Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tintuv o‘tkazishning taktik usullari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   548
Tintuv o‘tkazishning taktik usullari 

 

Tintuv  o‘tkaziladigan  joyga  borish  shunday  rejalashtirilishi 

zarurki, u erda tintuv qilinuvchi yoki uning balog‘atga etgan oila a’zolari 

bo‘lsin. Ammo, shuning bilan birga, tintuv qilinuvchi shaxs tintuv eriga 

tezkor xodimlar tomonidan tintuv boshlanishi vaqtida olib kelinishi ham 

ehtimoldan  xoli  emas.  Agarda  tintuv  erida  tintuv  qilinuvchi  yoki  uning 

balog‘atga etgan oila a’zolari bo‘lmasa, tintuv faqat ob’ektiv sabablarga 

ko‘ra ularning ishtirokisiz amalga oshiriladi.  

Tergovchi  tintuv  eriga  etib  kelib,  tintuv  qilinuvchiga  tintuv 

maqsadlarini  e’lon  qiladi  hamda  bu  to‘g‘ridagi  qarorni  ko‘rsatadi. 

Tintuv qilinuvchiga uning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu 

haqda  tintuv  bayonnomasiga  tegishlicha  qayd  qiladi.  Bundan  tashqari, 

tintuv  qilinuvchiga  ishga  aloqador  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  buyum  va 

hujjatlarni o‘z xohishiga ko‘ra topshirishni taklif qiladi. Agar ular tintuv 

qilinuvchining  o‘z  xohishiga  ko‘ra  topshirilsa,  tintuv  tergovchida 

hamma hujjat yoki buyumlar topshirilmaganligi haqidagi asoslar bo‘lgan 

holdagina o‘tkaziladi. 

Qidiruv  harakatlarini  amalga  oshirishdan  avval  tergovchi  tintuv 

joyi  bilan  tanishishi,  qidiruv  harakatlari  hajmini  aniqlashi,  alohida 

e’tiborga molik joylarni belgilashi, ish hududini tergov guruhi xodimlari 

o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashi lozim. 

Tintuvning  to‘g‘ri  va  samarali  o‘tishi  hamda  dalillarni  yo‘q  qilish 




 

249 


ehtimolligining oldini olish maqsadida tintuv qilinuvchi va u bilan birga 

hozir  bo‘lgan  shaxslar  bir  xonada  jamlanishi  mumkin,  ular  telefonda 

gaplashishlari,  tintuv  tugaguncha  tintuv  erini  tark  etishlari  taqiqlab 

qo‘yilishi mumkin. Voyaga etmaganlar, ayniqsa, bolalar qoida tariqasida 

tintuv o‘tkazilayotgan joydan chiqarib yuborilishlari lozim. 

Agar tergovchi tintuv erida hozir bo‘lgan shaxs o‘zida biror narsa 

yashirayotganiga  asoslari  bo‘lsa,  u  holda  ushbu  shaxsni  shaxsiy  tintuv 

qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi mumkin.  

Tintuv  erida  noma’lum  shaxslar  paydo  bo‘lsa,  ular  tergovchi 

tomonidan  tintuv  oxirigacha  vaqtinchalik  ushlab  turilishlari  mumkin. 

Agar  ushbu  shaxslar  tintuv  eriga  o‘z  xizmat  vazifalarini  bajarish  uchun 

kelgan  bo‘lsalar  (shifokor,  pochta  xodimi,  santexnik  va  boshqalar), 

ularning  shaxsi,  kelish  maqsadlari  aniqlanishi  zarur.  Ularning  kelish 

maqsadlari tintuv qilinuvchining jinoiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasa, 

tergovchi ularga javob berib yuborishi kerak. Zaruriy hollarda ular tintuv 

faktini sir saqlash to‘g‘risida ogohlantiriladilar. 

Tintuvni  amalga  oshirish  muntazamlik  va  sinchkovlikni  talab 

qiladi. Tergovchi yoki boshqa tintuv ishtirokchisi biror-bir predmetni tez 

ko‘zdan kechirib, uni qiziqtirgan boshqa ob’ektga o‘tishiga yo‘l qo‘yib 

bo‘lmaydi.  Albatta,  qidiriladigan  ob’ektlar  jismoniy  va  boshqa 

xususiyatlariga  ko‘ra  berkitilishi  mumkin  bo‘lmagan  predmetlarni 

sinchkovlik bilan tekshirish ehtiyoji yo‘q. Tintuv eridagi hamma boshqa 

predmetlar har tomonlama o‘rganilishi lozim. 

Predmet  va  hujjatlarni  yashirin  joylarda  saqlashdan  tashqari 

jinoyatchilar  tergovchining  avvalambor  yashirin  joylarni  qidirish  inson 

ruhiyatiga  asoslanib  qidirilayotgan  hujjat  va  predmetlarni  tergovchi 

e’tibor  bermaydi  deya  hammaning  ko‘z  o‘ngida  qoldirishi  mumkin 

(masalan,  daliliy  hujjatlarni  yozuv  stolida  boshqa  qog‘ozlar  bilan  birga 

qoldirish). Ba’zan, tintuv qilinuvchilar yashirin joy sifatida bu maqsadlar 

uchun  mo‘ljallanmagan  predmetlarni  ishlatadilar  (murabboli  bankalar, 

tilla  va  qimmatbaho  narsalarni  saqlash,  kitoblar  esa,  qurol-yarog‘larni 

saqlash  uchun  va  hokazo).  SHuning  uchun  tergovchi,  tintuv  eridagi  uy 

jihozlari,  kiyim,  oyoq  kiyim,  maishiy  texnika,  kitoblar,  bolalar 

o‘yinchoqlari,  idish-tovoq,  oshxona  jihozlari,  oziq-ovqatlar  va 

boshqalarni diqqat bilan o‘rganishi zarur. 

Imoratda,  shuningdek,  hovli  inshootlarida,  tomorqa  va  boshqa 

joylarda  tintuv  o‘tkazganda  tergovchi  har  doim  bir  yo‘nalish  bo‘ylab 

harakatlanadi,  masalan,  spiral  bo‘yicha,  soat  mili  bo‘yicha,  narsalarni 

birin-ketin  tekshirib,  so‘ng  –  xona  markazi,  devorlar,  pol,  keyin  esa 



 

250 


boshqa xonaga yoki imoratga o‘tadi. 

Qidiruv  vaqtida  tergovchi  biror-bir  joyda  yashirin  joy  borligiga 

asos bo‘luvchi turli xil salbiy holatlarni, izlarni e’tibordan qochirmasligi 

zarur.  Masalan,  yam-yashil  o‘tlar  orasida  sarg‘aygan  o‘tli  hudud, 

tomorqadagi  yangi  qazilgan  joy,  devorning  yangi  gulqog‘oz 

yopishtirilgan  qismi,  pol  taxtalarining  biridagi  mixlarning  yangi 

yaltillovchi  qalpog‘i  va  boshqalar  tergovchining  e’tiborini  o‘ziga  jalb 

etishi  hamda  mazkur  ob’ekt  yoki  hudud  qismini  sinchkovlik  bilan 

tekshirish  uchun  asos  bo‘lishi  zarur.  Murda  ko‘milgan  joyni  uy 

hayvonlari  va  parrandalarning  o‘zlarini  besaranjom  tutishlari  ham 

ko‘rsatishi mumkin. 

Paydo  bo‘lgan  shubhalarni  tekshirish  uchun  tergovchi  щup  yoki 

boshqa ingichka predmet  yordamida yumshoq  mebelni, o‘rin-to‘shakni, 

erni va boshqalarni tekshirib ko‘rishi mumkin. Bu narsa etarli bo‘lmagan 

holatlarda  murakkabroq  asbob-uskunalar  qo‘llaniladi:  murda  va  mina 

qidiruvchi,  portativ  rentgen  uskunasi  va  boshqa  qidiruv  vositalari. 

Zaruriyat  tug‘ilganda  uning  ortida  yashirin  joy  borligi  taxmin 

qilinayotgan to‘siq buzib tashlanishi, uy-jihoz texnikasi va agregatlar esa 

qismlarga bo‘lib tashlanishi mumkin. 

Agar  qidiruv  harakatlari  davomida  yopiq  joylar  aniqlansa, 

tergovchi  qulf,  eshik  va  boshqa  predmetlarni  buzib,  mulkka  zarar 

etkazilishining  oldini  olish  maqsadida,  dastlab  undan  yopiq  joyni 

ochishni  so‘rashi  lozim.  Tergovchi  tomonidan  yopiq  joyni  ochish  usuli 

tintuv bayonnomasida qayd etilishi zarur. 

Tintuv vaqtida topilgan bir qator bir xil predmetlar orasidan jinoiy 

ishga  aloqadorlarini  aniqlash  maqsadida  sodda  analitik  namunalar  olish 

mumkin.  Masalan,  giyohvand  moddalarni  tintuv  qilinuvchida  mavjud 

boshqa  dorilardan,  qon  izlari  va  boshqa  biologik  izlarni  ajratish  uchun 

tintuv  erida  tegishli  mutaxassis  tomonidan  ekspress-usullarni  qo‘llab, 

dastlabki o‘rganishlarni o‘tkazish mumkin. 

Qidiruvni  amalga  oshirishda  tergovchi  uning  tasarrufidagi  tintuv 

qilinayotgan  shaxs  haqidagi  ma’lumotlarni  e’tiborga  olishi  shart. 

CHunki  bu  kabi  ma’lumotlarning  hisoboti  tintuv  o‘tkazishning  to‘g‘ri 

taktikasini  tanlash  va  mazkur  tergov  harakatini  samarali  o‘tkazish 

imkonini beradi. 

Ko‘pinchalik  tintuv  qilinuvchilar  ashyoviy  dalillarni  kir 

kiyimlarda,  bolalar  buyumlarida,  o‘yinchoqlarda  va  boshqalarda 

saqlaydilar.  Ba’zan  ularni  ayblovchi  hujjatlarni  tergovchining  bir  xil 

ishni  uzoq  vaqt  bajarishidan  hosil  bo‘ladigan  charchoq  va  e’tiborini 



 

251 


susayishiga  mo‘ljallab,  uy  kutubxonasidagi  kitoblar  orasiga  joylaydilar. 

Bu  kabi  vaziyatlarda  tergovchining  qat’iylik,  keskinlik,  sabotlilik  kabi 

fazilatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tintuv uzoq vaqt davom etganda 

dam olish uchun qisqa tanaffuslar qilish tavsiya qilinadi. 

Tintuv  vaqtida  tergovchi  ba’zan  tintuv  qilinuvchining  shaxsiy 

hayotiga  oid  holatlar  bilan  to‘qnash  keladi.  Masalan,  qidiruv  vaqtida  u 

tintuv qilinuvchining shaxsiy yozishmalariga, shaxsiy hayotiga taalluqli 

va  tergov  qilinayotgan  hodisaga  aloqasi  bo‘lmagan  hujjat  va 

predmetlariga  duch  kelishi  mumkin.  Qonun  fuqarolar  manfaatini 

ko‘zlab,  tergovchi  bu  kabi  holatlar  ovoza  bo‘lmasligi  uchun  bor 

imkoniyatlarini  ishga  solishini  ko‘rsatadi.  SHuning  uchun  qidiruv 

harakatlari  davomida  tergovchi  xolislar  va  tintuvning  boshqa 

ishtirokchilari  e’tiborini  bu  narsalarga,  agar  ularning  ishga  aloqasi 

bo‘lmasa, katta urg‘u berib qaratmasligi lozim. Agar bu holatlar tergov 

qilinayotgan  ishga  aloqador  bo‘lib,  xolislar  va  tintuvning  boshqa 

ishtirokchilari ular bilan tanishishlari shart bo‘lsalar, tergovchi ularni bu 

holatlarni  ovoza  qilmasliklari  to‘g‘risida  ogohlantirib,  ulardan  tilxat 

olishi zarur. 

SHuningdek, tintuv vaqtida ishga aloqador hujjat va predmetlardan 

tashqari  tintuv  qilinuvchi  tomonidan  sodir  etilgan  boshqa  jinoyatga 

aloqador  predmetlar,  ro‘yxatga  olinmagan  qurol-yarog‘  va  fuqarolik 

muomalasidan chiqarilgan boshqa predmetlar ham olib qo‘yiladi. 

Alohida  hollarda  ba’zi  bir  fuqarolar  qaytadan  tintuv  qilinishlari 

mumkin. Qayta tintuvga ehtiyoj, birinchi tintuv ma’lum sabablarga ko‘ra 

yuzaki  o‘tkazilgan  bo‘lsa  yoki  tergov  davomida,  tintuv  qilinuvchida 

uning  jinoiy  faoliyatining  aniqlangan  yangi  epizodlariga  taalluqli 

predmetlar  borligi  haqidagi  yangi  ma’lumotlar  paydo  bo‘lgan  bo‘lsa 

yuzaga keladi. Bundan tashqari, avval tintuv qilingan shaxs turar joyiga 

tergovchi endi e’tibor bermaydi deb hisoblab, birinchi tintuvda topilishi 

va aniqlanishi lozim bo‘lgan ob’ektlarni o‘z turar joyiga olib kelishi kabi 

hollar ham qayta tintuvga asos bo‘lishi mumkin. 

SHaxsiy tintuv, tintuvning boshqa turlari kabi prokuror sanksiyasi 

bilan  tergovchining  asoslangan  qaroriga  binoan  amalga  oshiriladi. 

SHaxsiy  tintuv  faqat  bir  jinsdagi  shaxs  tomonidan  ushbu  jinsdagi 

xolislar  ishtirokida  o‘tkazilishi  mumkin.  Buning  uchun  alohida  xona 

ajratiladi  va  undan  begonalar  chiqarib  yuboriladi.  Iloji  bo‘lsa,  tintuv 

qilinuvchi  tintuv  vaqtida  qarshilik  ko‘rsatmasligi  uchun  tintuv  ikki 

xodim  tomonidan  amalga  oshirilishi  ma’qul.  Tintuv  qilinuvchining 

avvalo  cho‘ntaklari  tekshiriladi,  quroli  olib  qo‘yiladi,  shuningdek, 



 

252 


qarshilik  ko‘rsatishi  uchun  qo‘l  keladigan  har  qanday  predmetlar  olib 

qo‘yiladi.  CHo‘ntaklar,  sumkalar  va  tintuv  qilinuvchining  boshqa 

buyumlari  e’tibor  bilan  tekshiriladi.  Agar  shaxsiy  tintuvni  o‘tkazish 

inson  tanasini  tekshirish  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  tintuv  o‘tkazish  uchun 

shifokorni taklif qilish maqsadga muvofiqdir. 

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish