Loyiha matni 49901-(61999)


-bob. Narx va tariflarni tartibga solish



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

14-bob. Narx va tariflarni tartibga solish
170-modda. Narx va tariflari davlat tomonidan tartibga solish shartlari
Davlat tomonidan narx va tariflarni tartibga solish ijtimoiy muhim tovar (ish, xizmat) bilan zarur
darajada taʼminlanish imkonini yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar (ish, xizmat)lar uchun erkin narx va tariflar
qoʻllaniladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tovar (ish, xizmat)lar mustasno.
Davlat tomonidan quyidagi tovar (ish, xizmat)lar uchun narx va tariflar toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga
solinadi:
1) tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovar (ish, xizmat)lar;
2) tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat
reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan
tovar (ish, xizmat)lar;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan ijtimoiy
muhim tovar (ish, xizmat)lar.
Tovar (ish, xizmat)lar, shu jumladan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tovar
(ish, xizmat)larning narx va tariflari davlat tomonidan bilvosita tartibga solinishi mumkin.
Eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan, monopolist korxonalar va tabiiy
monopoliya subyektlari) eksport qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lar boʻyicha hisob-kitoblarni
shartnomaviy (erkin) narx va tariflar boʻyicha amalga oshiradilar, bundan qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar mustasno.
171-modda. Narx va tariflarni tartibga solish shakl va usullari


project.gov.uz
06.06.2022
80
Narxlarni shakllantirish davlat siyosati mamlakat va (yoki) uning ayrim hududida shakllangan
(mavjud) ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita narx va tarifni
tartibga solish orqali amalga oshiriladi.
Narx va tariflarni toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) qatʼi belgilangan narx va tariflarni belgilash;
2) narx va tariflarning cheklangan darajasini belgilash;
3) ustama (chegirma)larning cheklangan darajasini belgilash;
4) cheklangan rentabellik darajasini belgilash;
5) tartibga soluvchi koeffitsiyent;
6) narx va tariflarni oʻrnatish va qoʻllash tartibi.
Davlat manfaatlari va mamlakatda shakllanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib chiqib, narx
va tariflarni tartibga soluvchi davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan tartibda narx va tariflarni toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solish shakllaridan birini tanlagan holda
tovar (ish, xizmat)lar uchun narx va tariflarni tartibga solishi mumkin.
Narx va tariflar soliq-byudjet va pul-kredit, tovar yoki xarid intervensiyasi orqali bilvosita
tartibga solinishi mumkin.
Narx va tarifni bilvosita tartibga solish imtiyozli kreditlar ajratish, byudjetdan subsidiya va
dotatsiya ajratish, soliq imtiyozlarini berish, mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish va chiqarishni
moliyalashtirish hamda boshqacha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.
Narx va tarifni toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita tartibga solish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Narx va tariflarni tartibga solish raqobat muhitini buzilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga
oshirilishi lozim.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish