197
–
hodisa joyidagi jabrlanuvchilarga yordam berish chorasini
ko‘rishi, hodisa joyida tartib o‘rnatish masalalarini hal etishi kerak;
–
tergovchining hodisa sodir etilgan
joyga etib borishiga juda
qisqa muddat talab etilsa, hodisa joyida ishtirok etish uchun tergovchi
ichki ishlar organlariga hodisa joyiga zudlik bilan etib borish to‘g‘risida
xabar beradi;
–
tergovchining hodisa sodir bo‘lgan joyga o‘z vaqtida yetib
kelishida masofaning uzoqligi, transport vositasi bo‘lmaganligi sababli u
IIOni xodimlariga tegishli ko‘rsatma berishi mumkin;
–
tergovchi hodisa joyini qo‘riqlash, hech kimni hodisa joyiga
kiritmaslik; hodisa joyidagi ashyoviy dalillarni qo‘riqlash;
hodisa
joyidan topilgan izlarni qayd etishda ahamiyatli bo‘lgan holatlarni
aniqlash; hodisa sodir etilgan vaqtda hozir bo‘lgan shaxslarni aniqlash
va tergovchi etib kelgunga qadar bo‘lib o‘tgan holatlarni ular orqali
aniqlash; tergovchi jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabar olishi bilan
jinoyatni sodir etgan shaxs to‘g‘risida ham ma’lumot olsa, darhol uni
qidirib topish to‘g‘risida IIO xodimlariga topshiriq beradi;
–
tergov chemodanining to‘liqliligini
tergov chemodanida barcha
asbob-uskunalarning borligini tekshiradi. Zarur hollarda qo‘shimcha
qidiruv texnikaviy vositalarni, masalan, metalldan yasalgan predmetlarni
qidirib topish uchun mo‘ljallangan texnika vositalarini hozirlashi
mumkin;
–
hodisa joyiga chiqqunga qadar tergovchi murdani o‘likxonaga
olib borish, shuningdek, turli buyumlar, ashyoviy dalillarni olib ketish
uchun zarur bo‘lgan transport vositasini hozirlash chorasini ko‘rishi,
prokuratura, ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilishi zarur;
–
tergovchi hodisa joyiga chiqgunga
qadar boshqa tayyorgarlik
ishlarini ham amalga oshirishi lozim. Hodisa joyiga borgandan keyin
tergovchiga hodisa joyini ko‘zdan kechirishga kirishishdan oldin ba’zi
tayyorgarlik ishlarini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi;
–
hodisa joyida to‘satdan ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchining
paydo bo‘lib qolishi va ularga hujum qilib qolish xavfining ham oldini
olish chorasini ko‘rib qo‘yishi lozim.
198
Hodisa sodir bo‘lgan joyga kelgach, tergovchi voqeaning zararli
oqibatlarini
bartaraf
etish
uchun
barcha
choralar
ko‘rilgani,
jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilganiga ishonch hosil qilishi lozim.
Zarur holda u hodisa sodir bo‘lgan joyni qo‘riqlash,
izlarni saqlab
qo‘yish, shubhali fuqarolarni aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar
ko‘radi.
Ko‘zdan kechirishni boshlashdan oldin tergovchi ichki ishlar
organlari xodimlari, guvoh-shohidlar va hodisani birinchi bo‘lib
aniqlagan shaxslardan nima sodir bo‘lgani, bunga kim daxldor bo‘lishi
mumkinligi, aybdorni aniqlash, qidirish
va ushlash uchun qanday
choralar
ko‘rilgani to‘g‘risida axborot oladi. SHuningdek u
jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish, hodisa oqibatlarini bartaraf etish
vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joy sharoitlarida qanday o‘zgarishlar yuz
berganini ko‘zdan kechirish jarayonida buni hisobga olish uchun
aniqlaydi. Guvoh-shohidlar va boshqa shaxslar bilan so‘rov alohida-
alohida o‘tkaziladi, ular bergan ma’lumotlar
diktofon yordamida yozib
olinadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish ishtirokchilari ko‘p
sonli bo‘lishi mumkin, biroq uni o‘tkazish uchun mas’uliyat to‘liq
Do'stlaringiz bilan baham: