project.gov.uz 06.06.2022 166 rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investitsiyalarni va boshqa aktivlarni baholash;
toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovining muvofiqligi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizitsiyani
(ekspropriatsiyani) amalga oshirish chogʻida rioya etgan tartib-taomil.
Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sugʻurtalash ixtiyoriy asosda amalga
oshiriladi.
333-modda. Investitsiyalarni himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralari Investitsiyalarni himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralari Oʻzbekiston Respublikasi
Hukumati tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashishni,
maxsus soliq va toʻlov rejimini yaratishni, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan davlat
monitoringi oʻtkazilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya
shartnomalariga asosan boshqa choralarni oʻz ichiga olishi mumkin.
4-§. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 334-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli
davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari boʻyicha maslahat
berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va koʻmak koʻrsatish;
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda investitsiya faoliyatini tartibga solish
sohasidagi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
hamkorlik yoʻnalishlarini va loyihalarini majburiy ravishda kelishgan holda Oʻzbekiston
Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xoʻjalik
boshqaruvi organlarining chet el vakolatli organlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari hamda xalqaro
moliya institutlari, shuningdek kompaniyalar va salohiyatli chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy
hamkorlik masalalariga doir oʻzaro aloqalarni taʼminlash;
investorlar bilan doimiy ikki tomonlama aloqani taʼminlash, hududlar va mahalliy yuridik
shaxslarga investitsiyalarni jalb qilishda koʻmaklashish, investitsiya takliflari ishlab chiqilishini tashkil
etish;
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va xalqaro investitsiya hamjamiyatlari ishida
ishtirok etish;