Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II BO‘LIM. KRIMINALISTIK TEXNIKA 
4-MAVZU. KRIMINALISTIK TEXNIKANING 
ASOSLARI 
 
Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari. Kriminalistik 
texnika tekshiruv vositalari va uslublari. Kriminalistik texnikaning tergov 
va tezkor-qidiruv faoliyatida qo‘llanishi. 
 
Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari 
Kriminalistik texnika – fanning bir bo‘limi bo‘lib, jinoyatlarni 
tergov qilish jarayonida dalillarni topish, mustahkamlash, ko‘chirib olish 
va tadqiq etishda qo‘llanadigan maxsus asbob-uskunalar, texnik 
vositalar haqidagi ilmiy-nazariy bilimlar tizimi hisoblanadi. SHu bilan 
birga kriminalistik texnika dalillarni topish, ularni tekshirish jarayonida 
qo‘llanadigan amaliy bilimdir.
Kriminalistik texnika bo‘limi jamiyatning ilmiy va texnik rivojini 
ta’minlaydigan tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo va boshqalar) 
yangi 
texnika-texnologiya 
vositalari 
(kompyuter 
texnologiyasi, 
informatika kabilar) yutuqlari kriminalistik faoliyatda, ayniqsa jinoyatni 
tergov qilishda va oldini olishda keng qo‘llaniladi. 


41 
Texnik vositalar deganda, faqat asbob-anjomlar (yorituvchi, 
o‘lchovchi va b.q.)gina emas, balki texnik qurilmalarni, maxsus 
kriminalistik faoliyatda qo‘llaniladigan mikroskoplar, nurlarni va 
ranglarni ajratuvchi spektrograflar, ovoz yozish, tasvir yozish va 
boshqalar nazarda tutiladi. 
Kriminalistik texnikaning vazifasi sodir etilgan jinoyatga doir 
ma’lumotlarni qidirish, topish, tadqiq etish va aniqlashdan iboratdir. 
Jinoyat esa, tekshirilayotgan voqea holatining moddiy xossalarida o‘z 
aksini topadi. 
Kriminalistik texnikada O‘zbekiston Respublikasi huquqni 
muhofaza qilish organlarining ilg‘or tergov tajribasi, shuningdek, kimyo, 
biologiya, fizika va boshqa fanlardan foydalaniladi. Kriminalistik 
texnika jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqorida ko‘rsatilgan fanlarning 
ayrim yutuqlarini tergovni olib borish vazifalariga moslaydi, ijodiy 
boyitadi 
va 
muayyan 
maqsadda 
qo‘llaydi. 
SHuningdek, 
kriminalistikaning o‘z negizida maxsus yo‘l-yo‘sinlari, uslublari va 
kriminalistikada, bir tomondan, tabiiy va texnika fanlari, boshqa 
tomondan, jinoyatlarni ochish va ularni oldini olish uchun yaratilgan 
uslublar tizimi jamlangan. 
Kriminalistik texnikaning mohiyati jinoyat voqeasi bilan bog‘liq 
bo‘lgan moddiy vaziyatni aniqlash, o‘rganish, qayd etish, texnik 
vositalar, yo‘llar va uslubdan foydalanish, ularni tadqiq qilish, 
E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika bo'limiga tergov jarayonida zarur 
bo'lgan informatik ma'lumotlar: izlarni topish va tekshirish, otish 
qurollarini identifikatsiya qilish, turli ma'lumotlarning manbai bo'lgan 
hujjatlarni tadqiq etish masalalaridan iborat. Mazkur bo'lim tizimiga, 
shuningdek, 
odamlarning 
tashqi 
qiyofa 
belgilari 
asosida 
identifikatsiya qilish va kriminalistik ro'yhat ma'lumotlarini 
qo'llashning mahsus qoidalari ham kiradi. Kriminalistik tehnika 
tizimida turli ob'ektlarni, izlarni tadqiq etishda qo'llanadigan uslublar 
ham muhim ahamiyatga ega.
E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika deganda, jinoyatni aniqlash, 
ochish va uning oldini olish uchun foydalaniladigan turli tehnika 
qurilmalari, 
uskunalar, 
apparatlar, 
asboblar, 
buyumlar 
va 
moslamalarni tushunish kerak.


42 
shuningdek, texnik-kriminalistik jihatdan tavsiflash kriminalistik 
ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qidirish, identifikatsiyalash 
uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir. 
Jinoyatchini topish va keyinchalik o‘rganishda voqea yuz bergan 
joyda, jabrlangan odamning tanasida, kiyim-kechagida qoladigan 
moddiy izlarning ahamiyati kattadir. Kriminalistik texnika har qanday iz 
va ashyoviy dalillarni topish, saqlab qolish, qayd etish, olish va tadqiq 
etish vositalari, yo‘l-yo‘riqlari va uslublarini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. Har qanday jinoyat ham aniq vaziyatda, muayyan makon 
hamda vaqtda sodir etiladi. Bundan kelib chiqadiki, kriminalistik 
texnikaning vazifasi aniq ob’ektlar va hodisalarni aniqlash imkoniyatini 
beradigan ilg‘or uslublarni yaratishdan iboratdir. 
Tezkor-qidiruv faoliyatida haqiqiy ma’lumotlarni aniqlash uchun 
texnika vositasi bo‘lishi lozim. Ulardan olingan ma’lumotlar jinoyatlarni 
sodir etgan shaxslarni aniqlashda kerak.
Uslubiyot tor ma’noda muayyan vazifalarni hal etish uchun 
qo‘llanadigan bir necha uslublar jamlamasini bildiradi. Masalan, qalbaki 
belgilarni aniqlash uchun hujjatlarni kriminalistik tadqiq etish, 
mikrosnusxa, ranglarni farqlash, ultrabinafsha nurlarida tahlil o‘tkazish 
zarur. 
Kriminalistik texnika vositalari jinoyatlarning oldini olishga, voqea 
sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni aniq ifodalashga, tergov harakatlarini 
o‘tkazish va natijalarini qayd etishga, ashyoviy dalillarni to‘plash, 
ko‘zdan kechirish va tadqiq qilishga qaratilgan. 
E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika vositalarini qo'llash taktikasi, 
deyilganda, tergov oldiga ko'yilgan masalalarni hal etishga erishish 
maqsadida ayrim tergov harakatlarini o'tkazish vaqtida ana shu 
vositalardan oqilona va samarali foydalanish tushuniladi.
Esda tuting! Kriminalistik tehnika tizimi:
1) 
kriminalistik fotografiya va videotasvirga olish; 
2) 
umumiy tehnika asoslari;
3) 
kriminalistik trasologiya (izshunoslik); 
4) 
hujjatlarni tekshirish (hujjatshunoslik); 
5) 
kriminalistik ballistika (o'q otish qurollarini tekshirish); 
6) 
kriminalistik bitosnusha (odamlarning tashqi tuzilishi, 
portretshunoslik). 


43 
Kriminalistik texnika vositalari va uslublari tergov, tezkor-qidiruv, 
ekspertiza va sud amaliyoti ehtiyojlariga asoslanib ishlab chiqiladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish