132-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
project.gov.uz
06.06.2022
58
Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Tizim orqali amalga oshiriladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan shakldagi soʻrovnomani bosqichma-bosqich toʻldiradi.
Ariza beruvchi soʻrovnomani soʻralayotgan maʼlumotlarni kiritish va Tizim tomonidan umumiy
maʼlumotnomadan taklif etilayotgan maʼlumotlarni tanlash yoʻli bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi
soʻrovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda toʻxtatish yoki davom ettirish huquqiga ega.
Davlat axborot resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, ariza beruvchining Yagona
identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy shaxsiy maʼlumotlarini inobatga olgan holda Tizim
tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Tizim har bir bosqichda soʻrovnomada shakllantirilgan
maʼlumotlarni saqlab boradi.
Ariza beruvchi tomonidan firma nomini tanlash bir xilligining tekshirilishi Tizim tomonidan
avtomatik tarzda amalga oshiriladigan, lotin alifbosidagi erkin firma nomlaridan soʻrovnoma
shakllantirilganda amalga oshiriladi. Mavjud tadbirkorlik subyektlarining amaldagi firma nomida turli
belgilar qoʻllanilgan boʻlsa, ularni davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazishda ushbu belgilardan foydalanishni
davom ettirish mumkin.
Ariza beruvchi u tomonidan firma nomi tanlanayotganda ushbu Kodeksning 12-bobi va boshqa
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi lozim.
Soʻrovnoma shakllantirilganda tanlangan firma nomi Tizim tomonidan 60 kalendar kuniga ariza
beruvchi nomiga saqlanib turadi.
Agar ariza beruvchi shakllantirilgan soʻrovnomani roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu
moddada koʻrsatilgan muddat mobaynida joʻnatmagan boʻlsa, ariza beruvchi tomonidan tanlangan firma
nomining belgisi Tizim tomonidan bekor qilinadi. Bunda ariza beruvchi tomonidan shakllantirilgan
boshqa maʼlumotlar ularni ochib koʻrish, oʻzgartirish va soʻrovnomani shakllantirishni davom ettirish
imkoniyati bilan Tizim tomonidan tegishlicha foydalanuvchining shaxsiy kabinetida saqlanib turadi.
Tizim vositasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishlicha soʻrovnomaga quyidagilar ilova
qilinadi:
davlat tilidagi taʼsis hujjatlari;
monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi toʻgʻrisidagi qarori – davlat
ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun;
davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi yoki Hukumatning qarorlari – davlat
ishtirokidagi korxonalar tomonidan xoʻjalik jamiyatlarini taʼsis etilishida;
topshirish dalolatnomasi – qoʻshib yuborilganda;
taqsimlash balansi – boʻlishda va ajratib chiqarishda.
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning
barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan taraflar
bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan
boʻlishi kerak.
Ariza beruvchi taʼsis hujjatlarini oʻz ixtiyoriga koʻra qonunchilik hujjatlari talablarini inobatga
olgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan namunaviy shakllar
Do'stlaringiz bilan baham: |