MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI,
3-BOSQICH GEOGRAFIYA YO’NALISHI TALABASI
Sattorov Mirshodning
Innovatsion pedagogik texnologiyalar fanidan
MUSTAQIL ISHI.
Toshkent - 2022
Loyiha mavzusi: Geografiya darsliklarida atamalar, tayanch tushuncha va iboralarning muhim ahamiyatlari.
Loyihaning maqsad va vazifalari: geografiya darsliklarida berilgan atamalar, tayanch tushuncha va iboralarning o‘quvchilar ongiga kengroq yetkazib berish, hamda bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish. Maktab o‘quv darsliklarida atama, tayanch tushuncha va iboralarni alohida darslikka ilova qilish.
Loyihaning dolzarbligi: Ma’lumki, geografiyani o’rganishda geografik tushuncha va terminlarning o’rni beqiyosdir. Atamalar geografiya fanini tushunishning eng yaxshi yo’li hisoblanadi chunki oquvchilarga okean atamasini tushuntirmasdan oldin Hind okeani haqida gapirish noto’g’ridir.
Loyiha doirasida o‘z yechimini topuvchi muammo: o’qituvchi o’z pedagogik mahoratidan kelib chiqqan holatda atama va terminlarni tushuntirishi, ularga ta’rifini qisqa va tushunarli bo’lgan usulda aytib berish kerak. Atama va terminlarni o’quvchilarda mustahkamlash uchun blis savollar, kartochkalar, geografik yozma diktantlar olish yaxshi samara beradi.
Loyihaning amaliyotda qo‘llashga oid vositalar: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, “Bolalar Ensiklopediyasi”, “Qiziqarli geografiya”, “Dunyo siyosat jamiyati”, “Geografik terminlar va tushunchalar izohli lug‘at”, “Maktabda geografiya” ta’lim jurnali, foto - suratlar, va h.k.
Yakuniy natija: Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Zamonaviy darsga qo‘yiladigan talablarni shartli ravishda 4 ga ajratish mumkin.
1. Tarbiyaviy talablar.
2. Psixologak talablar.
3. Gigiyenik talablar.
4. Didaktik talablar.
Bu talablar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Biz bu guruhlarga qisqacha ta’rif berib o‘tish lozim deb hisoblaymiz.
Darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, eng yaxshi axloqiy sifatlarini, olgan bilimini hayot bilan bog‘lay olishni, Vatanni uning tarixi, madaniyati, urf - odatlarini, eng asosiysi insonni xurmat qilishni, ilmiy dunyoqarashni, estetik didni, kasb - hunarga qiziqishni, iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyatni tarkib topdirinshi tarbiyalash kerak.
Darsga qo‘yiladigan psixologik talablar O‘quvchilarningg individual - psixologik xususiyatlarini bilgan holda ularda xotira, ongli idrok etishni, mustahkam irodani, tasavvzf qila olishni, mavxum hodisalarni tafakkurlay olishni, o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlari qo‘ygan talablarni ular yoshiga mosligini hisobga olishni ta’minlashdan iboratdir.
Darsga qo‘yiladigan gigiyenik talablar Sinfdagi hazvo harorati, yorug‘lik mikdori, uning tozaligi, estetik did bilan jihozlanishi, o‘kuvchilarga beriladigan topshiriqlarning ular yoshiga mosligini hisobga olish kabilarga rioya qilish shart. Zamonaviy darsga qo‘yiladigan didaktik talablar
1. Darsning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash.
2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.
3. Dars mavzusining mohiyatini o‘quvchilarning o‘zi mustaqil fikrlab o‘zlashtirishiga erishish.
4. Darsda barcha o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash.
5. O‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, hayot bilan chambarchas bog‘lashiga erishish.
6. Mavzu mazmuniga mos ta’lim metodlarini tanlash. Bu metodlar asosan qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo‘lishi zarur.
7. Mavzu mazmuniga mos ta’lim vositalarini tanlash va ulardan ko‘proq o‘quvchilarning foydalanishiga erishish.
8. O‘quvchilarning bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o‘rgatib borish.
9. O‘quvchilarni dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o‘z tarixi, tili, urf - odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |