Lotin amerikasi davlatlari



Download 82,5 Kb.
Sana25.08.2021
Hajmi82,5 Kb.
#155378
Bog'liq
2-jahon urushi oralig'ida Lotin Amerikasi davlatlari


I-II-JAHON URUSHIDA LOTIN AMERIKASI DAVLATLARI TARAQQIYOTI


    1. Birinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlariga ta'siri

    2. Iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy ahvoli

    3. Jahon iqtisodiy inqirozining Lotin Amerikasiga ta'siri

    4. Buyuk davlatlarning Lotin Amerikasi uchun kurashi

Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari hayotiga katta ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi, bu mamlakatlar iqtisodiyoti tez sufatlar bilan o’sa boshladi. Bunga Birinchi jahon urushida qatna-shayotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamla-katlari xomashyosi va qishloq xo’jalik mahsulotlariga nisbatan talabning ortib ketganligi sabab boidi. Ikkinchidan, urush tufayli Yevropadan kcltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamaygan. Bu hol Lotin Amerikasi davlatlarida qayta ishlash sanoatini kuchaytirdi.

Uchinchidan, jahon bozorida xomashyo va qishloq xo’jalik mahsulot-larining narxi ham ko’tarilgan edi. Masalan, Kuba eksport qiladigan qand-ning narxi 11 baravar ko’tarildi. Bu omillar, o’z navbatida, kapital jamg’arilishiga va milliy ishlab chiqarishning o’sishiga olib keldi. Xususan, Braziliyada 6 mingga yaqin yangi sanoat korxonasi qurildi. Bu Braziliya tarixida undan avvalgi 25 yil ichida qurilgan sanoat korxonalari sonidan ko’p Ayni paytda buyuk davlatlar Lotin Amerikasida o’zlarining iqtisodiy-moliyaviy ta'sirlarini saqlab qolishga urindilar. Bu AQSH — Buyuk Britaniya munosabatlarini keskinlashtirdi.

Birinchi jahon urushigacha yer yuzining bu nuqtasida Buyuk Brita-niya kapitali yetakchi mavqega ega boigan boisa, AQSH uni endi tobora iskanjaga oldi va AQSH kapitali yildan-yilga o’z mavqeini mustahkamlay bordi.

20-yiIlarda jahon bozorida Lotin Amerikasi tovarlariga qulay narx-navo saqlanib turdi. Bu o’z navbatida, iqtisodiyotning taraqqiyotiga xizmatqildi. Biroq bu iqtisodiy taraqqiyot asosan ekstensiv omillar hisobiga ta'minlana bordi. Shuningdek, bu qifa davlatlari iqtisodiyotiga qishloqda latifundiyachi-lar zo’ravonligi, ishlab chiqarishning asosan tashqi bozor ehtiyojlariga moslashib qolganligi hamda chet el kapitaliga qaramlik xususiyatlari ham xos edi. Bular iqtisodiyotni tobora qiyin ahvolga tushirib qo’ymoqda edi.

Bundan foydalangan buyuk davlatlar bu qifa davlatlari iqtisodiyotiga o’z ekspansiyalarini yanada kuchaytirdilar.

Agar 20-yiIlarga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirishda Buyuk Britaniya birinchi o’rinda turgan bo’lsa, 20-yiIlarning oxiriga kelib vaziyat tubdan o’zgardi. Endi AQSH bu borada Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi. 30-yillarning oxiriga kelib esa AQSH ning yirik kompaniyalari bu yerda o’z xukmronlik mavqeini o’rnatdilar. Xususan, elektr stansiyalar, temir yo’llar, pochta-telegraf, port va tog’ sanoati AQSH sarmoyasiga qaram bo’lib qoldi.

Xorijiy sarmoyaning bunday tazyiqi Lotin Amerikasining jahon ijtimoiy taraqqiyotidan orqada qolishiga olib keldi. Shu tariqa, Lotin Amerikasi davlatlari rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining xomashyo bazasiga aylanib qoldi.

Lotin Amerikasi davlatlarida siyosiy hayot turlicha edi. Iqtisodiy jihatdan qoloq davlatlarda rasman respublika tuzumi e'lon qilingan bo’lsa-da, amalda ularda avtoritar va diktatorlik tartiblari o’rnatilgan edi. Ayrim davlatlar konstitutsiyasida hokimiyatning oliy vakillik organi huquqlari kafolatlani-shi qayd etilgan bo’lsa-da, hokimiyat u yoki bu soha oligarxiyasi qo’lida to’plangan edi. Masalan, Braziliyada butun hokimiyatni amalda qahva oli-garxiyasi qo’lga olgan edi.

Iqtisodiy jihatdan nisbatan taraqqiy etgan davlatlarda (Argentina, Chili va Urugvay) urushdan keyin konservativ-oligarxiya tartibi o’z o’rnini liberal-demokratik kuchlarga bo’shatib berishga majbur bo’ldi. Ular mamlakatda liberal islohotlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar Lotin Amerikasi tarixida yangi hodisa edi. o’z mazmuniga ko’ra Yevropa islohotiga yaqin bo’lgan bu islohotlar natijasida qator ijtimoiy muammolar bartaraf etildi.

Bu o’rinda Argentinada prezident I. Irigoyen davrida 1928—1930-yillarda amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. U davlat vositachiligi yo’li bilan sarmoya va mehnat o’rtasida hamkorlikni ta'minlay oldi. Bu mamlakatda 8 soatlik ish kuni, yakshanbada dam olish, ijtimoiy sug’urta kabi ijtimoiy muammolar ijobiy hal etildi.

Jahon iqtisodiy inqirozi (1929—1933) Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotiga katta salbiy ta'sir ko’rsatdi. Bunga bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti chet el bozoriga bog’liq bo’lib qol-ganligi, shuningdek xorijiy kapitalga qaramligi sabab bo’ldi.

Inqiroz tufayli Lotin Amerikasi davlatlari eksporti keskin darajada pasaydi. Natijada rhinglab zavod va fabrikalar, plantatsiyalar to’la ishlamay qo’ydi. 0'z xaridorini topa olmagan millionlab tonna kofe, don va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yo’q qilindi. Ishsizlar soni ko’paydi.

Bular, o’z navbatida, davlatlarning ichki siyosiy barqarorligini izdan chiqardi va keskin siyosiy o’zgarishlar yuz berishga olib keldi. Bu o’zgarishlar, bir tomondan, ba'zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan liberal islohotchilarni, ikkinchi tomondan esa, ba'zi davlatlarda hokimiyat tepasida turgan avtoritar va diktatorlik tartiblarini qulatganligi bilan ajralib turadi.

Masalan, 1930-yilda Argentinada harbiy to’ntarish o’tkazilib, islohotchi prezident I. Irigoyen hukumati ag’darilgan boisa, Braziliyada qahva oligarxiyasi tartibi hokimiyati quladi. Chili va Kubada ham diktatorlik boshqaruvi barham topdi. Kolumbiyada 1930-yilda konservator oligarxiya tartibi o’rniga hokimiyatga liberal islohotchilar keldi.

Bu faktlar iqtisodiy inqirozning ham konservator, ham diktator, ham liberal islohotchilar obro’sining xalq ommasi ko’z o’ngida birday to’kilishiga sabab boiganligining isbotidir.

Iqtisodiy inqiroz davlatning iqtisodiyotga aralashuviga sabab boidi. Davlat inqirozdan chiqish uchun iqtisodiyotni tartibga sola boshladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi, birinchi navbatda, import mahsulotlarga yuqori boj toiovlarini joriy etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Ikkinchidan, davlat milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mahalliy tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish va imtiyozli soliq tartibini qoilashni joriy etdi. Uchinchidan, iqtisodiyotda davlat sektorini rivojlantirish va mustahkamlash yoiini tutdi.

Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida qator ijtimoiy islohotlar ham o’tkazildi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi milliy ishlab chiqarishning o’sishiga va milliy sarmoyaning mustahkam-lanishiga xizmat qildi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, urushgacha Buyuk Britaniya Lotin Amerikasida yetakchi mavqeni egallar edi. Birinchi jahon urushi vaziyatni tubdan o’zgartirib, Yevropa davlatlarining Lotin Ameri-kasidagi faolligini pasaytirib yubordi. Bundan foydalangan AQSH bu mintaqada o’z ekspansiyasini kuchaytirdi. Natijada AQSH ning Lotin Amerikasi davlatlariga joylashtirgan sarmoyasi 1929-yilga kelib 1913-yildagi ko’rsatkichga nisbatan 4,5 baravar ortdi.

Lotin Amerikasi xalqlari orasida Amerikaga qarshi kayfiyat kuchayishining oldini olish hamda AQSHning bu mintaqadagi mavqeini mustahkamlash maqsadida prezident F. Ruzvelt 1933-yilda AQSH intervensiyadan voz kechganligi hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligi haqida bayonot berdi.

Ayni paytda Lotin Amerikasi davlatlari bilan «yaxshi qo’shnichilik» siyosatini e'lon qildi. Bu siyosat AQSH ekspansiyachilik siyosatining yangi davrdagi o’ziga xos shakldagi davomi edi.

30-yillardan boshlab Lotin Amerikasida fashist blokiga kiruvchi davlatlar — Germaniya, Italiya va Yaponiya ham o’z ta'sirini qaror toptirishga urindilar. Ular strategik xomashyoga muhtoj bo’lganliklari tufayli bu qifa davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirdilar va o’z sarmoyalarini joylashtirishga urindilar.

Xususan, Germaniya sarmoyasi Argentina, Braziliya, Chili va Paragvay iqtisodiyotiga joylashtirildi. Biroq Germaniya fashistlari savdo-iqtisodiy aloqalar bilan cheklanib qolmadilar. Ular bu mintaqada ham fashistik tashkilotlar tuzishga urindilar. Bu niyatni amalga oshirishda Lotin Ameri-kasida yashayotgan nemis muhojirlariga tayandilar. Eng yirik davlatlar — Argentina va Braziliya fashizm ekspansiyasining Lotin Amerikasidagi tayanchlari bo’lishi kerak edi. Tashkil etilgan fashistik tashkilotlar hokimiyat-ni egallash uchun ham harakat qildilar.

Bundan tashqari, Germaniya va Italiya Lotin Amerikasi davlatlarida fashistlarning hokimiyatni Ispaniya usulida egallashlariga umid bog’ladilar va ularni qo’llab-quwatladilar. Biroq fashistlar o’z maqsadlariga erisha ol-madilar. Buning sababi Germaniya va uning ittifoqchilarining bu mintaqada AQSH va arbiy Yevropalik boshqa raqiblarini siqib chiqarishga iqtisodiy qudratlari yetmaganligida edi. Ikkinchidan, Lotin Amerikasining u yoki bu davlatida ichki fashistik t kuchlarning hokimiyatni egallash yo’lidagi urinishlari liberal-demokratik kuchlar boshchiligidagi antifashistlarning qudratli qarshiligiga uchragan edi. Shu tariqa, Lotin Amerikasi xalqlari qifada fashizm qaror topishiga yo’l qo’ymadilar.

Braziliya — Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlardan biri. Xususan, u 1917-yilning 26-oktabrida AQSHdan so’ng Germaniyaga urush e'lon qildi.

Biroq Braziliyaning bu urushdagi ishtiroki keng ko’lamli bo’lmadi. Chunonchi, Braziliya Buyuk Britaniyaning bir qator harbiy-dengiz tadbirlarida qatnashdi. Shuningdek, uning harbiy kemalari Janubiy Atlantikada patrul xizmatini bajargan, xolos. Shu ma'noda olganda, Braziliyaning jahon urushidagi ishtiroki ko’proq ramziy ma'no kasb etdi. Shunday boisa-da, Braziliya Versal shartnomasini g’olib davlatlar qatorida imzoladi. Urush ayni paytda Braziliya iqtisodiyoti rivojiga ijobiy ta'sir ko’rsatgan. Bunga urush tufayli Yevropa eksporti kamayganligi sabab bo’lgan. Biroq, baribir, Braziliya agrar davlat boiib qola berdi. Ishga yaroqli aholi-ning 72% qishloq xo’jaligida band boigandi. Qishloq xo’jaligining asosini kofe va qand yetishtirish tashkil etgan va mamlakat moliyaviy ahvoli ayni shu kofe eksporti darajasi bilan bogiiq boigan.

Braziliya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishi uzoqqa cho’zilmadi. 1920— 1921-yillarda uning iqtisodiyotida inqiroz yuz berdi. Eksport mahsulotla-rining narxi keskin pasaydi. Masalan, 1919-yilda 1 qop (60 kg) kofe 27 sentga sotilgan boisa, 1921-yilda bu ko’rsatkich 9,5 sentni tashkil etdi. Inqiroz Braziliya iqtisodiyotining chet el sarmoyasiga qaramligini yanada kuchaytirdi. 1923—1928-yillarda Braziliya iqtisodiyotining qisman barqarorlashuvi asosan chet el sarmoyasi hisobiga amalga oshirildi. Chunonchi, 1929-yilga kelib AQSH ning bu davlat iqtisodiyotiga joylash-tirgan sarmoyasi 476 mln. dollarni, Buyuk Britaniya joylashtirgan sarmoya esa 1 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Ayni paytda mamlakatda ichki siyosiy vaziyat ham keskinlashib bordi. Prezident S. Bernardis (1922—1926) davrida mamlakatda diktatorlik tartibi qaror topa boshladi. Mamlakatda siyosiy josuslik va ayg’oqchilik tizimi keng quloch yoydi va bu hodisa mamlakatda keskin norozilikni keltirib chiqardi. Norozilik hatto armiyaga ham ta'sir ko’rsatdi.

1924-yilning 5-iyulida San-Paulo shahrida joylashgan harbiy qismda qo’zg’olon ko’tarildi. Hukumatga sodiq qo’shinlar qo’zg’olonchilarga qarshi 3 hafta davomida kurash olib borishga majbur boidi. 1924-yilning 28-oktabrida esa Santo-Anjelu shahrida kapitan K. Prestes boshchiligida harbiylar qo’zg’oloni boshlandi. Hukumat qo’shinlari qo’zg’olonchilarga qarshi og’ir janglar olib borishga majbur boidi va, nihoyat, 1927-yilning 13-fevralida qo’zg’olonchilarning so’nggi otryadlarini Boliviya hududiga surib chiqara oldi.

1929-yilda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi Braziliya iqtisodiyotini yanada og’ir ahvolga solib qo’ydi. Inqirozdan mamlakat qishloq xo’jaligi ayniqsa, katta talafot ko’rdi. Xususan, mamlakat omborxonalarida 37 mln. qop kofe yig’ilib qoldi. 3 yil ichida 40 ming qop kofe dengizga oqizildi yoki yoqib tashlandi. Eksport keskin kamaydi. Mamlakat aholisining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Bu omillar, o’z navbatida, demokratik va ijtimoiy harakatni kuchaytirdi. Shunday bir sharoitda hukmron doiralar mavjud tartibni saqlab qolish maqsadida davlat to’ntarishi o’tkazishga qaror qildilar. Uni 1930-yilning oktabrida hukmron doiralar bilan mustahkam aloqada boigan harbiylar amalga oshirdilar. Mamlakatda J. Vargas diktaturasi o’rnatildi va diktatura 1891-yilgi mamlakat Konstitutsiyasini bekor qildi.

Hatto qonun chiqaruvchi barcha vakolatni ham hukumatning o’zi amalga oshira boshladi. Lekin diktatura mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Hukmron doiralar turli tabaqalari o’rtasida hoki-

miyat uchun kurash davom etdi. Natijada 1934-yilning 16-iyulida mamla-katning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ichki iqtisodiy va siyosiy barqarorlik ayni paytda mamlakatda fashizm harakatini vujudga keltirdi. Fashizm siyosiy hayotga tobora jiddiy xavf sola boshladi.

Mamlakatning taraqqiyparvar kuchlari 1935-yilda fashizmga qarshi yagona xalq frontini tuzishga muvaffaq bo’ldilar. Bu front — «Xalq fronti umumbraziliya tashkiloti milliy ozodlik Alyansi» deb ataldi. Alyans tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o’tkazish dasturini ilgari surdi. Alyansning obro’-e'tibori tobora o’sib bordi. Bundan cho’chigan hukumat 1935-yilning 11-iyulida uning faoliyatini taqiqladi.

Mamlakatda terror va repressiya kuchaydi. Bungajavoban 1935-yilning noyabr oyida harbiylarning bir qismi qo’zg’olon ko’tardi. Biroq Vargasga sodiq harbiy qismlar bu qo’zg’olonni bostirdi. Endi mamlakatda reaksiya avj oldi. 1937-yilning 10-noyabrida J. Vargas Kongressni tarqatib yubordi. 1934-yilgi Konstitutsiyani bekor qildi va mamlakatda uning shaxsiy diktaturasi o’rnatildi. Shu kuni J. Vargas butun hokimiyatning Prezident qo’lida to’planishini qonunlashtirgan yangi Konstitutsiyaga ham imzo chekdi. 1937-yilning 2-dekabrida barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi.

Shunday bo’lsa-da, J. Vargas hukumati mamlakatda xalq harakatining yangidan vujudga kelishining oldini olish maqsadida qator yon berishlarga ham bordi. Jumladan, eng kam ish haqi haqida, ish kunini tartibga solish haqida dekretlar chiqardi. Ayni paytda davlatning iqtisodiyotga ta'sirini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar ham qabul qilindi. Vargas hokimiyati 1945-yilgacha hukm surdi.

Bu hodisa, o’z navbatida, mamlakat eksportining o’sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug’doy eksport qilish bo’yicha a dunyoda ikkinchi o’ringa (Kanadadan so’ng), go’sht mahsulotlari eksporti bo’yicha esa birinchi o’ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi. Xususan, 1920-yilda Buyuk Britaniya va Argentina o’rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln. pesoni, AQSH bilan esa 726 mln. pesoni tashkil etdi. Biroq Braziliyada bo’lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o’sish ham uzoq davom etmadi. 1920—1921-yiilardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talafot yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to’xtab qoldi.

Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta'sir ko’rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi. Bu hodisa 1920—1921-yillardagi iqtisodiy inqirozning o’ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal-fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I. Irigoyen hukumati (1916—1922) islohotlar voli bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar lashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila 1'oslilandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi.

Ilukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o’zgarishlarni ainalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta'til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi.

I. Irigoyen hukumati o’tkazgan islohotlarda izchillik ta'minlanmagan lio’lsa-da, islohotlar ko’lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo’ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashviqotni kuchaytirdilar.

1922-yilda o’tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning boshqa lnr vakili M. Alveor (1922—1928) g’alaba qozondi. U yangi tuzgan hukumati i. ii k ibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi. 1923-yilda Argentina iqtisodiyotida vana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko’zlangan maqsadga erishil-inadi. Buning sababi mamlakat qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining jahon lHi/oiiga qaramligi edi. 1925-yildanboshlab jahon bozorida narx-navoning pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sir ko’rsatdi.

1927-yilda o’tkazilgan prezidentlik saylovida yana I. Irigoyen (1928— L930) g’alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft |auoatining milliylashtirilishi bo’ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda I lnt cl monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi.

Ular endi davlat to’ntarishi o’tkazishga qaror qildilar. 1930-yilning 6-Iftntabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to’ntarishi ikazildi. F. Uriburu o’zini vaqtincha Prezident deb e'lon qildi. Yangi liukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor 'lildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etadi. Matbuot uchun qattiq senzura lailibi o’rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror btkor qilindi.

General F. Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi imimkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g’alaba qozona olmas ham i*di. Chunki uning obro’si yo’q edi. Shuning uchun ham 1931-yilning noyabr cyida prezidentlikka boshqa general — P. Xusto (1932—1938) nomzodi qo’yildi va u g’alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man Itish hamda qamal holati e'lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy clliidi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi.

Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlashish yo’li (|«i' llanildi. Ayni paytda AQSH ga qaram bo’lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQSl I ning ta'siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda Algentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik va yarashuv to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning iuohiyatini to’g’ri anglab yetgan AQSH prezidenti F. Ruzvelt 1933-yilda Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda «yaxshi qo’shnichilik» ta-

moyilini e'lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nomi tilga olingan shartnomani imzoladi. Bu shartnoma tarixga «Savedro Lamas pakti» nomi bilan kirdi. S. Lamas Argentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu Argentina diplomatiyasining katta yutug’i bo’lgandi.

Prezident P. Xusto davrida ham mamlakat ichki siyosiy hayotida barqarorlik ta'minlanmadi. Aksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938-yilgi prezident saylovida so’l kuchlar birlikka erisha olmadilar. Natijada o’ng kuchlar vakili Roberto Ortis (1938—1940) g’alaba qozondi.

R. Ortis ichki siyosatda qisman bo’lsa-da konstitutsiyaviy tartiblarni tiklashga harakat qildi. Repressiya va terror to’lqini pasaydi. Fashizm jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish yo’li to’sildi.

Meksika 1917-yilning 5-fevralida Meksikada demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi. Xususan,

Konstitutsiya yerni, yer osti boyliklarini va suvni davlat mulki deb e'lon qildi. Chet davlatlar va chet el monopoliyalari bilan tuzilgan ijara shartno-malarining qayta ko’rib chiqilishi belgilandi.

Har bir shtatda egalik qilinadigan yerning miqdori belgilab qo’yilishi, ortiqcha yerlar esa dehqonlar va batraklarga bo’lib berilishi kerak edi. Konstitutsiya ayni paytda cherkovning o’zgarmas mulkka ega bo’lish huquqini bekor qildi. Cherkovning barcha mulkini davlat mulki deb e'lon qildi. 1926-yilda ruhoniylarning siyosatga aralashuvini taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.

Konstitutsiya 8 soatlik ish kunini, minimal ish haqi miqdori belgilanishini, kasaba uyushmalariga birlashish va ish tashlash huquqini e'lon qildi.

Endi hamma gap konstitutsiya e'lon qilgan tadbirlarni bajarishda qolgan edi. Biroq bu oson vazifa emas edi. Chunki konstitutsiya talablari bajarilishiga ham ichki, ham tashqi kuchlar qarshilik ko’rsatishi muqarrar edi. Buyuk Britaniya va AQSH monopoliyalari Meksika iqtisodiyotida mustahkamlanib olgan edilar. Ular o’zlari bilan imzolangan ijara shartnomalarini qayta ko’rib thiqishga aslo rozi bo’lmas edilar. Vatikan esa cherkovning mulkdan mahrum etilishiga aslo toqat qila olmas edi. Shuning uchun ham Meksika ruhoniy-larining hukumat siyosatiga qattiq qarshilik ko’rsatishi muqarrar edi. Tez orada shunday bo’ldi ham. Vatikan ko’rsatmasi bilan Meksika ruhoniylari ibodatlarni to’xtatdi.

Meksika hukumatining neft sohasidagi siyosatiga javoban AQSH Meksikaga nisbatan iqtisodiy taqiq siyosatini qo’lladi. Ichki yirik sarmoya-dorlarning ham qarshiligi kuchaydi. Bu hol Konstitutsiya qoidalarini hayotga tatbiq etish vazifasini nihoyatda qiyinlashtirdi. Hukumat yon berishga majbur bo’ldi. Faqat reaksiyaning qattiq qarshiligini yengish hisobiga qator jiddiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1934-yilda «Agrar kodeks» kuchga kiritildi.

L. Kardenas (1934—1940) hukumati davrida latifundiyachilar vachet el kompaniyalariga qarashli 18 mln. ga yer ekspropriatsiya qilindi va dehqoiilarga berildi, ungacha bo’lgan 17 yillik davrda dehqonlarga 8 mln go yer berUgan edi, xolos. Hukumat dehqonlarga yordam ko’rsatish maqsadida 1935-yilda rnaxsus bank tashkil etdi.

Chet el kompaniyalarining Meksika qonunlarini oyoq osti qilishlariga qaishi hukumat 1938-yilning mart oyida neft sanoatini milliylashtirish haqida qaror qabul qildi. AQSH, Buyuk Britaniya va Gollandiya sarmoyadorlariga qarashli 17 ta neft kompaniyasi ekspropriatsiya qilindi. Bunga qarshi ular Mcksika neftini boykot qilish siyosatini qo’llay boshladilar. Natijada Meksika nefti eksporti 1938-yilda ikki baravar kamaydi. Bu ham yetmagandek, AQSH hukumati Meksika kumushiga embargo joriy etdi.

Buyuk Britaniya Meksika hukumatiga keskin ruhdagi notalar jo’natdi. Hunga javoban Meksika 1938-yilning may oyida Buyuk Britaniya bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Endi ichki va tashqi reaksiya L. Kardanes hukumatini ag’darishni rejalashtira boshladi. 1938-yilning may oyida ichki kuchlar hukumatga qarshi isyon ko’tardilar. Ularni chet ellik reaksiya kuchlari qo’llab-quwatladi. Biroq isyonchilar yengildi.

L. Kardanes mamlakatdagi turli tabaqa vakillarini birlashtirgan yangi partiya — Meksika inqilobi partiyasini tuzishga muvaffaq bo’ldi.

Kuba birinchi jahon urushida qatnashgan davlatlardanbiri. U 1917-yilning 17-aprelida Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. Biroq uning ham jahon urushidagi ishtiroki ramziy ma'noga ega bo’ldi. Xususan, Kubaning bu urushdagi ishtiroki Yevropaga tibbiy xizmat guruhlarini jo’natishdan iborat bo’ldi, xolos. Urush yillarida Kuba iqtisodiyoti ham rivojlandi. Bunga urush tufayli Yevropada qand ishlab chiqarishning kamayishi sabab bo’ldi. Bu hodisa Kubada qand ishlab chiqarish va uni eksport qilishning ko’payishiga olib keldi. Agar 1913-yilda 2,4 mln. tonna qand ishlab chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1919-yilda 4 mln. tonnani tashkil etdi.

Biroq 1920-yildan boshlab vaziyat keskin o’zgardi. Yevropada qand ishlab chiqarishning ko’payishi Kuba qandiga talabni keskin pasaytirdi. Masalan, 1920-yilda 1 mlrd. 22mln. pesolik qand sotilgan bo’lsa, 1921-yilda bu ko’rsatkich atigi 292 mln. pesoni tashkil etdi, xolos. Natijada qand sanoati halokati boshlandi. o’sha davrda mamlakat eksportining 90 foizi qandga to’g’ri kelishi hisobga olinsa, bu halokat darajasi yanada oydinroq namoyon bo’ladi.

Bu hol mamlakat moliyaviy ahvolini izdan chiqardi va ichki siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Hokimiyat uchun kurashuvchi hukmron kuchlar-ning ikki guruhi (liberallar va konservatorlar) o’rtasidagi munosabat yanada keskinlashdi. Amerikaparast konservatorlar hukmronligiga qarshi liberallar qo’zg’olon ko’tardilar. AQSH hukumati o’z tarafdori prezident Menokalga (1916—1920) harbiy yordam ko’rsatdi.

Chunonchi, AQSH 1917-yilning fevral oyida Guantanamo, Santyago va boshqa muhim strategik obyektlarga o’z harbiy kuchlarini joylashtirdi. 1917-yilning iyul oyida qo’zg’olon bostirildi.

Shu tariqa, Kuba amalda AQSH tomonidan okkupatsiya qilindi va bu 1922-yilgacha davom etdi. Ayni paytda Kubaning AQSHga moliyaviy qaramligi tobora ortib bordi. Xususan, 1929-yilda AQSH ning Kubaga joylashtirgan sarmoyasi 1,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Uning 800 mln. dollari qand sanoatiga joylashtirildi.

1929-yilda ro’y bergan jahon iqtisodiy inqirozi Kuba iqtisodiyotini xonavayron qildi. Jahon iqtisodiy inqirozining bunday katta zarar keltirishiga Kuba iqtisodiyotining qand yakkahokimligiga ixtisoslashganligi va uning asosan AQSH bozoriga qaramligi sabab bo’ldi. Natijada Kubaning AQSHga eksporti keskin kamaydi. Masalan, bu eksport 1929-yilda 137,6 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 1932-yilda atigi 38 mln. dollar bo’ldi. Qand ishlab chiqarish esa 5,1 mln. tonnadan 1,9 mln. tonnaga tushib qoldi.

Korxonalarning sinishi Kuba tarixida misli ko’rilmagan darajaga yetdi. Ishsizlar soni 600 ming kishini tashkil etdi (4 mln. aholiga nisbatan). Bir so’z bilan aytganda, aholining turmushi keskin darajada pasaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashdi va 1930-yil noyabrda harbiy tartib o’rnatildi. Siyosiy kurashning oldingi safida talabalar bordilar. Bunga javoban hukumat 1931-yilda Gavana universitetini yopib qo’ydi. Hatto umumta'lim mak-tablari ham yopildi.

1933-yilda prezident X. Machado (1924—1933) o’z diktatorligini yana-da mustahkamlash maqsadida Kongressdan favqulodda vakolat olishga erishadi. Konstitutsiyaning amal qilishi 30 kunga to’xtatildi. Biroq bu choralar ko’zlangan natija bermadi va mamlakatda umumiy ish tashlash davom etdi.

Endi hukmron doiralar oldida ikki yoi turardi: yo xalq inqilobi, yoki , diktator Machadoni almashtirish. Ular ikkinchi yoini tanladilar va Machadoga qarshi harbiylar fitna uyushtirishdi. Ular 11-avgust kuni Machado oldiga 48 soat ichida mamlakatdan chiqib ketish talabini qo’ydilar. Shu tariqa, Machado iste'fosiga erishildi.

Kubaning AQSHdagi sobiq elchisi Karlos de Sespedes vaqtinchalik prezident deb eion qilindi. Machado va uning yaqinlari AQSHga jo’nab ketishga majbur boidilar. K. Sespedes hukumati mamlakatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Harbiylar ichida mamlakatda qattiq tartib o’rnatish tarafdorlari kuchayib bordi.

Ularga F. Batista rahbarlik qilardi. 1933-yil 5-sentabr kechasi F. Batista davlat to’ntarishini amalga oshirdi. U mamlakat harbiy kuchlari shtabining boshligi etib tayinlandi. Gavana universiteti professori San Martin prezidentlik lavozimini egallagan boisa-da, amalda hokimiyat F. Batista qoiida to’plandi.

Shunday boisa-da, S. Martin hukumati qator ijobiy tadbirlami amalga Slhirdi. Jumladan, 1901-yilda qabul qilingan reaksion xarakterdagi Kons-hiutsiyani bekor qildi. 8 soatlik ish kuni joriy etdi. Mehnat vazirligi tashkil riilili. Yashash joyi uchun toianadigan haq kamaytirildi. Ishchilar uchun ih haqi minimumi belgilandi. Gavana universitetining muxtor huquqi tiklandi.

Tashqi siyosatda esa awalgi hukumatning AQSH bilan tuzgan shart-Bomalari bajarilishi maium qilindi. Dekabr oyida S. Martin hukumati elektr | nergiya, gaz, telefondan foydalanganlik uchun toianadigan haqni 45 foizga I imaytirdi. 2 ta yirik kuba-amerika qand kompaniyasi ustidan davlat na-soratini o’rnatdi.

S. Martin hukumatining bunday qatiy xatti-harakatlari ichki va tashqi lirmoyadorlarni qattiq tashvishga solib qo’ydi. Ular F. Batistani qoilab-BUwatlay boshladilar.



1934-yilning 14-yanvarida F. Batista S. Martindan iste'fo berishni talab c 1111. 18-yanvar kuni polkovnik Mendteta Kubaning vaqtinchalik prezidenti ilrh o’lon qilindi. AQSH 26-yanvar kuni yangi prezident va uning hukumatini i.iii oldi. Yangi hukumat S. Martin amalga oshirgan tadbirlarning barini bekor qildi. Shu tariqa, mamlakafda AQSH manfaatiga xizmat qiluvchi 1 Batista diktaturasi toia qaror topdi.

Sliunday qilib, Lotin Amerikasi davlatlari o’ziga xos taraqqiyot yoiidan feorgan boisalar-da, AQSH va boshqa buyuk davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram boiib qoldilar. Lekin ularning jahon hamjamiyatidagi roli o’sdi. Bir qator ijtimoiy tadbirlar o’tkazildi.
Download 82,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish