Loyiha annotasiyasi


SHAKL Loyiha mazmuni



Download 39 Kb.
bet4/10
Sana10.07.2022
Hajmi39 Kb.
#769363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SHAKL


Loyiha mazmuni


15




    1. Loyihada hal etilishi ko‘zda tutilgan ilmiy muammo

Har tomonlama yetuk, jismonan va ruhan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashda ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini maktabgacha ta’lim muhim o‘rin egallaydi. Barkamol avlodni voyaga yetkazishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Biz farzandlarimizning buyuk insonlar, hayotda o‘z o‘rniga, so‘ziga ega bo‘lgan shaxs sifatida shakllantirishni istasak, ularni aynan shu yosh davridan boshlab turli didaktik, rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Agar biz farzandlarimizda maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlarini me’yorda rivojlantirsak, ularning maktabda fan asoslarini o‘zlashtirishida muammolar bo‘lmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, maktabgacha yoshdagi bolalarga dastlabki bilimlarni berish, ularni o‘z o‘rnilarini bilishga o‘rgatish, shuningdek, ota-onalar ham bolaning hissiy, emosional, intellektual, psixologik, jismoniy rivojlanishiga teng darajada e’tibor qaratib, ushbu yo‘nalishlardagi tarbiya turlarini erta davrdanoq boshlashlari har tamonlama yetuk shaxs tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Bu borada o‘zbek tilida ham bola rivojlanishiga, ham psixolog, ham pedagog faoliyatiga, ham ota-onaning bu yosh davridagi farzandi bilan bo‘ladigan muammolarini hal etishiga va yosh davri xususiyatlarini o‘rganishiga yordam beradigan yaxlit metodik vositani ishlab chiqish loyiha doirasida hal etilishi ko‘zda tutilgan asosiy muammolardandir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rivojlantiruvchi muhitlar faoliyatida ta’lim - tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, har bir muhitda bolaga beriladigan bilimlarni chuqur anglash, maktabgacha yoshda olgan bilimlari kelajakka poydevor ekanligini inobatga olib yagona elektron ma’lumotlar bazasini (onlayn veb-portal) yaratish hozirgi kunda respublikada maktabgacha ta’lim tizimida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jihozlash, u yerda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lishini inobatga olib tarbiyachilar uchun markazlarda bolalar bilan ishlash jarayonini tashkil etish bo‘yicha interaktiv qo‘llanmalar yaratish, yagona ma’lumotlar bazasi hamda elektron portalini yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi.

    1. Loyihaning maqsadi va vazifalari

Loyihaning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishga qaratilgan yagona ma’lumotlar bazasi va elektron portal yaratishdir. Bundan tashqari, rivojlantiruvchi markazlarda bolalar bilan ishlash jarayonini tashkil etish bo‘yicha interaktiv qo‘llanmalar ham yaratiladi.
Loyihada quyidagi vazifalar belgilandi:
- mavzuga doir xorijiy tadqiqotlarni o‘rganish, tahlil qilish, ularning yutuqlarini milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan holda tadqiqotga jalb etish;

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya yoshidagi bolalar uchun yaratilgan xorijiy saytlar, elektron platforma va mobil ilovalarni o‘rganish va ularni tahlil qilish;

-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan olib borilishi bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa va ritmika markazida ta’lim-tarbiya jaorayonini olib borish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini tuzish;
-maktabgacha ta’lim tashkiloti til va nutq markazida ta’limiy faoliyat bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotida qurish yasash, matematika va konstruksiyalash markazida ta’limiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotida fan va tabiat markazida ta’limiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotida san’at markazida ta’limiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish
-tarbiyachilarning bolalar bilan faoliyatini takomillashtirish maqsadida elektron platforma va mobil ilova uchun vizuallashtirish elementlari bo‘lgan quyidagi multimediali korreksion modullar ishlab chiqish:

  • bolaning kognitiv sohasini rivojlantirish uchun “Zukko bolajon”;

  • bolaning emosional sohasini rivojlantirish uchun “Ko‘rib o‘rganaman”;

  • bolada axloqiy xususiyatlarni shakllantirish uchun “Bilimlar dunyosi”;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini (onlayn veb-portal) tashkil etish;


    1. Download 39 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish