Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni 
 
Dastlabki tadqiqot bosqichi
bir qator tayyorgarlik ishlarini 
ko‘rishni talab etadi: tadqiqot uchun zarur bo‘lgan materiallarni izlash, 
ularni tekshirish metodikasini tanlash, tegishli ilmiy texnika vositalari va 
asboblarini tayyorlash, identifikatsiyaning protsessual shakllarini 
aniqlash, taqdim etilgan tadqiqot materiallari miqdori va sifatiga baho 
berish, ularni tadqiqot o‘tkazish uchun qanchalik yaroqliligini belgilash.
Qidirilayotgan va qidirishga yordam beruvchi ob’ektlarning 
xossalarini 
alohida-alohida tadqiq etganda
, masalan, hodisa sodir 
bo‘lgan joydan olingan iz, uni qoldirgan predmet yoki maxsus 
tayyorlangan iz, soxta qo‘lyozma, dastxat namunasi va boshqalar 
topilishi mumkin. Alohida-alohida tadqiqot qilinganda ularning barcha 
belgilari o‘rganiladi. Masalan, xatning matni dastlab shoshilmay 
yozilganligi, ammo keyin shoshib yozilgan qismi aniqlanadi, bunda 
dastxat sun’iy ravishda o‘zgartirilgan, degan xulosa chiqarish ham 
mumkin. 
Ob’ektlarning 
qiyosiy tadqiqi bosqichida
ularga xos belgilarning 
o‘zaro farqi va mos tushishi aniqlab olinadi. Qiyosiy ob’ektlar 
mohiyatidan kelib chiqib, qiyoslashning u yoki bu texnik usullari tanlab 
olinadi, o‘lchov, optik vositalar yordamida ob’ektivlik, aniqlik va to‘la-
to‘kislikka erishiladi.
Esda tuting!
Kriminalistik identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni 
to'rt bosqichdan iborat: dastlabki tadqiqot - ob'ektlarni ko'zdan 
kechirish; identifikatsiya ob'ektlarini alohida-alohida tadqiq etish
ularni qiyosiy tadqiq etish; qiyosiy natijalarni baholash. 


30 
Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayonining oxirgi bosqichi uning 
natijalarini baholash
hisoblanadi. O‘xshashlik bor yoki yo‘qligi haqida 
oxirgi xulosani chiqarish uchun qo‘lga kiritilgan barcha tadqiqot 
materiallarini taqqoslab ko‘rish, alohida-alohida analiz qilinganda 
ob’ektlar holatiga va alohida belgilariga umumiy baho berish, ba’zi 
belgilarning mos kelish darajasi, ularning ahamiyati, mos keladigan va 
kelmaydigan belgilarning o‘zaro aloqalari va h.k. Amaliyotda 
taqqoslanayotgan ob’ektlarning qiyosiy belgilari kamdan kam mos 
keladi. Ko‘pgina muhim belgilari mos kelgan holda ham, ayrim detallari 
tasodifiy vaziyatlar tufayli mos kelmay qoladi. Identifikatsiyaviy 
tadqiqot jarayonida ekspert izlarda aniq va to‘la-to‘kis tasvirlangan 
belgilarni etarli miqdorda aniqlab, o‘xshashlik bor-yo‘qligi to‘g‘risida 
ishonch hosil qilgan bo‘lsa, bu haqda qat’iy xulosa chiqaradi.
Ba’zi bir holatlarda ekspertlar qo‘yilgan savollarga aniq javob bera 
olmay, uni hal qilish imkoniyati bo‘lmadi, deb xabar qiladi. Ekspertning 
bunday 
javobini 
ekspertiza 
o‘tkazishga etarlicha tayyorgarlik 
ko‘rilmaganligi, savollar noto‘g‘ri qo‘yilganligi, topilgan izda individual 
belgilar etarli ifoda topmaganligi, u yoki bu masalani hal qilish uchun 
ilmiy asoslar etishmasligi bilan izohlash mumkin. Bunday hollarda 
tergovchi yuqoridagi to‘siqlarni bartaraf etishi yoxud ish yuzasidan 
E'tibor qiling! O'z-o'zidan ma'lumki, qat'iy va tahminiy hulosalar 
o'rtasida katta farq bor. Birinchisi, qat'iy tasdiqni anglatadi, masalan, 
jasaddan olingan o'q mazkur quroldan otilgan. Ikkinchi holda izlar 
aniq va to'la ifodalanmagani sababli ularni tadqiq etishda katta 
qiyinchiliklar tug’ilsa, belgilar mosligi yoki farqi haqida ekspert 
tahminiy hulosa chiqaradi: mazkur matn fuqaro Ivanov tomonidan 
yozilgan bo'lishi ehtimol.
Tahminiy hulosa faktni aniq emas, balki tahminiy baholaydi. 
Shu bois ekspertning bunday hulosasini tergovchi va sud ayblov 
uchun asos qilib olmasligi lozim. Tahminiy hulosani boshqa dalillar 
yordamida sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Odatda, ekspertning 
tahminiy hulosasi tergovchi uchun u yoki bu tusmolni ol?a surish 
imkoniyatini beradi, qo'shimcha dalillar izlashda yangi qulayliklar 
yaratadi. 


31 
chiqqan muammolarni boshqa tergov harakatlari yordamida hal qilishi 
lozim.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tergovchi identifikatsiyaning eng faol 
sub’ekti bo‘lib, o‘zi ham mazkur vazifani mustaqil hal qilish 
imkoniyatiga ega. 
Tanib olish bilan tergov identifikatsiyasi o‘tkazish tergovchidan 
identifikatsiya nazariyasi talablariga rioya qilishni talab etadi. Tergovchi 
o‘zi mustaqil identifikatsiya harakatlari o‘tkazishdan tashqari ko‘p 
hollarda 
identifikatsiya 
vazifalarini 
turli 
ixtisosdagi 
ekspert-
kriminalistlarga topshiradi. Bu identifikatsiya tadqiqoti o‘tkazish uchun 
fan, texnika, san’at va hunarmandchilik sohasida maxsus bilimlar talab 
qilingan holatlarda amalga oshiriladi. 
Kriminalistik ekspertiza tayinlashga tergovchi boshqa protsessual 
harakatlar kabi jiddiy tayyorlanishi kerak. 
JPKning 125-moddasi ish bo‘yicha so‘roq qilinganlarga tanib olish 
uchun shaxsni va predmetni ko‘rsatishni nazarda tutadi. Uni amalga 
oshirish uchun tergovchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 

tanib 
olish 
uchun 
ko‘rsatiladigan ob’ekt to‘g‘risida 
identifikatsiyaviy axborotni yig‘ish, identifikatsiya qilinadigan ob’ektni 
izlash; bir qancha ob’ektlar orasida tanib olish uchun ko‘rsatilishi lozim 
bo‘lganlarni aniqlab olish; 

tanib olish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni tayyorlash; 

tanib olishga imkon beruvchi usul va vositalarni aniqlash, 
jumladan, ovoz va funksional belgilari asosida tanish uchun 
imkoniyatlar yaratish; 

tanish natijalarini baholash, to‘g‘riligini va o‘ziga xos 
tomonlarini tekshirish; 

o‘xshashlikning mavjudligi va mavjud emasligi to‘g‘risida 
xulosaga asos bo‘ladigan identifikatsiyaviy belgilar tasviri bilan tanib 
olishi uchun sharoitlarni hozirlash. 
E'tibor qiling! Tergovchining identifikatsiyaviy harakatlari 
deganda, shunday tergov harakatlari tushuniladiki, u o'z mazmuniga 
ko'ra, ob'ektning qiyosiy tadqiqoti asosida o'hshashlik yoki aynanlik 
mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risida yakun chiqarishga 
qaratilgan faoliyatni amalga oshira oladi.


32 
Ekspertizaning 
muvaffaqiyati 
ekspert 
xulosasining 
dalillik 
ahamiyati unga taqdim qilingan materiallar qanchalik yaxshi 
tanlanganligiga va ekspertning malakasiga bog‘liq. 
Kriminalistik 
identifikatsiyaviy 
ekspertizani 
tayinlashning 
protsessual asoslanganligi jinoiy-protsessual qonun talablaridan kelib 
chiqadi. U faqat jinoyat ishlari yuzasidan surishtiruvchi tergovchi, 
prokuror yoki sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Jinoyat ishi 
qo‘zg‘atilgan bo‘lmasa-da ekspertiza tayinlash qonunga ko‘ra mumkin 
(JPK 329-modda). Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda tergovchi 
qanday ekspertiza o‘tkazish kerakligini ko‘rsatadi: dastxatshunoslik, 
daktiloskopik, ballistik ekspertizalar shular jumlasiga kiradi. Agar bunga 
zarurat tug‘ilgan bo‘lsa va barcha kerakli materiallar yig‘ilgan bo‘lsa, 
o‘z vaqtida ekspertiza tayinlanishi, bu haqda tegishli qaror qabul 
qilinishi lozim. 
Ekspertga berilgan savollar aniq, ekspertiza predmetiga tegishli 
bo‘lishi, ishdagi ma’lumotlar va ekspertiza tayinlash bilan bog‘liq shart-
sharoitlar to‘g‘risida ekspertga etarli axborot berish kerak. Noto‘g‘ri 
axborot ekspert xulosasining shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. 
Tergovchi taqdim qilingan namunalar sifati uchun javob beradi, shu 
sababli u materiallarni sinchiklab o‘rgangan holda tayyorlashi zarur. 
Ashyoviy dalillar bo‘yicha ekspert tadqiqoti – o‘xshashlik mavjudligi 
yoki mavjud emasligi to‘g‘risida dalillarga erishish maqsadida moddiy 
qayd qilingan izlar-tasvirlar, odamlar va buyumlarni qiyoslash, 
o‘xshashlik yoki aynanlikni aniqlashning asosiy va eng ishonchli 
usuldir.
Tekshirilayotgan ob’ektlarni individuallashtirish jarayonida avval 
qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ektning guruhga xos belgilari 
aniqlanadi, so‘ngra ularning individual belgilari o‘rganiladi. 
Identifikatsiya jarayonida ekspert ob’ektlarni sinchiklab tadqiq 
qiladi, sudlov-tadqiqot fotografiyasining turli usullarini, fizik va 
kimyoviy metodlarini qo‘llaydi.
Ma'lumot uchun! Identifikatsiyaviy ekspertiza uchun materiallar 
tayyorlashga bir qancha talablar qo'yiladi: ekspertiza tayinlashning 
protsessual asoslanganligi; ekspertiza o'tkazish qanchalik zarurligi va 
ekspertga topshiriladigan haqiqiy vaziyat naqadar aniqligi; tadqiq 
qilinadigan ob'ektlarning kelib chiqishiga oid ma'lumotlar to'g'riligi. 


33 
Bundan tashqari, ob’ektlarni alohida-alohida tadqiq qilganda 
belgilangan identifikatsiya aloqalarini to‘la va har tomonlama o‘rganish 
maqsadida izlarni ko‘pincha eksperimental tayyorlash zarur bo‘ladi. 
Masalan, qiyosiy mikroskop yordamida o‘qotar qurolning o‘qi va gilzasi 
bo‘yicha identifikatsiya qilishda ekspert quroldan eksperimental otib 
ko‘rish vositasida identifikatsiya belgilarini o‘rganishga kirishiladi. 
Qiyosiy 
tadqiqot-ekspert 
identifikatsiyaning 
hal 
qiluvchi 
bosqichidir. Bu bosqichda ekspert ob’ektlarni qiyoslashning uchta asosiy 
usulidan foydalanadi: taqqoslash, ustma-ust qo‘yish va belgilarni birga 
qo‘shish. Tasvirlarni taqqoslash usuli o‘zining soddaligi va qulayligi 
bilan keng tarqalgan bo‘lib, kriminalistik identifikatsiyaning barcha 
turlarida qo‘llaniladi. U taqqoslanayotgan tasvirni bir-biriga yaqin 
qo‘yib 
yagona 
ko‘rinish 
maydonini 
paydo 
qiladi. 
Bunda 
taqqoslanayotgan 
tasvir 
imkon 
boricha 
oydinlashtiriladi 
va 
kattalashtiriladi. Taqqoslashga eng yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida 
qiyosiy mikroskop qo‘llash mumkin. 
Ustma-ust qo‘yish usuli taqqoslanayotgan tiniq tasvirni boshqasini 
ustiga qo‘yib, belgilari to‘g‘ri kelsa, yagona tasvir hosil qilishga yordam 
beradi. Agar taqqoslanadigan tasvir tiniq bo‘lmasa, masalan, karton 
qog‘ozga tushirilgan bo‘lsa, ulardan diopozitiv tayyorlanadi yoki 
maxsus optik asboblardan ham foydalanish mumkin. 
Belgilarni qo‘shish usulida taqqoslanganda tasvir shunday 
joylashtiriladiki, bunda tasvirdagi biror belgi mos kelib qolganda tabiiy 
ravishda boshqasining davomi ko‘zga tashlanadi. 
Bir-biriga yondosh qo‘yilgan tasvirlar taqqoslanayotgan tasvirning 
tarkib topish mexanizmidan ancha farqli bo‘lsa-da, kattalashtirib 
foydalanish imkoniyatini beradi. Kesilish, ishqalanish va boshqa usulda 
hosil bo‘lgan murakkab izlarni taqqoslashda bu usul muhim ahamiyat 
kasb etadi. Tasvirni qiyoslash maqsadida har xil optik asboblarni, asosan 
turli mikroskoplarni qo‘llash mumkin. 
Fotosuratlar bo‘yicha tasvirlarni bir-biriga qo‘shib aniqlash keng 
yoyilgan. SHu maqsadda suratlar shunday qirqilsinki, kesishgan chiziq 
tasvirning xarakterli tomonlarini ko‘proq qamrab olsin. Nomlari 
keltirilgan qiyosiy tadqiqotning har bir turi qiyoslashning xususiy 
usulidir. Alohida-alohida va qiyosiy tadqiqot natijasida olingan 
ma’lumotlar majmuiga baho berish, ya’ni qidirilayotgan ob’ektlar 
o‘xshashligi yoki farqli ekani to‘g‘risida ekspert xulosasi – ekspert 
identifikatsiya jarayonining oxirgi bosqichini tashkil etadi.


34 
Qiyosiy tadqiqot natijalarini baholash avvalgi bosqichlarda 
o‘tkazilgan tadqiqot jarayonining mantiqiy davomi desa bo‘ladi. 
Ob’ektlarni ko‘zdan kechirishdayoq shakllangan tusmollardan biri 
sifatida o‘xshashlik yoxud farq to‘g‘risida fikr yuritish, identifikatsiya 
belgilarini qiyoslash bosqichida mustahkamlanadi, identifikatsiya 
tugashi bilan esa uzil-kesil hal etiladi. Masalan, ekspert barmoq izi 
bo‘yicha shaxsni topishda barmoq izlari belgilarini ko‘zdan kechirib, 
taqqoslashni boshlaydi, izdagi mavjud barcha aniq ifodalangan va o‘zaro 
bog‘liq tomonlarni belgilab oladi. 
Guruhga ajratilgan barmoq izlari yoki ularning kelib tutashgan joyi 
o‘xshash ekani to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun ekspert qiyosiy 
tadqiqot o‘tkazadi. Belgilar kompleksining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelgan bir 
vaziyatda ba’zi farqlar chiqib qolganda ish ancha murakkablashadi. 
Bunday holda ekspert tadqiqotning avvalgi bosqichlariga murojaat qilib 
qiyoslanayotgan ob’ektning har biriga xos identifikatsiyaviy belgilarni 
to‘la tahlil etadi. Buning natijasida ilgari kuzatilmagan belgilar kelib 
chiqishi mumkin. 
Ba’zi hollarda qiyoslangan natijalarga baho berish bosqichida 
identifikatsiyalanadigan va identifikatsiyalaydigan ob’ektlar belgilarini 
yana taqqoslab va qiyoslab qo‘shimcha eksperimentlar o‘tkazishga 
to‘g‘ri keladi. Dastlab qiyosiy tadqiqotdagi farqlar aniqlanib, unga baho 
beriladi. Bunday baholashning asosiy vazifasi bo‘lib o‘tgan hodisaga 
aniqlik kiritish, ya’ni aynan o‘sha ob’ektning o‘zidagi o‘zgarishlar 
sababli ikki ob’ektdagi farqlar yuz bermadimi, degan savolga javob 
olishdan iborat. 
Xossalarning tasviri bir xil bo‘lmaganligi bilan bog‘liq belgilardagi 
farq bilan qiyoslanayotgan ob’ekt xossalarida mavjud bo‘lgan farqni 
aralashtirmaslik kerak. Qiyoslanayotgan dastxat belgilaridagi farq 
imzolashning bir xil sharoitda bajarilmaganligi; qurol izlaridagi farq 
ularning vujudga kelish mexanizmi bir xil bo‘lmaganligi, fotosuratdagi 
Ma'lumot uchun! Taqqoslanayotgan ob'ektni fotosuratga olish va 
qiyoslashni engillashtiradigan qo'shimcha ishlov berish mumkin 
(qiyosiy to'r, geometrik shakl, chiziq va h.k.). Bunday ishlovlarning 
ahamiyati shundaki, ular ba'zi belgilar o'rtasidagi nisbatni bilish
guruhga hos tomonlarini taqqoslab ko'rish va shunday qilib yangi 
belgilarni kashf qilish imkonini beradi.


35 
farq suratga olish sharoitlari bir xil bo‘lmaganligi sababli yuz bergan 
bo‘lishi mumkin. 
Bunday farqlarni qiyoslanayotgan ob’ektlarning o‘z xossalaridagi 
farq bilan aralashtirmaslik kerak. Agar aynan qiyoslanayotgan ob’ekt 
xossalarida farq sezilsa, qidirilayotgan ob’ekt o‘tgan ancha uzoq davr 
ichida o‘zgarganidan darak berishi mumkin. Masalan, yozuv mashinkasi 
foydalanish jarayonida shikastlangan, oyoq kiyim tagcharmi kiyib yurish 
jarayonida yoki ta’mirlashdan keyin o‘zgargan bo‘lishi ehtimol. Odam 
qariganda, jarohat olganda, kasallanganda yoki operatsiya natijasida 
tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi. Ob’ektning o‘zgarishi identifikatsiyadan 
qochish maqsadida manfaatdor shaxs tomonidan ataylab qilingan 
bo‘lishi mumkin. 
Agar topilgan farq ob’ekt o‘zgargani oqibatida yuz bermagan 
bo‘lsa, binobarin, qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ekt xossalari bir-
biriga to‘g‘ri kelmasa, o‘xshashlik to‘g‘risidagi masala inkor etiladi. 
To‘g‘ri kelmaslik qiyoslanayotgan ob’ekt xossalarining guruhli 
farqlariga ham taalluqli. Qidirilayotgan oyoq kiyimi va qo‘lga olingan 
shaxsning oyoq kiyimi razmeridagi katta farq; shikast etkazishda 
foydalangan va tintuv vaqtida topilgan turli ko‘rinishdagi tig‘li buyum 
(masalan, bolta, hanjar) ham shular jumlasiga kiradi. 
Ekspert belgilangan hodisalarning jamini baholar ekan, ular 
individualmi yoki o‘xshashmi degan savolga javob beradi. Agar mos 
kelish yig‘indisi uning turli ob’ektlardagi takrorlanish imkoniyatini 
inkor etmasa, bunda ob’ektlar o‘xshash yoki bir turdagi hodisa sifatida 
talqin etiladi. Agar mos kelish yig‘indisi individual bo‘lsa, turli 
ob’ektlarda takrorlanmasa, qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ekt 
aynan o‘sha, deb qabul qilinadi. Mos kelish individual majmuini 
baholashda indentifikatsiya tadqiqoti va identifikatsiya xossalari va 
ularni qo‘shib takrorlash soni ustidan ekspert kuzatuvi katta ahamiyatga 
ega. Farqlar va mos kelishlarning natijalarini taqqoslash asosida 
ob’ektlar o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish