Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

150-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan
oʻtkazganlik uchun davlat bojini undirish
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan)
oʻtkazganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda
davlat boji undiriladi.
Davlat boji toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda toʻlangan davlat boji
qaytarilmaydi.
Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
1) Davlat xizmatlari markazi orqali bevosita oʻzi murojaat qilganda:
20 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish
jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar – Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning
viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga oʻtkaziladi;
2) Tizim orqali murojaat qilinganda:


project.gov.uz
06.06.2022
72
10 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish
jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar – Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning
viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga oʻtkaziladi.
151-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan
oʻtkazish, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi taqdim etilgan hujjatlarni kelib tushgan sanadan boshlab 2
ish kuni davomida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyekti-yuridik
shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish haqida yoki ushbu Kodeksning
152-moddasida belgilangan holatlar mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni
rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
Agar taqdim qilingan hujjatlar ushbu Kodeksning talablariga muvofiq boʻlsa roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
tarkibiga tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalarning yagona davlat
reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, davlat
roʻyxatidan qayta oʻtkazishni amalga oshiradi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar birlashmalarini Tizim
vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida hisobga qoʻyadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha QR-kod
(matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan
oʻtkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar birlashmalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, davlat
roʻyxatidan qayta oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis
hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining
Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish