Bog'liq namangan shaxri 6-kichik tumanda kurilishi rejalashtirilgan savdo va maishiy xizmat kursatish shaxobchasini uz ichiga olgan 2 qavatli turar-joy binosi
Bo`ylama o`qqa tik yoriqlari bo`lgan kesim solqiligini hisoblash Solqilik doimiy va uzoq muddatli yuklamalarning me`yoriy qiymatlaridan aniqlanadi
chegaraviy solqilik quyidagicha topiladi
l0=581/200=2.91 sm
Cho`ziluvchi zonasida yoriqlari mavjudligini hisobga olgan holda , plitani solqiligini aniqlash uchun kerak bo`lgan kattaliklarni aniqlaymiz
doimiy va uzoq muddatli me`yoriy eguvchi moment M=31.17 kHˑm
yig`ma bo`ylam kuch barcha yo`qotishlarni hisobga olgan holdagi zo`riqishiga teng , bunda
γ=1 ; Ntot=p2= 160.89 kH;
Ekssentrisitet es,tot=M/Ntot= 160.89ˑ100/31.17=19.37 sm
Yuklamaning davomiy ta`siri uchun l=0.8;
m= 1.41>1 bo`lgani uchun m=1 qabul qilamiz
Yoriqlar oralig`idagi chiziluvchi armaturadagi deformatsiyaning notekisligini xarakterlovchi koeffitsient
=1.25-ϕ1ϕm- = 0.45<1
s= 0.45 qabul qilamiz
Egilishdagi salqilikni quyidagi formula asosida hisoblaymiz:
6.125ˑ10-5 sm-1 Bu yerda b=0.9; υ=1.5- yuklama davomiy ta`sir etganda .
Ab=(f+)bh0=bfhf=116ˑ3.8=440,8 sm2 Solqilikni quyidagi formula bilan hisoblaymiz
f= l02= 5812ˑ6,125ˑ10-5=2,15 sm <2,91 sm.
plita solqiligi chegaraviy solqilikdan kichikligi aniqlanadi.
Atisesymik chora tadbirlar Loyixalanayotgan binoni seysmik mustaxkamligini oshirishga qaratilgan quyidagi asosiy konstruktiv choralar ishlab chiqilgan.
Bino peremetri bo`ylab joylashgan xonalarning orayopma va tom yopma panellarning o`zaro siljishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida shponga xosil qilinadi;buning uchun panellarning yon qismida qoldirilgan o`yiq joy (paz) larga sement qorishma qo`yiladi. panellar orasidagi choklarda xosil bo`ladigan qirquvchi kuchlarni anashu shponkalar o`ziga qabul qiladi.
Bundan tashqari bo`ylama kuchlarni qabul qilish uchun panel tekisligida yaxlitliknu taminlovchi temir-beton bog`lama (obvyazka)ishlanadi. Yopma panellari bog`lama bilan armatura ilmoqlari yordamida biriktiriladi. Temir –beton bog`lamalari bor yerda panellar orasiga bog`lagich qo`ymasi xam bo`ladi.
G`isht devorli binolarda bo`ylama va ko`ndalang devorlarning tutashuv yerlari noik joy xisoblanadi. Ikki yo`nalishdagi devorlarni bir- biridan ajratishga intiluvchi zo`riqishlar shu yerga to`planadi. Ikki yo`nalishdagi devorlarning bog`lanishini kuchaytirish maqsadida tutashuv yerlaridagi gorizantal choklarga sim to`r yotqiziladi.. sim to`rlarning uzunligi 1.5-2.0 m bo`lib qurilish maydonchasi 8 balli seysmik xudud bo`lgani uchun devor balandligi bo`ylab xar 50 sm da joylashtiriladi.
Devorlarni o`zaro birikuvini mustaxkamlash maqsadida sim to`rlardan tashqari temir-beton antiseysmik kamarlardan foydalaniladi. Binoda antiseysmik kamarlar barcha bo`ylama va ko`ndalang (ichki va tashqi) devorlar bo`ylab o`tkazilib ,xar bir qavatning shipi balandligida yotqiziladi;devor va yopmalar bilan chambarchas bog`lanib,yagona yopiq sistema tashkil etadi. Antiseysmik kamarlar devorlarning o`zaro bog`lanishini mustaxkamlaydi ; devorlarning o`z tekisligidagi pishishiqligini oshiradi ; yopmalarning bikirligi va monolitning ortishini taminlaydi.
Kamarlarga uzunasiga butun peremetr bo`ylab armature yotqiziladi va xar 25-40 sm da diametri 4-6 mm bo`lgan po`lat xomut bog`lanadi . armature sifatida A-1 sinfli po`lat ishlatilib ,ularning diametric 10 mm dan kam bo`lmasligi lozim. Yotqiziladigan betonning sinfi B 12.5 dan kam bo`lmasligi kerak. Burchaklarda va kesishuv yerlarida qo`yilgan sim to`r mustaxkamlikni ta`minlay olmasa,qiya stejenlar qo`yish tavsiya etiladi. Kamarlarning kengligi devorlarning eni bilan baravar olinadi. Kamarning balandligi 15 sm dan past bo`lmasligi kerak.binolarning eni yuqori qavatining tomi satxida o`rnatiladigan kamarlarning ustida bosib turadigan yuk bo`lmaganligi sababli yer qimirlaganda kamar o`rnidan siljishi mumkin. Buning oldini olish uchun devorning uzunasiga xar 50 sm da kamardan yuqori va pastga 25-30 sm uzunlikda armatura chiqarib.
1>