4. Hujjatdagi fotosurat va markalarni o‘zgartirish. (avvalgi,
haqiqiysi o‘rniga boshqasini yopishtirish).
SHaxsiy hujjatlarga yopishtiriladigan fotosuratlarning odatda
pastki o‘ng yoki chap burchagi ustidan muhr aksi tushadi. SHu kabi
yopishtirilgan marka ustidan ham shtamp va imzoning bir qismi aks
etadi.
Fotosurat,
marka
ko‘chirilib o‘rniga qayta boshqalari
yopishtirilganda muhr, shtamp qismining aksi qo‘lda chiziladi yoki
boshqa muhr bilan tasdiqlanadi. Bu holda muhrning umumiy tuzilishi,
doira bo‘yicha joylashgan yozuvlarning umumiy va xususiy belgilari
o‘zgarib ketadi. Fotosurat va markalarni orqa qismini kuzatish va
tekshirish bilan elimning oldingi va keyingi navbatda ishlatilgan turini
aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |