Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   548
Еtibor  qarating!  Tintuvning  bevosita  vazifalari  quyidagilardan 

iborat:  qidirilayotgan  ob’ektlarni  topish,  ular  yashirilgan  joylarni, 

shuningdek  topilgan  ob’ektlarning  o‘ziga  xos  belgilarini  qayd  etish; 

olib qo‘yilgan narsalarni jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish. 



E’tibor  qarating!  Tintuv  ob’ektlari  quyidagilar  bo‘lishi 

mumkin:  uy,  kvartira,  xona,  chorbog‘,  dala  hovlisi,  hovlidagi 

imoratlar,  xizmat  yoki  yordamchi  binolar,  garaj,  hammom,  transport 

vositalari:  avtomobil,  kater,  yaxta,  shaxsga  mulk  huquqida  tegishli 

bo‘lgan har qanday ko‘chmas mulk (do‘kon, rasta), shuningdek odam. 



 

244 


o‘tkazish chog‘ida, qoida tariqasida, turli hujjatlar olib qo‘yiladi. 

Tintuv  o‘tkazish  vaqtida  yopiq  binolarni  yoki  buyumlar 

saqlanadigan  joyni  uning  egasi  o‘z  ixtiyori  bilan  ochib  berishdan  bosh 

tortsa, 


tergovchining 

o‘zi  ularni  ochishga  haqli.  Kechiktirib 

bo‘lmaydigan  hollarda  tintuv  tunda  o‘tkazilishi  ham  mumkin.  Tintuvni 

o‘tkazish  vaqtida  tintuv  o‘tkazilayotgan  binoning  egasi  yoki  uning 

voyaga  etgan  oila  a’zolari,  shuningdek  uning  advokati  hozir  bo‘ladi. 

Qidiruv 


harakatlarini 

o‘tkazish 

jarayonida 

tergovchi 

tintuv 

o‘tkazilayotgan  joyda  turgan  shaxslarga  bu  erni  tark  etish,  luqma 

tashlash,  telefon  qo‘ng‘iroqlariga  javob  berish,  tergov  harakati 

yakunlangunga  qadar  bir-biri  yoki  boshqa  shaxslar  bilan  gaplashishni 

taqiqlashi mumkin. 

Tintuv  –  psixologik  jihatdan  o‘ta  murakkab  va  sermehnat,  ba’zan 

nizoli  vaziyatda  o‘tkaziladigan  tergov  harakatlaridan  biri.  Tintuvni 

samarali  o‘tkazish  unga  puxta  tayyorgarlik  ko‘rishni  taqozo  etadi. 

Tayyorgarlik  tadbirlari  tergovchi  tomonidan  tintuv  o‘tkazish  to‘g‘risida 

qaror qabul qilingan paytdan tintuv o‘tkaziladigan joyga kelgunga qadar 

amalga oshiriladi. 

Tayyorgarlik  tadbirlarining  birinchi  bosqichi  jinoyat  ishi 

materiallarini  tahlil  qilish,  qidirilayotgan  narsalar  va  ular  yashirilishi 

mumkin  bo‘lgan  joylar,  tintuv  qilinayotgan  shaxsning,  ba’zan  –  uning 

qarindoshlarining fe’l-atvori  haqida  axborot  to‘plashni  o‘z  ichiga  oladi. 

Bu  qidiruv  harakatlarini  boshlash  uchun  vaqtni,  uning  natijadorligini 

kafolatlovchi  texnika  vositalari  va  usullarini,  tergov-tezkor  guruhi 

a’zolari  sonini  to‘g‘ri  tanlash,  majburiyatlarni  optimal  taqsimlashni 

engillashtiradi.  

Qidirilayotgan  narsalarning  xususiyati  va  belgilari  to‘g‘risida 

ma’lumotlarni  ham  protsessual  manbalar  (masalan,  jabrlanuvchilarni 

so‘roq  qilish  bayonnomalari)dan,  ham  tezkor-qidiruv  tadbirlari 

natijasida  olish  mumkin.  Bu  ma’lumotlar  ular  yashirilishi  mumkin 

bo‘lgan joylar to‘g‘risida tusmollarni ilgari surishga yordam beradi. 

Tintuv  qilinayotgan  shaxsning  ruhiyati,  fe’l-atvori  va  kasb-kori, 

sog‘lig‘ining holati, qiziqishlari haqida xabardorlik tergovchiga narsalar 

yashirilishi  mumkin  bo‘lgan  joylarni,  ularni  niqoblash  usullarini 

prognozlashtirish  imkonini  beradi.  Tintuv  qilinayotgan,  uning  oila 

a’zolari  va  u  bilan  birga  yashaydigan  boshqa  shaxslarning  fe’l-atvorini 

bilish  tintuv  paytida  tergovchi  va  uning  yordamchilariga  jismoniy 

qarshilik  ko‘rsatish  yoki  qidirilayotgan  narsalarni  yo‘q  qilib  tashlash 

ehtimolini prognoz qilish uchun imkoniyat yaratadi. 




 

245 


Tezkor  manbalardan  olingan  tintuv  o‘tkaziladigan  joy  to‘g‘risida 

ma’lumotlar tergovchiga tergov-tezkor guruhini shakllantirish, kuchlarni 

joy-joyiga  qo‘yish,  qidiruv  harakatlarining  oldinma-ketinligini  va 

ularning  real  hajmini  belgilashga  yordam  beradi.  Tintuv  ob’ektlarining 

xususiyatlarini,  tintuv  qilinuvchida  mobil  aloqa  vositalari,  qurol, 

qopag‘on  it,  kasal  oila  a’zolari  va  hokazolar  bor-yo‘qligini  aniqlagach, 

tergovchi  guruhga  kimni  kiritish  zarurligini,  qaysi  qidiruv  texnik-

kriminalistik vositalari talab etilishi mumkinligini belgilaydi. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish