Kriminalistik texnika tekshiruv vositalari va uslublari
Kriminalistik texnika vositalari turli-tuman bo‘ladi. Ular orasida
birinchi navbatda ob’ektlarni yoritadigan asboblar zarurdir.
Kriminalistik tehnika vositalari guruhlari
Birinchi guruhga jinoyatlarni
ochish, tergov qilish va
ularning
oldini
olishda
foydalaniladigan foto-grafiya,
video va ovoz yozish, kinoga
olish
vositalari,
biologiya
mikroskoplari va boshqa optik
asboblar,
avto-mobil
va
aviatsiya trans-porti, telefon,
telegraf, fototelegraf, radio,
tahlil
qilish
qurilmalari,
kompyuter
kabi
umumiy
tehnika vositalari kiradi.
Ikkinchi
guruh
fan
va
tehnikaning
turli
tarmoqlaridan
olinib,
kriminalistika
maqsadlari
uchun moslashtirilgan tehnika
vositalaridan tashkil topgan.
Ularga
ulьtrabinafsha
va
infraqizil
nurlardan
foydalanishda
ishlatiladigan
turli
yoritgichlar,
qidiruv
vositalari,
ko'chma
kriminalistik
laboratoriya
kiradi.
Kriminalistik maqsadlar uchun
mahsus tayyorlangan tehnika
vositalari uchinchi guruhni
tashkil
etadi.
Ularga
qidirilayotgan
shahsning
tashqi
qiyofasini
modellashtiruvchi
tehnika
vositalari, papilyar naqshlar,
o'qlar, gilzalar va boshqa
ob'ektlarni o'rganadigan optik
asboblar, qidi-ruv asboblari va
materiallari kiradi.
Esda tuting! Kriminalistik tehnika vositasi va uslublarini qo'llash
shakllari:
1) protsessual shakllar: tezkor-qidiruv tadbirlari; tergov
harakatlari va kriminalistik ekspertiza o'tkazish.
2) noprotsessual shakllar: kriminalistik ro'yhatdan tekshirish;
kriminalist mutahassisning dastlabki tekshiruv-kuzatuvi; mutahassis
maslahatini olish; pasport-viza ishlarini yurgizish va b.q.
E'tibor qiling! Kriminalistika maqsadlarida foydalaniladigan
yoritgich apparaturasini uch turi mavjud: 1) umumiy yoruqlik
beruvchi; 2) muayyan yo'nalishni tutam nurlarda yorituvchi; 3)
yoruqlikning mahsus manbalaridan iborat turlari.
Ma'lumot uchun! Yoruqlikning mahsus manbalari jumlasiga turli
nushadagi ultrabinafsha yoritgichlar:
“UH-1”, “ul
trayoritgich
”, mo'jaz
ul
trabinafsha yoritgich, lyuminoskoplar, ko'k rangdagi nurlarga
mo'ljallangan asboblar, elektron-optika o'zgartirish moslamasi va
boshqalar kiradi. Mazkur asboblar ko'rish qiyin bo'lgan yoki
ko'rinmaydigan biologik (qon, sperma, so'lak, siydik, ter, sut va shu
kabilar) izlarni; mahsus kimyoviy moddalarning yonilg
'
i moylash
44
Eng ko‘p tarqalgan sun’iy yorug‘lik manbalariga turli xil qizdirish
lampalarini misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, maishiy
turmush va san’at sohasida foydalanadigan yoritish vositalari, kuchli
yoritgichlar,
elektroyoritgichlar
va
galogen
lampalaridan
ham
foydalaniladi.
Ultrabinafsha va ko‘k nurlarning samarasi shundan iboratki,
ularning ta’siri ostida yuqorida sanab o‘tilgan ob’ektlarning o‘zi
lyuminissensiyalana boshlaydi. Lyuminissensiya hodisasini yanada
yaxshiroq qabul qilish uchun asboblardan foydalanish mo‘ljal
qilinayotgan binoni qorong‘ilashtirish lozim.
Optika asboblari ashyoviy dalillar yoki izlarning ayrim detallari
o‘z hajmiga ko‘ra juda kichik bo‘lsa va ularni oddiy ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmasa, ularning ko‘rinishini kattalashtirib topish va ko‘zdan kechirish
uchun talab qilinadi. Lupa – tasvirni bevosita kattalashtirib beruvchi
optik asbob hisoblanadi. Kattalashtirish unchalik ko‘p bo‘lmagan (2-3
marta) lupalar ikki yoklama qabariq musbat linzadan iborat bo‘lib, fokus
oralig‘i 10 mmdan 100 mm gachani tashkil etadi. Necha marta
yiriklashtirilishiga qarab, lupaning kattalashtirish darajasi belgilanadi.
Ashyoviy
dalillar
bilan
ishlashda
odatda
etti
barobargacha
kattalashtirilib beradigan linzalardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda kriminalistika amaliyotida izlar va boshqa mayda
ob’ektlarni topish uchun o‘rnatiladigan lupalar, o‘lchov lupalari,
binokulyar, daktiloskopik lupalar, yorituvchi lupalar, zarra lupalari
qo‘llaniladi.
Mikroob’ektlarni qidirish va topish uchun yoritiladigan
o‘rnatiladigan lupa juda qulaydir. Bunday lupa gardishiga o‘rnatilgan
45
asosiy linza (3-6 marta kattalashtiradigan diametri 130 mm) va
qo‘shimcha linzadan iborat optika tizimini tashkil etadi. Qo‘shimcha
linza 4 marta kattalashtirishni ta’minlash uchun qo‘llaniladi. U olib
qo‘yiladigan tayanch yordamida asosiy linzaning gardishiga
mustahkamlanadi.
Lupaning asosiy linzasi o‘rnatilgan gardish aylanasi bo‘ylab
joylashtirilgan yoritgich lampalar ob’ekt ko‘rish maydonining bir tekis
yoritilishini ta’minlaydi. Ular quvvatni o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan
pasaytiruvchi transformator orqali oladi.
Papillyar naqshlarni tadqiq etish uchun daktiloskopik lupadan
foydalaniladi. Uning gardishi suriladigan tarzda halqa asosiga
mustahkamlab qo‘yilgan metall shtativiga o‘rnatilgan. SHtativ asosiga
aylana shaklidagi oyna shisha o‘rnatilgan bo‘lib, uning diametri bo‘ylab
papillyar naqshning muayyan uchastkasida (masalan, papillyar
naqshning markazi va deltasi o‘rtasidan) papillyar chiziqlarni sanashni
engillashtiruvchi ingichka chiziq o‘tkazilgan.
Hujjatlar, izlar va boshqa ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishda
ko‘zoynaksifat binokulyar lupalardan foydalaniladi. Bunday lupa ikki
linzadan yoki linzalarning ikki sistemasidan tashkil topadi. Ularning
yordamida bir vaqtning o‘zida ikkala ko‘z bilan kuzatuv olib borish
mumkin. Lupalar yordamida kattalashtirilgan hajmlar etarli darajada
bo‘lmasa, ashyoviy dalillarni tadqiq etish uchun mikroskop qo‘llaniladi.
Hujjatlar, turli xil ashyoviy dalillar, o‘qotar qurollar, soch tolalari,
chang, kukun mikroskopda tadqiq etiladigan ob’ektlar hisoblanadi.
Mikroskop ashyo belgilarini bir necha yuz marta kattalashtirib
kuzatish imkonini beradi.
Ma'lumot uchun! To'qimachilik gazlamalarini tadqiq qilish uchun 4 va
7 barobar kattalashtirib beradigan mahsus lupadan foydalaniladi.
Bunday lupa o'rnatgichga ega bo'lib, uning asosi 1x1 yoki 2x2
santimetrli tuynukchalardan iborat. Taqqoslanayotgan gazlama
namunalarining tola-iplari miqdorini hisoblab chiqishda cheklagich
vazifasini bajaradi. Taqqoslama tadqiq etilganida 1 yoki 2 santimetrli
iplarning miqdori hisoblab chiqiladi.
E'tibor qiling! Mikroskopning asosiy qismlari: tubus, o'rnatgich, ashyo
stolchasi, okulyar ob'ektiv, kondensor va oynadan iboratdir.
46
Mikroskop ob’ektivlari muayyan fokus masofasi qanchalik kam
bo‘lsa, kattalashish shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ob’ektiv gardishida uning
yorug‘lik kuchi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Mikroskopda tadqiqot o‘tkazilganda ob’ektning kuchli va bir tekis
yoritilishi talab qilinadi. Mikroskop uchun yoritgich odatda yoritish
manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Kriminalistika faoliyatida, xususan tadqiqotlar o‘tkazish vaqtida
ko‘pincha
Do'stlaringiz bilan baham: |