e-qaror.gov.uz
22.01.2022
24
10. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish
uchun quyidagi huquqlarga ega:
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik sohasida hududni kompleks
rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dastur va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va ijrosini tashkil
etish;
kapital qurilish sohasini jadal rivojlantirish, jumladan, ijtimoiy soha, uy-joy va
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini har yilgi maqsadli parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini
tahlil qilib borish, mavjud muammolar yechimi yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli
vazirlik, idoralar, qo‘mitalarning hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
tumandagi kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish,
modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish,
shuningdek, kommunal soha tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini tashkil etish;
ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, kommunal soha
tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga berish hamda hududda
sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga,
atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha vakolati doirasida zarur choralarni ko‘rish;
shahar va qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va ko‘p qavatli uy-
joylar qurilishi bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, pudrat va loyiha
tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
11. Tuman hokimining o‘rinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-
bandlarida o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda hamda samarali
bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Tuman hokimining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qonunchilik
hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro
intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat
maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi
to‘g‘risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo
yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari
Do'stlaringiz bilan baham: |