E’tibor qarating!
Haydovchini
so‘roq qilish vaqtida
quyidagi
holatlarni aniqlash lozim:
1) so‘roq qilinayotgan shaxs boshqaruvidagi transport
vositasining holati hodisaga qadar qanday bo‘lgan. Agarda transport
vositasi nosoz bo‘lsa, bunday nosozlik qanday namoyon bo‘lgan,
nosozlik qachon ma’lum bo‘lgan va unga barham berish uchun
qanday choralar ko‘rilgan;
2) xavfli vaziyat yuzaga kelgan paytda haydovchi qanday holatda
bo‘lgan va normal holatni yo‘qotishning sabablari nimada (transportni
uzoq boshqarish natijasidagi toliqish, alkogoldan mast bo‘lish va
boshqa shu kabilar);
3) haydovchi rulni uzluksiz qancha vaqt boshqargan va bunday
uzoq yurishga qanday zarurat bo‘lgan;
4) xavfli vaziyat paydo bo‘lishida bevosita oldin yo‘ldagi holat
qanday bo‘lgan: haydovchi qanday tezlikda harakat qilgan; yo‘lda
boshqa transport vositalari, piyodalar bormidi; ular o‘rtasida oraliq
masofa qancha, ular qaysi yo‘nalishda va taxminan qanday tezlikda
harakat qilishgan; yo‘lning ushbu qismida xavf to‘g‘risida qanday
ogohlantiruvchi belgilar bor; yo‘l qoplamasining holati va ko‘rish
sharoiti qanday bo‘lgan va boshqalar.
458
Tergovchi YTH ni shoxidi bo‘lgan guvohlarni so‘roq qilish orqali bo‘lib
o‘tgan hodisa haqidagi real tiklaydi va aniqlanishi lozim bo‘lgan
holatlarni belgilaydi.
Yаshiringan haydovchilar va transport vositalarini qidirish.
Haydovchilar va transport vositalarini qidirish hodisa yuz bergan joyni
ko‘zdan kechirish bilan bir vaqtda tashkil etiladi. Bunda olinayotgan
ma’lumotlarni ayirbosh qilish va bundan keyingi qidiruv chora-
tadbirlarini birgalikda rejalashtirish maqsadida tezkor qidiruv xodimlari,
YHXX xodimlari va tergovchi o‘rtasida muntazam aloqa o‘rnatilishi
kerak. Haydovchilar yashiringan yo‘nalishdagi YHXX postlari ular
xizmat o‘tayotgan hududda qoidabuzar paydo bo‘lishi ehtimoli borligi
va uning belgilari haqida ogohlantirilishi lozim. YAna shuni unutmaslik
muhimki, qidirilayotgan haydovchilar avtomobildagi nosozlikka barham
berish, avariya izlarini yo‘qotish maqsadida biror joyda to‘xtashlari ham
mumkin.
Bunday
to‘xtashlardan
yo‘ldagi
yonilg‘i-moylash
materiallaridan paydo bo‘lgan dog‘lar, yo‘lning yoqasi yoki transport
vositasi harakatlanadigan qismidagi haydovchining oyoq izlari, yo‘l
yoqasidagi g‘ildirak qoplamasi izlari va boshqa shu kabilar darak berishi
mumkin. Transport vositasi to‘xtab o‘tgan joyda avariya natijasida putur
etgan detallar, faralarning siniq parchalari, kuzov bo‘yog‘ining
zarrachalari topilishi mumkin. Bular ham «issig‘ida» jinoyatchining
ketiga tushgan xodimlarning e’tiboridan chetda qolmasligi kerak,
negaki, bular hodisa to‘g‘risida yangi daliliy ma’lumotlar beribgina
qolmay, qidiruv to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayotganligini ham
tasdiqlaydi.
Tezkor xodimlar ega bo‘lgan dastlabki axborotlarda qidiruvni aniq
yo‘nalishlarda olib borish uchun zarur bo‘lgan hodisa joyidan qochgan
haydovchilar va transport vositalariga taalluqli ishonchli ma’lumotlar
mavjud bo‘lmasa yoki mavjud bo‘lsa-yu, bir-birini inkor etsa, yangi
axborot
manbalarini
qidirish
ehtiyoji
paydo
bo‘ladi. Bular
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- avtotrassadan sirtida ko‘zga tashlanadigan putur etgan joylari bor
transport vositasi o‘tganligini kuzatgan shaxslar;
- transport vositalarining haydovchilari nosozlikka barham
berishda yoki nosoz avtomobilni tashishda yordam ko‘rsatish iltimosi
bilan murojaat qilgan shaxslar;
- avtokorxonalarning safardan qaytgan transport vositalarida
shikast etgan joylari borligini payqagan xodimlari va boshqa shu kabilar.
459
Do'stlaringiz bilan baham: |