazmuni, ilmiy-texnik va boshqa vositalarni qo‘llashda mutaxassislarni 

ishga jalb qilish kabilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.  

3.  Tergov  olib  borishning  usul  va  yo‘nalishini  belgilashda, 

surishtiruv  organlari  xodimlariga  qanday  topshiriqlar  berish  kerakligini 

ilgaridan ko‘zda tutmoq zarur. Bundan asosiy maqsad, dalillar manbaini 

topish,  tezkor-qidiruv  tadbir-choralarini  muvofiqlashtirish  ko‘zda 

tutiladi. 

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish