Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet178/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

339-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning investitsiya faoliyati
sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (bundan buyon matnda Tadbirkorlar huquqlarini
himoya qilish boʻyicha vakil deb yuritiladi) investitsiya faoliyati sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan
masalalar boʻyicha investorlarning va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini koʻrib
chiqadi hamda ularni hal etish uchun tavsiyalar beradi, shu jumladan mazkur masalada davlat boshqaruvi
organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilgan holda tavsiyalar beradi;
yuzaga keladigan masalalarni suddan tashqari va sudga qadar tartibda hal etishda investorlarga
koʻmaklashadi;
investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha
takliflarni ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
investorga uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shu jumladan ularni himoya qilish
shakllari va usullariga taalluqli masalalarni tushuntiradi;
investorlarning murojaatlari va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlarining eshituvlari natijalarini tahlil qiladi;


project.gov.uz
06.06.2022
169
qonunchilikni tahlil qiladi va investorlarning huquqlarini buzadigan yoki xoʻjalik faoliyatini
yuritishni qiyinlashtiradigan normalarni aniqlaydi hamda natijasi boʻyicha investorlarning buzilgan
huquqlarini, erkinliklarini tiklash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tavsiyalar ishlab
chiqadi;
tegishli davlat boshqaruvi organiga investorlarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini tiklashga qaratilgan tavsiyalar kiritadi.
Tavsiyalar olgan davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organi Tadbirkorlarning
huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma javob
taqdim etadi.
Zarur boʻlgan taqdirda, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil davlat
boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan investorlarning hamda investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrab oladi, bundan davlat
sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborot mustasno.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish