Лойиха (Намуна)


-jadval Blokcheyn texnologiyasi asosida takomillashtirilgan biznes modellar



Download 2,66 Mb.
bet69/85
Sana31.12.2021
Hajmi2,66 Mb.
#275622
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85
Bog'liq
Axborot tizimlari MAJMUA

3-jadval

Blokcheyn texnologiyasi asosida takomillashtirilgan biznes modellar

Manba: Darija Salehar “Pattern Based Evaluation of Blockchain Technology as a catalyst for Business Model Innovation” 2017.

Jahon banki vakillarining ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyot o‘zi bilan birga iqtisodiyotning 50 foizdan ko‘proq sohalarini o‘zgartirishga olib keladi. Axborot texnologiyalari va platformalar yaratilishi biznes yuritish modellarini keskin o‘zgartiradi. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda yuqori tezlikdagi internetni 10 foizga oshirish YaIMning 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshishiga olib kelgan. 2010-yilda Boston Consulting Group kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, G20 mamlakatlarida raqamlashtirish 2,3 trln. dollar deb baholandi. Bu esa jahon YaIMning 4,1 foizini tashkil etgan. Kompaniya tomonidan berilgan ilmiy bashoratlarga ko‘ra, yaqin 10-15 yil ichida bu ko‘rsatkich 30-40 foizni tashkil etishi kerak.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda AKT sohasida bandlar umumiy bandlikning atigi 1 foizni tashkil etadi, taqqoslash o‘rnida shuni aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyali ish sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchilar 4,9% ekanligi ma’lum. Bu iqtisodiyotni raqamlashtirish natijasida vujudga keladigan jarayon hisoblanadi.

Ba’zi holatlarda raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy ahamiyatini belgilash elektron xizmatlar va ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish orqali belgilanadi. Albatta, bu holat joriy etilgan elektron xizmatlar an’anaviy holatdagidan ko‘ra qancha miqdorda tranzaksiya xarajatlarni qisqartirishi orqali belgilash mumkin. Ammo ko‘pgina iqtisodchilar aynan AKT sohasiga kiritilgan investitsiyalar orqali ularning iqtisodiy mohiyatini baholaydilar.

Yangi iqtisodiy texnologiyalar (YaIT) deganda, iqtisodiy agentlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida minimal darajada tranzaksiya xarajatlarini ta’minlovchi va mahsulot yoki xizmat yaratilishi jarayonida foydalaniladigan ma’lumotlani yaratish, uzatish, saqlash uchun zaruriy texnologiyalar hamda platformalarning umumiy tushunchasi aytiladi.

YaITning asosiy tamoyillari quyidagicha:

— mutlaqo yangicha biznes modellarini ishlab chiqish;

— iqtisodiyotning real sektorida tashkiliy-texnologik jarayonlarni va ularing uslublari va turli axborot kanallarini birlashtirish;

— ishlab chiqarishda moddiy resurslar sarfini hamda tranzaksiya xarajatlarini qisqartirish.

Yaqin iqtisodiy tarixga nazar tashlasak, ishlab chiqarishda savdo va moliyaviy texnologiyalar o‘z samarasini ko‘rsatgan bo‘lsa, zamonaviy iqtisodiy rivojlanish YaITga tayanishi tabiiy holatdir.

Ta’kidlab o‘tganimizdek, axborot oqimi oshishi natijasida uni saqlash, qayta ishlash va uzatish bir tomondan ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida yangi texnologiyalarni joriy etishni talab etsa, boshqa tomondan olingan ma’lumotlar tahlili natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda aholi va davlat organlari bilan “ko‘prik” vazifasini bajarishi shartlarini amalga oshirish kerak.

Raqamli iqtisodiyotga o‘tishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

— elektron hukumat tizimlarini amalga oshirish;

— barcha xizmatlar raqamlashtirilgan “Smart City” loyihasini amalga oshirish;

— biznes inkubatorlar va kovorking faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

— milliy internet savdo maydonlarini kengaytirish;

— AKT loyihalarini amalga oshirishda venchur moliyalashtirish tizimiga keng yo‘l ochish.

Sanab o‘tilgan omillar raqamli qitisodiyotda korxonalar faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, ishlab chiqarishda boshqaruv xarajatlarini qisqartirish, tovar va xizmatlarni elektron savdo maydonlari orqali sotish, raqobatni qo‘llashda innovatsiyalarga suyanish va uni venchur moliyalashtirish hamda aholiga piar qilishni nazarda tutadi.

Raqamli iqtisodiyotda biznes vakillarining zamonaviy muammolari nisbatan arzon, tezkor, qulay va yetkazib beruvchilarsiz o‘z yechimini topishi mumkin. Misol uchun, taksi buyurtma qilishda Uber, elektron savdo makonlari e-Buy, internet banklar va boshqalar orqali. Keltirilgan misollar marketingda tovarlarni yetkazib berishda dillerlar faoliyatini avtomatlashgan tizimlar (veb saytlar yoki mobil ilovalar) orqali o‘rni to‘ldiriladi. Natijada yetkazib beruvchilar tomonidan tovar tannarxiga qo‘shiladigan va ishlab chiqaruvchi tomonidan nazorat qilish mushkul bo‘lgan qo‘shilgan qiymat yoki tranzaksiya xarajatlarining bir qismi o‘z-o‘zidan qisqarib ketadi.

O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3- iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ belgilandi, kripto-aktivlar aylanmasi va uni tartibga solish masalalariga aniqlik kiritildi.

2018-2020 yillar uchun qabul qilinadigan «Blokcheyn» texnologiyalarini rivojlantirish dasturida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutish, 2021-yil 1-yanvardan boshlab «blokcheyn» texnologiyalarini davlat organlari faoliyatiga, jumladan, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni verifikatsiyalashda tatbiq etish, ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor bo‘lgan yirik tijorat tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan, biznes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3926-sonli hamda 2018-yil 2-sentabrdagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyot rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3927-sonli qarorlari ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish – raqobatbardoshlik va milliy taraqqiyot, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va aholining turmush farovonligi uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda mahalliy sanoat sektorlari orasida mahsulotlar va xizmatlar sohasining sanoat, hayot, biznes va jamiyat o‘rtasida iste’molchilarni rag‘batlantirish, motivatsiya, talab va ehtiyojlarini shakllantirishdan iborat.


Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish