Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   372
Bog'liq
kriminalist

E’tibor qarating!
Aksariyat hollarda, amaliyot ko‘rsatishicha 
terrorizmni tergov qilishda portlash texnik, yong‘in texnik, trasologik, 
sud tibbiy ekspertizalar tayinlanadi. Shuningdek, xatshunoslik, 
muallifshunoslik, materiallar va moddalarning kompleks ekspertizasi 
va boshqa ekspertiza turlari o‘tkazilishi mumkin. 


518 
sigareta qoldiqlaridagi so‘lak, qon izlari (jinoyatchi yaralanganda, 
tasodifiy yaralanishda, burundan qon ketishida) kirishi mumkin. 
Mazkur turdagi jinoyat ishlari bo‘yicha ko‘pincha portlash texnik 
ekspertiza tayinlanadi. Portlash texnik tadqiqotlar ob’ektlariga portlash 
texnik qurilmalarning alohida qism va detallari, shuningdek, turli 
ob’ektlardagi portlash izlari kiradi. Ammo, qoida tariqasida, portlash 
texnik va kriminalistik ekspertizalarni kompleks ravishda tayinlash 
maqsadga muvofiq, sababi tadqiqot ob’ektlari portlash texnik 
qurilmalarning alohida qism va detallaridan tashqari, boshqa qo‘shimcha 
yordamchi ob’ektlarni xam qamrab oladi. 
Terrorizmning portlovchi yoki shunday xavfga ega bo‘lgan 
buyum topilishi bilan bog‘liq sodir etilishi fakti bo‘yicha, qoida 
tariqasida, portlash texnik ekspertizasi tayinlanib, uning asosiy maqsadi 
sifatida moddaning yoki portlatish uskunasining portlovchi moddalar 
yoxud portlovchi qurilmalar, qurol aslaha yoki uning bir ko‘rinishi 
tarkibiga kirish kirmasligini aniqlash ilgari suriladi (klassifikatsiyalovchi 
tadqiqot).Tadqiqot o‘tkazish uchun ko‘zdan kechirish jarayonida olingan 
perdmet aynanligicha ekspertga topshiriladi. Shu bilan birga, portlash 
xavfi mavjud bo‘lgan predmet ekspertga faqatgina zararsizlantirilgandan 
keyin beriladi.


519 
E’tibor qarating!

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq 


qilish eng keng tarqalgan va murakkab tergov harakati hisoblanadi. 
Asirga olish bo‘yicha ishlarga doir dastlabki tergov harakatlarining 
kompleksida gumon qilinuvchini so‘roq qilish alohida o‘ringa ega. 
Ushbu tergov harakati oqibatida tergovchi gumon qilinuvchining 
(ablanuvchining) aybini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan qo‘shimcha 
dalillarni oladi, chunki aynan u sodir etilgan qilmishning barcha 
holatlari va sharoitlarini, hamda uning sabablarini biladi. 
Ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi: 
1. Topshirilgan predmet portlatish xususiyatiga egami yoki 
boshqa bir buyummi; 
2. Topshirilgan modda portlatish xususiyatiga egami yoki 
boshqa bir buyumga tegishli moddami; 
3. Topshirilgan ob’ekt portlatish vositasi bo‘la oladimi; 
4. 
Tadqiqot uchun topshirilgan ob’ektlar portlatish 
vositasining qoldiqlarimi (bir qismi, asosi) yoki boshqa bir buyumga 
tegishlimi; 
5. Topshirilgan portlatish moddasi (portlatish vositasi) qanday 
nomlanadi; 
6. Mazkur portlatish moddasi (portlatish vositasi) qanday 
sharoitlarda tayyorlangan; 
7. Aniqlangan portlatish moddasi (portlatish vositasi)ning 
qo‘llanilish doirasi qanday; 
8. Tadqiqot uchun taqdim etilgan portlatish vositasi qaysi 
tashkilotda va qancha muddatda tayyorlangan, shuningdek, 
tayyorlovchi korxona tomonidan qay yo‘nalishlarda tarqatilgan; 
9. Portlatish vositasidagi belgilar nimani bildiradi; 
10. Taqdim etilgan portlatish vositasining konstruksiyasi va 
harakat prinsipi qanday; 
11. 
Taqdim 
etilgan 
sanoat 
portlatish 
uskunasining 
konstruksiyasida o‘zgartirish alomatlari mavjud bo‘lsa, aynan qanday 
va ularning yo‘nalishi qanday; 
12. Mazkur portlatish uskunasida qanday belgilar mavjud
sanoat yoki qo‘lbola tayyorgarlikka egami; 
13. Portlatish uskunasi portash uchun etarlimi, agar yo‘q 
bo‘lsa, yo‘qotilgan xususiyatlarni tiklashga qaratilgan detallar va 
qismlarning izlari mavjudmi. 


520 
Bundan tashqari, portlash qoldiqlari va izlariga qarab portlatilgan 
portlash qurilmasining konstruksiyasiga bog‘liq mazkur faktlar bo‘yicha 
ekspert oldiga yana quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin, masalan: 
1. Topshirilgan ob’ektlarda portlash hosilalari yoki portlatish 
uskunasining qoldiqlari mavjudmi, agar bo‘lsa, aynan qanday; 
2. Portlatish uskunasidagi portlatilgan zaryadning og‘irligi, shakli 
va hajmi; 
3. Voqea joyida topilgan ob’ektlarning qay birlari portlatish 
uskunasi yoki uning konstruksiyasiga tegishli bo‘lishi mumkin; 
4. Hodisa joyida portlatilgan portlatish uskunasining konstrukitsyasi 
va harakatlanish prinsipi qanday; 
5. Portlatish uskunasining zaryadi tarkibida tez yonuvchi 
quyilmalar, GSM, neft mahsulotlari, intern to‘ldiruvchilar, shishasimon 
elementlarning mavjudligi; 
6. Portlatish uskunasining tashqi qoplamasi sifatida qanday material 
ishlatilgan, uning nomlanishi va foydalanilish sohasi qanday. 
Yuqorida sanab o‘tilgan sud tadqiqotlari jihatlaridan tashqari 
portlovchi moddalar, tez yonuvchi materiallar va issiq quymalar
portlovchi uskunalar, ularning imitatsiyasi, shuningdek, portlash va 
yong‘in izlari xamda qoldiqlarining boshqa kriminalistik tadqiqotlari 
xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar 
va ob’ektlarning sifati va miqdori, shuningdek, tergovning ilk 
bosqichida kelib chiquvchi tergov vaziyatidan kelib chiqib, qoida 
tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi. 
Yong‘in fakti bo‘yicha yong‘in texnik ekspertiza o‘tkaziladi. 
Mazkur tadqiqotning maqsadi yong‘in kelib chiqishining asl sababini 
aniqlashdan iborat: yong‘in keltirib chiqarilganmi yoki u tez yonuvchi 
materiallar va issiq quymalarni ehtiyotkorliksiz saqlanishi oqibatida 
kelib chiqqanmi yoxud energota’minot, isitish va energoo‘rnatish 
tizimlarini ishlatish, o‘rnatish hamda saqlash qoidalari buzilganligi 
oqibatida sodir bo‘lganmi. 
Yong‘in keltirib chiqarilganda ekspert oldiga amalga oshirish usuli, 
yong‘in vositalari, jinoyatchilar tomonidan foydalanilgan qurol va 
uskunalar, ularning o‘rnatilish joyi, yong‘in sodir etish uchun zarur 
bilim va ko‘nikmalar (professionallik darajasi xam kiradi), 
identifikatsiya qilish uchun kerak bo‘lgan shaxslar, qurollar va uskunalar 
bilan bog‘liq savollar qo‘yiladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan sud tadqiqotlari jihatlaridan tashqari 
portlovchi moddalar, tez yonuvchi materiallar va issiq quymalar, 


521 
portlovchi uskunalar, ularning imitatsiyasi, shuningdek, portlash va 
yong‘in izlari xamda qoldiqlarining boshqa kriminalistik tadqiqotlari 
xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar 
va ob’ektlarning sifati va miqdori, shuningdek, tergovning ilk 
bosqichida kelib chiquvchi tergov vaziyatidan kelib chiqib, qoida 
tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi. 
Undan tashqari, xar qanday shubhali predmet maxsus portlash 
texnik tadqiq etilishi shart, ya’ni “tegishli tartibda vakolatli shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladigan, sog‘lik va hayotga xavf soluvchi 
prdmetni o‘z oldiga portlatish uskunasini aniqlash, uning holatini 
belgilash, portlash uchun tayyorgarlik darajasini bilish, shuningdek, shu 
asosida xavfsizlik choralarini tanlash va voqea joyiga to‘la mos 
keladigan prdemetga nisbatan aktiv harakatlarni sodir etishni maqsad 
qilib qo‘yadigan maxsus ilmiy texnikaviy vositalar, usullar va metodlar 
orqali o‘rganish jarayoni”. 
Portlash texnik tadqiqot tasdiqlaydigan portlash xavfi mavjud 
bo‘lgan predmet topilgan taqdirda qidiruv harakatlari to‘xtatilmaydi, 
chunki jinoyatchi tomonidan portlashi mumkin bo‘lgan bir qancha 
uskunalar turli joylarga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 
Portlash texnik tadqiqot tomonidan portlash uskunasi yoki portlash 
vositasi aniqlanganligi tasdiqlangan, uning tuzilishi, ob’ektda o‘rnatilish 
usuli, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlashning keyingi oqibatlari 
tahlil qilingandan so‘ng, tergovchi (SOG rahbari) saper va portlash 
texnik mutaxassisning xavfsizlik to‘g‘risidagi fikrini inobatga olib PUni 
zararsizlantirish joyi va keyingi harakatlar haqida qaror qabul qiladi. 
Ushbu holatda ikki turdagi harakatlar amalga oshirilishi mumkin: 
portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmetni topilgan joyida 
zararsizlantirish yoki zarurat bo‘lgan hollarda uni ko‘chirib o‘tkazish 
yoxud portlatish kamerasiga olib o‘tish to‘g‘risidagi qaror qabul 
qilinadi. 
Portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmetni topilgan joyida 
zararsizlantirish imkoni bo‘lgan vaziyatda amalga oshirish usuli 
haqidagi masala asosiy o‘rin egallaydi, sababi, saperning asosiy vazifasi 
bu insonlar o‘limini oldini olib va atrofdagi ob’ektlarga etkazilishi 
mumkin 
bo‘lgan 
zararni 
kamaytirib 
portlatish 
uskunasini 
zararsizlantirishdir. SHu bilan birga saperning harakatlari voqea joyidagi 
izlarning butkul yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayrim 
hollarda hodisa joyini ko‘zdan kechirish jinoyatning moddiy izlari, 
jinoyatchini aniqlash va uni fosh etish bo‘yicha yagona usul bo‘lib 


522 
qolishi mumkin. Bunga qaramay, PUni zararsizlantirishga oid ishlarda 
insonlarning xavfsizligi shubhasiz xar qanday xatto yagona izlarni 
olishdan xam muhimroqligini esda tutish lozim. 
SHundan kelib chiqib, portlatish uskunasini zararsizlantirishda 
saper va portlash texnik mutaxassisi faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini 
ajratib ko‘rsatish lozim. 
Himoya vositalariga ega bo‘lgan saper videokamera yordamida 
turli joylar va rakurslardan PU, uning o‘rnatilish joyi, yonida mavjud 
bo‘lgan predmetlar va izlarni (saper bundan oldin videoyozuvda ko‘proq 
aynan nimaga e’tibor qaratish lozimligi haqida mutaxassis tomonidan 
tayyorlanadi) yozib oladi. SHu bilan birga mutaxassis kriminalist 
videokamerani tayyorlaydi va undan foydalanish bo‘yicha saperga 
maslahatlar beradi. Ikkinchi kamera voqea joyidagi saperning 
harakatlarini yozib oladi. 
Videoyozuv ko‘rib chiqilgach, mutaxassis kriminalist saperga 
binoda va ochiq er maydonida jinoyatchining oyoq kiyimidan qoladigan 
izlarni saqlagan holda harakatlanish; olib qo‘yiladigan ob’ektlarni ajratib 
olish va ularni alohida qoplama materialga solish yoki uni xavfli 
zonadan olib chiqish; izolyasion lenta qoldiqlari, mustahkamlovchi 
provodlar va arqonlar, yashiruvchi material va boshqa shu kabilarni 
olish va saqlashga oid maslahatlar beradi.
Mutaxassis kriminalist saperni zaruriy anjomlar (perchatkalar, 
pinset, qoplama material va h.k.) bilan ta’minlashi va qanday qilib qay 
turdagi izlarni olish lozimligini o‘rgatishi kerak, bularga sigareta 
qoldiqlari, qog‘oz parchalari, izolyasion lenta qoldiqlari, provod qismlari 
va h.k. Saper olishi mushkul bo‘lgan izlar (masalan, er maydonidagi 
tuproq qatlamida oyoq kiyimining namunasini yaratib) qo‘l ostidagi 
taxta, korobka va shu kabi narsalar bilan berkitilishi hamda belgilanishi 
lozim. Portlash xavfi mavjud bo‘lgan predmet olib ketilgan yoki 
zararsizlantirilgandan keyin aytib o‘tilgan izlarning rasmiylashtirilishi va 
olib qo‘yilishi mutaxassis kriminalist tomonidan amalga oshiriladi. 
Poligon yoki portlatish kamerasi sharoitida portlatish xavfi mavjud 
bo‘lgan predmetni zararsizlantirishda keyinchalik ekspert tekshiruvchini 
amalga oshirish imkonini beradigan usul va vositalar tanlanadi. 
Poligonda PUni zararsizlantirish joyi tanlanganda mutaxassis 
kriminalist va portlovchi texnik mutaxassis saperlar tomonidan 
ko‘rsatilgan hududlarni ko‘zdan kechiradi, asosiy vazifasi portatilgandan 
keyin 
to‘planib, 
portlatish 
uskunasini 
qayta 
tiklashda 


523 
anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan keraksiz 
predmetlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilishdir. 
Portlashsiz zararsizlantirilgan portlatish xavfi mavjud bo‘lgan 
predmet hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichida 
mutaxassis kriminalist ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. SHu bilan birga 
tayyorgarlik bosqichida portlash xavfisiz ishlash bosqichida portlovchi 
uskuna va uning tarkibiy qismlarini sinchiklab kriminalistik ko‘zdan 
kechirishni ta’minlovchi qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi 
lozim. 
Har qanday holatda predmetning shunday holati tushuniladiki, 
bunda PUning zaryadi va initsiatsiya vositasi o‘zaro aloqada bo‘ladi 
yoki ular bir biriga yaqin joylarda joylashgan bo‘ladi. Bunday holatda 
PU detallari kriminalistik ko‘zdan kechirila olmaydi, shuning uchun 
tergovchi (tezkor xodim) portlovchi texnik mutaxassis tomonidan PU 
zaryadi va initsiatsiya vositasini ajratish bo‘yicha harakatlar amalga 
oshirilganligiga ishonch hosil qilishi shart. 
Biroq shunday vaziyat bo‘lishi mumkinki, yuqori xavfga ega 
bo‘lgan predmet topilmasligi xam mumkin: shubhali ob’ekt portlatish 
xususiyatiga ega bo‘lmasligi yoki umuman bu kabi buyumlar mavjud 
bo‘lmasligi mumkin. Birinchi holatda, agar predmet portlatish 
xususiyatiga ega bo‘lmasa, buyum tergovchi tomonidan hodisa joyini 
ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichida porlatish texnik mutaxassis 
ishtirokida ko‘zdan kechiriladi, ikkinchi holatda esa voqea joyi deb 
tayyorlanayotgan jinoyat haqidagi xabar kelib tushgan joy topiladi. 
Yuqori xavfga ega bo‘lgan prdmet qidiruv ishlarini olib borayotgan 
mutaxassislar tomonidan topilgan topilmaganligidan qat’i nazar, tadqiq 
qilish yoki yuqori xavfga ega bo‘lgan predmetni zararsizlantirish, yoxud 
uning xavfli oqibatlari kelib chiqishini bartaraf etishga doir choralar 
ko‘rilganidan so‘ng tegishli bo‘linma yoki bo‘lim mutaxassisi ikki 
nusxadagi ko‘zdan kechirish aktini (tadqiqot, zararsizlantirish, 
dezinfeksiya qilish va h.k.) taqdim etadi. SHu bilan birga, bunday akt 
tergovchining keyinchalik voqea joyini yoki ob’ektlarni qayta ko‘zdan 
kechirish zarurati haqidagi qaroridan qat’i nazar mustaqil tuziladi (ya’ni, 
agar terrorizm xavfi haqidagi xabar kelib tushgan bo‘lsada, yuqori xavf 
mavjud bo‘lgan predmet yoki uning imitatsiyasi topilmasa hodisa joyini 
ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichi o‘tkazilmasligi mumkin). 
Mazkur hujjatda quyidagi ma’lumotlar tartib bilan ko‘rsatilishi 
kerak: kim tomonidan va qachon mutaxassis chaqirilgan; guruh tarkibi 
va rahbari; voqea joyiga kelish vaqti; shubhali predmetning tavsifi va 


524 
uning o‘rnatilish joyi; shaxslar va texnikaning yashirinish zonalarining 
tavsifi; yuqori xavfga ega bo‘lgan predmet va uning holatini baholashga 
qaratilgan foydalanishdagi maxsus vositalar; qanday tezkor 
ma’lumotlardan foydalanilgan; yuqori xavfga ega bo‘lgan predmetning 
tuzilishi haqidagi ilk xulosalar; zararsizlantirish uchun tanlangan usul; 
zararsizlantirish rejasi, vaqti, belgilari va qoidalari kimlar bilan 
kelishilgan holda tuzilgan; qanday vositalar qay tartibda qo‘llangan; 
natijalar, imzolar. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish