Logoritmik mashg’ulotlarning vazifasi. Logoritmikaning nutq apparatini rivojlantirish jarayonidagi o’rni



Download 108,76 Kb.
bet5/14
Sana31.01.2022
Hajmi108,76 Kb.
#420660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
402 Logo Berdiqulova Sevara kurs ishi

Musobaqali – ishlov berilgan harakatlanuvchan malakalarni, jamoatchilik tuyg‘usini takomillashtirishda foydalaniladi. Tо‘g‘ri rahbarlik qilinganda musobaqalardan harakatlanuvchan malakalarni takomillashtirish, shaxsning ma’naviy-irodaviy tarbiyalash uchun tarbiya vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Amaliy usulga taalluqli yо‘llar aniqlik (kо‘rgazmalilik) va sо‘z bilan bog‘liq. Pedagog ta’limning butun jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuni, tuzilmasi bilan mos ravishda reglamentga soladi. U mashqlarni, harakatli о‘yinlarda alohida rollarni, olib boruvchining rolini namoyish qiladi, vazifalarni yaxshi va juda tо‘g‘ri bajarayotganini kо‘rsatadi, sudya, komanda kapitani rolida chiqadi.
Mashg‘ulotlar oldinga qaratilgan tarzda о‘tkaziladi, pedagog tanish bо‘lgan mashqlarni takomillashtirish uchun guruhlarga bо‘ladi va mustaqil harakat qilishni taklif etadi, ijodiy izlanishga rag‘batlantiradi. Masalan, musiqa xarakterining о‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda mashqlarni qanday о‘zgartirish, boshqa qoidalar bilan harakatlanuvchan o‘yinlarni olib borish, о‘yinlar variantlarini tuzish, yangilarini о‘ylab topish.
Psixomotor rivojlanishi nisbatan meyorda bо‘lgan bola bir necha bosqichni о‘taydi. Psixomotor rivojlanish predmetlar bilan maxsus bо‘lmagan manipulyatsiyadan boshlanadi va maqsadli yо‘naltirilgan, rejalashtirilgan anglash hamda harakat yordamida haqqoniylikning bunyodga kelishi deb tushuniluvchi aqlli, anglangan faoliyatgacha davom etadi. Anglangan faoliyat shaxsiy tajribada bilib olgan predmetlar va kо‘rinishlarning muayyan miqdoriga, motorikani takomillashtirmaydigan va atrofdagi borliq kо‘rinishlari aro sabab-oqibatli aloqalarni bilishga tayanadi. Shaxsning psixomotor rivojlanishi jarayonida ongli faoliyatga bolalar rivojlanishi va faoliyatini takomillashtiruvchi ikkinchi signal tizimi qо‘shiladi.
Har bir harakat ma’lum bir ritmda sodir etiladi. Ritm (ohang) tushunchasi keng qamrovga ega va she’rga, proza, yurak, nafas olish, tabiat, ish va h.k. larga nisbatan qо‘llaniladi. Ritm universal kosmik kategoriya sifatida ham yuzaga chiqadi. «Makon va vaqt mangu ritm qonuniga bо‘ysunuvchi materiya bilan tо‘ldirilgan”, – deb yozgandi E.Jak-Dalkroz.
Ritmning barcha kо‘rinishlariga mos tushadigan ta’rifini topish mushkul. “Ritm” tushunchasi kо‘pincha kо‘rinishlarning vaqtda almashinishi xususiyatlari bilan bog‘liq, biroq maqom san’ati – balet, rassomlik, haykaltaroshlik, arxitekturaga nisbatan “makon ritmi” haqida ham gapirish mumkin.
Ritmning asosiy belgisini birmuncha kamroq yoki kо‘proq takrorlashning qat’iy davriyligida kо‘rish qabul qilingan. Biroq ba’zi san’atlarda, ya’ni “ritm” tushunchasi birmuncha yuqori rol о‘ynaydigan joyda bu belgi yо‘q bо‘lishi mumkin, masalan, spektakl, prozaritmi, ba’zida musiqa ritmi takrorlanishning davriyligi bilan xarakterlanmaydi.
Ritm kо‘p narsani о‘z ichiga oladigan tushuncha sifatida faqat bitta, noaniq belgisi bilan farqlanadi: bu predmetlar, kо‘rinishlar, jarayonlarning vaqtinchalik yoki makoniy tartibi.Psixolog B.M.Teplov ritm ba’zi bir muayyan jarayonni vaqtda tashkil etish deb hisoblaydi. Ritm bir birining ketidan keluvchi u yoki bu guruh vaqt qatorining ba’zi bо‘linishlarini zaruriy shart sifatida kо‘zda tutadi. Ritm haqida faqatgina birtekisda ketma-ket keluvchi qо‘zg‘atuvchilarning ma’lum bir guruhlarga bо‘linganidagina gapirishimiz mumkin, shu bilan birga, guruhlar bir xil (2-3 a’zodanvah.k.) yoki bir xil bо‘lmasligi ham mumkin. Biroq har qanday guruh va vaqt qatorining bо‘linish ham ritmni hosil qilmaydi. Ritmik guruhning, albatta, umuman ritmning majburiy sharti urg‘uning mavjudligi, ya’ni birmuncha kuchli va qandaydir ajralib turadigan qо‘zg‘atuvchiga munosabat hisoblanadi. Urg‘usiz ritm yо‘q. Shunday qilib, ritm urg‘u atrofida birlashuvchi guruhlarda qо‘zg‘atuvchining vaqtinchalik ketma-ketligidagi qonuniy bо‘linmasidir.
Ritmni psixologik va pedagogik fanlar nuqtai nazaridan aniqlash mumkin. Psixologik aspektdaritm – bu metroritm yoki shu sо‘zni keng olganda ritmika. Masalan, metronomni tinglab odam bir xil ovozlar ketma-ketligini guruhlarga bо‘ladi, bunda u alohida tovushlarga urg‘u beradi, ya’ni ularni birmuncha baland ovozlarga ajratadi. О‘ziga xos “ritmni boshdan kechirish” yoki subyektiv ritmikalashtirish tug‘iladi. Subyekti ritmikalashtirishni sekinlatishning chegarasiBolton bо‘yicha (1894) – birdaqiqada 38 taudar, Setsonbо‘yicha – daqiqasiga 40-20 udar, subyektiv ritmikalashtirishning tezligi chegarasi Bolton bо‘yicha – bir daqiqada 520 taudar, Setson bо‘yicha – daqiqasiga 240-280 udar. Subyekti ritmikalashtirish uchun birmuncha qulay tezlik daqiqasiga 100 udardan 200 udargachani tashkil etadi. Subyektiv ritmikalashtirishaga tezlik 30 dan kam va daqiqasiga 500 udardan kо‘p bо‘lsa boshlanmaydi.
Pedagogika spektda ritmika (grekcha rhythmikos sо‘zi ritmga taalluqli, ravon, bir me’yordag kabi ma’nolarni beradi) – bu harakatning musiqa bilan bog‘liqlikda qurilgan jismoniy mashqlar tizimi. Ritmika, ayniqsa, bola yoshida jismoniy va badiiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. U bolalarning uyg‘unlashgan jismoniy rivojlanishiga, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, harakat aniqligining rivojlanishiga yordamlashadi, bolalarni musiqa, raqs, qо‘shiq bilan tanishtiradi, harakatda musiqiy asarning xarakteri va jadalligini aks ettirishga о‘rgatadi. Ritmika mashg‘ulotlarida sakrash, о‘yinli mashqlar, yugurish, badiiy gimnastika elementlari, raqsli va imitatsiyali harakatlardan foydalaniladi.
Ritm hissi о‘z asosida motorli, faol tabiatga ega va motorli reaksiya bilan olib boriladi. Bu reaksiyalarning mohiyati ritmni his qilishda kо‘p obrazlik inestetik hislarni uyg‘otishdan iborat. Bu til, miya, jag‘, oyoq barmoqlari muskullarining qisqarishi, hiqildoq, miya, kо‘krak qafasi va qо‘l-oyoqda vujudga keladigan kuchlanish, bosh va nafas muskulaturasining boshlang‘ich qisqarishi va nihoyat, organning makoniy holatini о‘zgarishsiz kuchlanish va bо‘shashish fazalarining almashinuvini chaqiruvchi bir-biriga qarama-qarshi (bukuvchi va rostlovchi) muskullarning bir vaqtni о‘zida rag‘batlantirilishidir.
Birmuncha faol motor reaksiyalari urg‘uni anglashda kо‘zga tashlanadi. Bunda harakat haqqoniy va faraz qilingan bо‘lishi mumkin. Haqqoniy harakatla r boshlang‘ich va tо‘liq sifatida namoyon bо‘ladi. Boshlang‘ich harakatlar tovush burmasidagi va tovush apparatining yordamchi qismlari, shuningdek, barmoq muskullari, lab va boshqa muskullar boshqarish oqibatida yuzaga keladi.
Boshlang‘ichda bо‘lgani kabi tо‘liq harakathamanglanmagan bо‘ladi: odam о‘zi sezmagan holda oyog‘I yoki qо‘li bilan chertib maqomga soladi. Faraz qilingan harakat tashqi tomondan kо‘rinmaydi, eshituvchi uni hayolan tasavvur qiladi.
E.Jak-Dalkrozning tasdiqlashicha, har qanday ritm harakat demakdir va ritm hissining vujudga kelishi hamda rivojlanishida bizning butun vujudimiz ishtirok etadi. U ritmni badanda his qilmay turib musiqiy ritmni qabul qilish mumkin emas, deb hisoblaydi. Musiqa doimo hissiy mazmunni ifodalaydi, ritm esa musiqaning ta’sirli vositalaridan biri hisoblanadi. Albatta, musiqiy ritm ham ba’zi bir hissiy mazmunni ifodalash hisoblanadi va motorli hamda hissiy tabiatga ega. Musiqasiz musiqiy ritm tuyg‘usi tug‘ilishi ham, rivojlanishi ham mumkin emas.
Ritmli tuyg‘u musiqiy-ritmli deb nomlanuvchi musiqiy ritmni tushunish bilan bog‘liq musiqani faol boshdan kechirish va vaqtinchalik musiqiy harakatni hissiy ifodalashni nozik his qilish qobiliyati sifatida xarakterlanadi.
Musiqiy-ritmik tuyg‘uni rivojlantirish asosida shaxsni musiqa va ritm ta’sir etishi yо‘li bilan shakllanishiga kо‘maklashuvchi musiqiy-ritmik tarbiya quriladi.
Shunday qilib, musiqiy asarlar mavzulari, musiqiy о‘yinlar, xorovodlarning turli-tumanligi natijasida bolalarning bilim qobiliyati, iroda sifatlari, hissiy muhitlari rivojlanadi. Musiqiy-ritmik tarbiyaning mazmuni qо‘shiq, о‘yin, ritmik mehnatli jarayon, bayramlar hisoblanadi.Musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarda kо‘pincha mashg‘ulotdan tashqarida ham о‘tkazilishi mumkin bо‘lgan harakatli о‘yinlardan foydalaniladi. Ritmni his qilish obyektiv ritmning subyekti va sifatida tug‘ildi va mazmuniy faoliyat jarayonida rivojlandi, shuning uchun uni umuman rivojlantirish mumkin emas. Bunda inson faoliyatining xarakteridan kelib chiqish zarur. Savol tug‘iladi: ritm tuyg‘usi haqida umuman qandaydir psixik reallik sifatida gapirish mumkinmi? Mumkin. Biroq bunda qator aniq ritmik qobiliyatni rivojlantirish natijasini ularni о‘zicha umumlashtirishda deb tushunish kerak, bu rivojlanish uchun shart sifatida emas. Bu savolda E.Jak-Dalkroz ritmni avval mustaqil mohiyat sifatida tarbiyalash kerak, undan keyin shu asosda musiqiy, poetik ritmni, harakat ritmini va h.k. larni deb hisoblab yanglishdi.
Harakat inson organizmiga qadimdan, hali tibbiyot endi kо‘z ocha boshlayotgan davrda profilaktik va davolash vositasi sifatida energiya ta’sirining natijasi kabi qо‘llanildi.
Harakat vositasida davolash uning hamma turlari va shakllarini davolovchi omil sifatida foydalanishni kо‘zlaydi. Bolgar olimlari L.Bonev, P.Slinchev, St.Bankov terapiyaning ushbu turini ta’riflash uchun harakatning turli shakllarini, harakat faolligi va insonning tabiiy motorli funksiyalarini qо‘llashda birmuncha umumiy ta’rif sifatida “kinezi terapiya” atamasini qо‘llashni taklif qiladilar. Kinezi terapiya ular tomonidan nomaxsus ta’sir etuvchi terapevtik omil guruhiga kiritiladi.Harakatning turlicha shakllari va vositalari organizmning umumiy reaktivligini о‘zgartiradi, uning о‘ziga xos bо‘lmagan mustahkamligini oshiradi, kasallik natijasida tug‘iluvchi patologik dinamik stereotiplarni barbod qiladi va zaruriy moslashuvni ta’minlovchi yangilarini yaratadi.
Davolash ritmikasi kineziterapiyaning qismi hisoblanadi. Uning vazifasi musiqa ostida jismoniy mashqlar tizimi yordamida ritm tuyg‘usini rivojlantirish va uni davolash-korreksion maqsadda foydalanishdan iborat. Logopedik ritmika uning tarkibiy bо‘g‘ini hisoblanadi.
E.Kilinska-Evertovska logoritmikani keng ma’noda korreksion logopediya ehtiyoji uchun musiqiy-harakatlanuvchan mashqlar tizimi sifatida ta’riflaydi. Logoritmika, о‘zining tashkiliy tizimiga qaramasdan, logopedik mashg‘ulot tizimining faqat tо‘ldiruvchisi hisoblanadi, chunki logoritmik mashqlar doimo logopediya maqsadlariga bо‘ysunadi. A.Rozental logoritmikani sо‘zni qо‘llagan holda musiqiy ritm uyg‘unligiga tayanuvchi nutq korreksiyasining yangi usuli deb hisoblaydi.
Ritmik va logoritmik ta’sirning odamlarga ahamiyatini kо‘plab tadqiqotchilar ta’kidlaganlar. V.M.Bexterev ritmik tarbiyaning quyidagi maqsadlarini ajratadi: ritmikreflekslarnianiqlash, bola organizmini muayyan qо‘zg‘atuvchilarga (eshitish va kо‘rish) javob qilishga kо‘niktirish, bolaningasab tizimi faoliyatida muvozanatni о‘rnatish, о‘ta hayajonlangan bolalarni tinchlantirish va tormozlangan (rivojlanishda kechikkan) bolalarni harakatga solishni tо‘g‘ri va ortiqcha harakatlarni boshqarish. V.A.Gilyarovskiy logopedik ritmika umumiy tonus, motorika, kayfiyatgata’sir kо‘rsatishini yozadi. U markaziy asab tizimidagi jarayonlarni faollashtirishga kо‘maklashadi.

Download 108,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish