1. Аdabiyotlar tahlili
Raqamli iqtisodiyotdagi biznes modellarini tavsiflash avvalida, ularning bazaviy metodoligiyasiga hisoblangan BMDI (Business Model Development & Implementation)ga qisqacha tarif berib o‘tamiz. BMDI – bu kreativ yondashuvga asoslangan kuchli, biroq texnologik nuqtai nazardan mustaqil bo‘lgan innovatsion biznes modeli hisoblanadi (Brown 2008).
Ushbu model asoschisi SAP bo‘lib, undan foydalanish maqsadi kelgusida biznes yuritish talablariga moslashishi va faoliyat jarayonini jadallashtirilgan ravishda o‘zgartirishga erishishdir (Doll and Eisert 2014). Raqamli biznesda ko‘plab muvafaqqiyatga erishgan kompaniyalar o‘zlarning biznes modellari asosi sifatida BMDIdan foydalanadi. Biroq ushbu modelning kamchiligi sifatida uning raqamli transformatsiyaga integratsiya qilinmaganida. Ammo, bu model boshqa yangi biznes modellarga fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.
Faith Shimba 2010-yilda “bulutli” hisoblash bo‘yicha olib borgan tadqiqotida ushbu iqtisodiy modelga ko‘ra endilikda tashkilotlar AKTni butunlay sotib olish va uni texnik tomondan qo‘llab-quvvatlashi shart emas, bulutli texnologiyalar yordamida barcha AKT resurslaridan foydalanganligi uchun to‘lov amalga oshirishi mumkin xolos.
Plummer va boshqalar ta’kidlashicha, “bulutli” hisoblash texnologiyasi ko‘plab tashqi mijozlar uchun Internet texnologiyalaridan xizmat sifatida foydalanish imkonini beruvchi katta masshtabga ega va elastik hisoblash stili deyiladi.
Sun va boshqalar (2012) buyumlar interneti texnologiyasi ekotizimi orqali amalga oshiriladigan biznesni an’anaviy biznes yuritish usuliga solishtirganda an’anaviy usul allaqachon o‘z dolzarbligini yo‘qotganligini ko‘rish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, buyumlar interneti texnologiyasi bozor shartlariga tezroq moslashishini ta’minlaydi.
Katta ma’lumotlar bugungi kunda iqtisodiyotning muhim funtsional elementlaridan biri sifatida rivojlanib bormoqda.
Ko‘plab xorijiy mamlakat ilmiy izlanuvchilari ma’ruzalarida va ilmiy maqolalarida (Brynjolfsson, Hitt, & Heekyung, 2011; Bulger, Taylor, & Schroeder, 2014; George, Haas, & Pentland, 2014; Manyika et al., 2011; Schroeck, Shockley, Smart, Romero-Morales, & Tufano, 2012; Taylor & Schroeder, 2014; Taylor, Schroeder, & Meyer, 2014; Thomas & McSharry, 2015) katta ma’lumotlar iqtisodiyotning barcha sohalarida rivojlanib borayotganligini ta’kidlaydi. So‘ngi paytlarda axborotdan foydalanish tobora kuchayib bormoqda, firmalar tomonidan olib borilayotgan axborot siyosatida va axborotlarni tartibga solishda ularga kelib tushayotgan axborotning umumiy holatini tasavvur qilish uchun katta ma’lumotlardan foydalanishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda.
Jahon iqtisodiy forumida blokcheynga shunday ta’rif berilgan: “Blokcheyn. Hech qachon juda ko‘p insonlar juda ozchilik tushungan texnologiyadan bunchalik ko‘p narsa izlamagan, Texnologiyaga bo‘lgan da’volarning eng muhimi jamiyatning muhim kalitlaridan biri — ishonchdir”.
Respublika oliy biznes va boshqaruv maktabi «Strategik va moliyaviy menejment» kafedrasi mudiri E.Xoshimov o‘z izlanishlarida to‘rtinchi sanoat inqilobiga o‘tish sharoitida korxonalar boshqaruvi samaradorligini oshirishning innovatsion yo‘nalishlari deya buyumlar interneti texnologiyalari, “bulutli” hisoblash texnologiyasi, katta ma’lumotlar va takomillashgan tahlil vositalarini sanab o‘tgan.
O‘rganilgan adabiyotlar orqali shuni ko‘rish mumkinki, zamonaviy biznes yuritishning platformalari bugungi kunda katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda, shu bilan birga, davlatlar o‘zining rivojlanish konsepsiyalarida ushbu tizimlarda foydalanish bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |