28
Masalan, avtomashina yurgan yo‘lda g‘ildirakning izi qoladi,
avtomashina biror to‘siqlikka
urilganda radiator, bufer, kuzov va
mashinaning boshqa qismlarida iz qoladi.
Identifikatsiyalaydigan ob’ektda uning xossalarini ifodalaydigan
belgilargina foydali axborot beradi. Faqat o‘sha belgilar o‘rganiladi,
qolganlari e’tiborga olinmaydi. Masalan, oyoq kiyimning erdagi izlari
o‘rganilayotganda iz qoldirgan
tagcharmning tashqi tuzilishi, zichligi,
yumshoqligi va boshqa xossalari o‘rganiladi. Tuproqning biologik va
kimyoviy tarkibi izning shakllanishiga ta’sir etmasa, ular tadqiq
qilinmaydi.
Bevosita tadqiqot hamma hollarda ham mumkin bo‘lavermaydi.
Ba’zi holatlar va funksional-dinamik belgilar
identifikatsiya maqsadida
faqat ularning izlari, tasvirlari bo‘yicha o‘rganiladi. Masalan, yozuv
mashinkasini identifikatsiyalashda uning o‘zi emas, unda yozilgan matn
tekshiriladi.
Xotiraviy qiyofalar bo‘yicha identifikatsiya qilishda ko‘rsatuvlar,
yozma yoki chizma shaklida ifodalangan qiyofasi vositasida shaxsni
aynan o‘sha qidirilayotgan odam ekanligi hal etiladi.
Aynanlikning protsessual shaklida ham farq bor:
tasvirlovchi
materiallar bo‘yicha identifikatsiya ko‘zdan kechirish va ekspertiza
o‘tkazishni talab etsa, xotiraviy qiyofa bo‘yicha aynanlikni aniqlash
so‘roq qilish va tanib olish uchun ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladi.
Ba’zan
qidirilayotgan
ob’ekt
bir
vaqtning
o‘zida
identifikatsiyalanadigan va identifikatsiyalaydigan ob’ekt bo‘lishi
mumkin. Masalan, jabrlangan shaxsning
badanida iz qoldirgan
avtomashinada ayni vaqtda qon izi qolishi mumkin, barmoq izlarini
qoldirgan jinoyatchining qo‘lida bo‘yoq zarrachalari topilishi mumkin.
E'tibor qiling! Identifikatsiyalaydigan va identifikatsiyalanuvchi
ob'ektlardan foydali ahborotni ajratib olish
tadqiqotning dastlabki
muhim
vazifasi
hisoblanadi.
Zaruriyatga
qarab,
identifikatsiyalaydigan va identifikatsiyalanuvchi ob'ektlar bevosita va
bilvosita tadqiqot qilinadi. Identifikatsiyalanadigan ob'ektdagi
hossalar o'zgarmagan bo'lsa, u bevosita tadqiq etiladi. Ob'ekt
o'zgargan bo'lsa, uning identifikatsiyalaydigan belgilari ilgarigi izlari
orqali, ya'ni bilvosita tekshiriladi.
29
Identifikatsiyadan foydalanib isbot qilishning maqsadi tergov
qilinayotgan hodisa bilan bog‘liq ob’ektni topishdan iborat bo‘lib, u
qidirilayotgan
hisoblanadi.
Amalda
isbotlashning
vazifasi
tekshirilayotgan ob’ektlar doirasini mumkin qadar cheklash va ularning
orasidan qidirilayotgan ob’ektni ajratib olishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: