davlat fuqarolik xizmati
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat organlaridagi davlat
fuqarlik lavozimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan hamda haq
to‘lanadigan kasbiy faoliyatini nazarda tutuvchi davlat xizmatining bir turi;
davlat maxsus xizmati
– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi harbiy va huquqni
muhofaza qiluvchi hamda sud organlaridagi yuklatilgan vazifa
va funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan hamda haq to‘lanadigan kasbiy faoliyatini nazarda tutuvchi
davlat xizmatining bir turi;
davlat xizmatchisining shaxsiy manfaati
– davlat xizmatchisi tomonidan o‘z xizmat
vazifalarini bajarishda uning yaqin qarindoshi, unga aloqador bo‘lgan tijorat tashkilotlarining vakillari
yoki aksiyadorlari tomonidan davlat xizmatchisining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada
bajarishiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa
mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olishi;
davlat xizmatchilarining odob-axloqi
– davlat xizmatchilari egallab turgan davlat lavozimidan
qat’iy nazar rioya qilishi shart bo‘lgan kasbiy xizmat odob-axloq normalari, prinsiplari va qoidalari
hamda xulq-atvorlarning umumiy yig‘indisi;
ish jarayonidagi mehmondo
‘
stlik belgilari
– davlat xizmatchilarining ish faoliyati davomida
boshqa shaxslar tomonidan ularning manfaatida tushlik, kechki ovqatlanish, transport, istiqomat qilish va
boshqa xarajatlarni qoplash bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirilishi;
manfaatlar to
‘
qnashuvi
– qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan lavozimni egallab turgan
shaxsning bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaati mansab (xizmat) majburiyatlarini ob’yektiv va xolis
bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy
manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy
manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
mahalliychilik
– shaxsning biror-bir hududga mansubligiga asosan unga turli imtiyozlar berish
yoki boshqa shaxslarga nisbatan unga asossiz ustuvorlik berish. Bunda, davlat xizmatchisi tomonidan u
mansub bo‘lgan hududiy birlik vakillariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, ularni boshqa hudud
fuqarolaridan ustun qo‘yish, boshqalarini mensimaslik va ularga ishonmaslik ko‘rinishida namoyon
bo‘ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |