2-kazus
Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan 25 aprel’ 2015 yilda
12 daha 13 uy 23 xonadonda Alimov R.V.ning murdasi topildi. Sud
tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra Alimov R.V tarkibida inson
o‘limiga olib keluvchi zaharli moddani iste’mol qilishi natijasida
o‘lganligi aniqlandi. Hech qanday zo‘rlash alomatlari topilmadi.
Voqea joyi ko‘zdan kechirilgan paytda murda o‘z xonasida divanda
yotgan holatida topildi. Divan yonidagi stolda Alimov R.V nomidan
yozilgan xat topildi. Xatning mazmuniga ko‘ra Alimov R.V o‘z
joniga qasd qilganligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holatda dastxatning egasi aynan Alimov R.V ekanligi
yuzasidan qanday kriminalistik tekshiruv o‘tkazilishi lozim. Dastxatni
identifikatsiya qilishga xatning qanday belgilari asosida erishish
mumkin? Xatshunoslik ekspertizasi uchun qanday namunalar
berilishi lozim?
128
Do'stlaringiz bilan baham: |