Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


  Ekspertiza tadqiqoti uchun tayyorgarlik ko ‘rish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 


321 
Ekspertiza tadqiqoti uchun tayyorgarlik ko ‘rish 
va namunalar olish
 
Ish uchun ahamiyatga molik bo ‘lgan boshqa holatlarni aniqlashda, 
jumladan, kriminalistik ekspertizaning ayrim turlarini tayinlash, hal 
qilinadigan masalalar, kriminalistik texnika sohasidagi maxsus bilim 
talab qilgan taqdirda zarur bo ‘ladi. Ekspertiza o ‘tkazish zarur deb 
topilsa, uni tayinlash haqida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa 
ajrim chiqaradi (JPK 180-moddasi) 
Kriminalistik ekspertizaning ob’ektlaridan olingan namunalar, 
daliliy ahamiyatga ega bo ‘lgan boshqa moddiy narsalar, turli hujjatlar 
solishtirib ko ‘rish uchun ashyoviy dalillar bo ‘lishi mumkin.
Mazkur ob’ektlarda ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda yoki 
ajrimda ularning nomlari, belgi sifatlari alohida ko ‘rsatiladi. Qaror 
(ajrim)da ekspertiza tayinlash uchun asoslar va ekspert hal qilishi lozim 
bo ‘lgan savollar qayd etiladi. Savollar aniq, ravon va ekspertning 
maxsus bilimi doirasidan chetga chiqmasligi lozim. 
Kriminalistik ekspertiza materialini qaror, ajrim, tekshiruv 
ob’ektlari tergov va sud davlat ekspertiza muassasasiga yuboradi. 
Muassasa rahbari ekspertiza o ‘tkazishni tegishli mutaxassis xodimga 
topshiradi. Shu bilan birga prostessual qonunda belgilanganidek, ekspert 
sifatida ekspertiza muassasasidan tashqari joylarda xizmat qiluvchi 
mutaxassislar yoki alohida shaxslarni ham jalb etib, ekspertiza 
materialini ularga bevosita topshirish mumkin. 
Ekspertizada tekshiriluvchi ob’ektlar - ashyoviy dalil, uning ayrim 
qismlari, moddiy qoldiqlari bilan bir qatorda solishtirib tekshirish uchun 
zarur bo ‘lgan namunalar - nusxalar ham yuborilishi lozim. 
Namunalarning hajmi, sifati ekspert tekshiruvini to ‘la va ob’ektiv 
bo ‘lishini ta’minlaydi. Ekspertiza tekshiruvi uchun olinadigan 
namunalarning turlari va ularni olish tartibi JPK 188-moddasida ko 
‘rsatilgan. Kriminalistik ekspertizani o ‘tkazish uchun olinadigan 
namunalarning turlari asosan quyidagilardir: qo ‘lyozma, xat, imzo, 
raqam yozuvlari, ko ‘paytiradigan vositalardan olinadigan namunalari, 
izlarni hosil qiladigan qolip, nusxalar, otish qurollarining turli 
qismlaridan hosil bo ‘ladigan namunalar va boshqalar. 
Kriminalistik tadqiqot o ‘tkazish uchun zarur bo ‘ladigan 
namunalar, erkin va eksperimental bo ‘lishi mumkin. Bundan tashqari, 
dastxatshunoslik ekspertizasida shartli - erkin namunalar ham ajratiladi. 


322 
Erkin namunalar jinoyat ishi qo ‘zg ‘alishidan avval mavjud bo ‘lgan 
ob’ektlardir. Masalan, dastxatshunoslik tekshiruvi o ‘tkazish va gumon 
qilinuvchining o ‘zi yozgan xati imzolari uyida, xizmat xonalaridan 
olingan hujjatlarda bo ‘ladi. Eksperimental namunalar esa ekspertiza 
tayinlangan xodim tomonidan uning maxsus topshirig ‘i bilan olinadi. 
Tekshiriladigan hujjatdagi yozuvga, imzolarga, raqamlarga o ‘xshash 
matnlarni bir necha alohida qog ‘oz hujjatga yozish buyuriladi va 
tekshiriluvchi tomonidan - imzolarga mansub bo ‘lgan harf va shakllar 
bajarilishi kuzatib turiladi. 
Eksperimental namunalar, odatda, kishilar harakati natijasida 
vujudga keltirilib olinadi, masalan, dastxat, qo ‘l-oyoq izlarining 
namunalari yoki inson organizmining yashash faoliyatidagi moddalardan 
(qon, soch, so ‘lak va boshqa namunalar) shular jumlasidandir. 
Nusxalarning har ikki turi JPKga asoslangan holda ekspertizani 
tayinlovchi sud yoki tergovchi tomonidan olinadi va ular qaror (ajrim)da 
ko ‘rsatiladi. 
Ko ‘pincha eksperimental namunalar ekspertiza tekshirishlari 
vaqtida ekspertlar tomonidan ham olinadi. Shuning uchun qaysi vaqtda 
ekspert, eksperimental nusxa namunalarni olinishini yaxshi farqlay olish 
kerak. Eksperimental namunalar zarur bo ‘lgan hollarda majburiy 
ravishda ham olinishi mumkin. Bu harakat tergovchiga yuklatilgan.
Qonunga asosan ekspert majburiy ravishda namuna olish huquqiga 
ega emas. Tergovchi eksperimental nusxalar olishda ayblanuvchi yoki 
gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohlardan tashqari yana hajm 
jihatidan yoki ba’zi holatlar sababli ekspert ixtiyoriga topshirish 
imkoniyatlari bo ‘lmagan ob’ektlardan ham eksperimental namunalar 
olishi mumkin. 
Tergovchi bu ishlarga maxsus mutaxassislarni taklif qilish 
huquqiga ega. Ular o ‘zlarining maslahatlari, shaxsiy ishtiroki va 
harakatlari bilan sifatli namunalarni olishga yordam beradilar. Tergovchi 
tomonidan olinadigan erkin va eksperimental namunalar soni va sifati 
jihatidan ekspert tekshirishlari uchun etarli bo ‘lishi kerak. Olingan 
namunalar ob’ektning haqiqiy o ‘zidan kelib chiqqanligi shubhasiz bo 
‘lishi uchun prostessual rasmiylashtirilgan bo ‘lishi shart. 
Tekshiruv uchun zarur bo ‘lgan namunalarni olish uchun tergovchi 
qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Nusxalar olinganligi haqida bayonnoma 
tuzilib, unda olingan namunalarning soni, namuna olishdagi shart-
sharoitlar, tergov usullari batafsil yozilishi, tuzilgan bayonnoma 
tergovchi va xolislar imzolari bilan tasdiqlanishi lozim. Ayblanuvchi, 


323 
gumon qilinuvchi, guvoh va jabrlanuvchidan qog ‘oz ustiga yozdirib 
olingan namunalar tergovchi hamda namunani bajaruvchi tomonidan 
tasdiqlanib imzolanadi. Olingan namunalar boshqa ob’ektlar kabi 
tegishli tartib va usulda joylashtiriladi va muhrlanadi. 
Ekspertiza tekshiruvini o ‘tkazish jarayonida, ekspertning o ‘zi 
ham eksperimental namunalar tayyorlashi mumkin. Prostessual qonunda 
qayd qilinishicha, ba’zi kriminalistik tekshiruvlari uchun ekspert tajriba-
eksperiment o ‘tkazib ham namuna oladi. Ballistik ekspertiza o 
‘tkazishda o ‘q otish qurolini identifikastiya qilishda ekspert hodisa 
joyidan topilgan o ‘q va gilzalarni solishtirib tekshirish uchun ashyoviy 
dalil bo ‘lgan quroldan bir necha marta o ‘q otib eksperimental o ‘q va 
gilza namunalarini tayyorlaydi. Shuningdek, trasologik tekshiruvi uchun 
ekspert ashyoviy dalil bo ‘lgan poyabzal, buzish quroli, chopish va 
kesish asboblaridan ularning iz hosil qiluvchi tashqi qismidan 
eksperimental izlar namunalarini olishi mumkin.
Ekspertiza uchun olingan namunalar jinoyat prostessual qonuniga 
binoan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ekspert o ‘zi tashkil qilib 
olgan namunalari va eksperiment tekshiruvlarini o ‘zining xulosasini 
bayonot, ya’ni tadqiqot qismida to ‘la va aniq aks ettiradi. 
Tekshiruv uchun olingan namunalar ekspertizaning boshqa 
ob’ektlari qatorida tegishli usulda o ‘rab-joylab, ularning turi va soni 
qaror (ajrim)da ko ‘rsatiladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish