Logopedik texnologiya fаnidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 5,58 Mb.
bet20/70
Sana18.02.2022
Hajmi5,58 Mb.
#455153
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
Bog'liq
Texnologiya (3)

Nutqsiz nuqsonlar analizi

  • Chaqaloq qichqirig‘iniing zaifligi yoki yо‘qligi (afoniya)

  • Emish jarayonining buzilishi, yutinish.

  • Yuzaki nafas olish turining kuzatilishi

  • Nutqsiz reflekslarning kuzatilmasligi.

  • Yuzdagi assimetriyalar.

  • Pastki labning osilishi. Buning natijasida bola kо‘krakni olib ema olmaydi.

  • Ovoz reaksiyalarning yaxshi rivojlanmaganligi.

  • Ilk sо‘zlarning( lepit) kechikib rivojlanishi.

  • Bola uzoq vaqt chaynay olmaydi, tishlay olmaydi, idishdan icha olmaydi, bola yutinish vaqtida kо‘p tiqiladi.

  • Tug‘ma nuqsonlarning bо‘lishi, artikulyatsion nutqga ta’siri.

Nutq kamchiliklar analizi
A) artikulyatsion motorikani holati:

  • Tinch holatda.

  • Mimik harakatlar holatida.

  • Umumiy harakatlarda, asosan artikulyatsion harakatda.

Harakatlarning о‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi:

  • Temp

  • Bir holatdan ikkinchi holatga tо‘ri о‘tishi.

  • Charchash holati.

  • Aniqlik.

  • Harakatlarni bajarilishi.

  • Nutq mushaklari va mushaklar tonusining holati.

B) bolaning umumiy motorika holatidagi harakatlar va unda kuzatiladigan kamchiliklar.
V)talaffuzdagi nuqsonlar

  • Kommunikativ material xarakteri.

  • Talaffuzning tezligi

  • Muloqat holati.

  • Tovushlar talaffuzi va boshqalarning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarga aniqlik kiritish.

  • Bolalarda turli xil tovushlarga eshitib farqlash.

Tovushlar talaffuzini о‘rganishda tovush analizi va eshitish idrokiga alohida e’tibor beriladi.

3.Logoped rinolaliya nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalarni tekshirish vaqtida quyidagilar inobatga olinadi:


1) yumshoq tanglayning yutinish holati.
2) yumshoq va qattiq tanglayning holati.
3)tanglayning uzunligi
4) orqa tomoq devorining holati(aktiv, passiv, funksional)
5)jag‘larda nuqsonlarning kuzatilish.
6)artikulyatsion nutq apparati xususiyatlari
7)mimik harakatlarning xususiyatlari.
Ushbu logopedik tekshirishlar operatsiyadan oldin yoki operatsiyadan sо‘ng ham inobatga olinadi.
Rinolaliyada nutq kechikib rivojlanadi, ya’ni birinchi sо‘zlar ikki yoshda va undan keyin paydo bо‘ladi. Nutq о‘ziga xos sifatli xususiyatlarga ega bо‘ladi. Impressiv nutq nisbatan normal rivojlanadi, ekspressiv nutqda ahamiyatli о‘zgarishlar bо‘ladi. Birinchi navbatda bemorlar nutqini kam tushunarliligini ta’kidlash zarur. Og‘iz bо‘shlig‘ida tilning nuqsonli holati natijasida undosh tovushlar til uchi holatini о‘zgarishi va yuz muskullarining ortiqcha faollashuvi hisobiga hosil bо‘ladi. Til uchi holatini bu kabi о‘zgarishlar nisbatan doimiy bо‘lib, ma’lum bir tovushlarning artikulyatsiyasi bilan о‘zaro munosbatda bо‘ladi.
Rinolaliyada tovushlar talaffuzi yalpi (total) buzilgan bо‘ladi. Bemorlarda nuqson mavjudligini mustaqil anglash odatda bо‘lmaydi yoki tanqidiylik kо‘zi bilan qarash pasaygan bо‘ladi. Nutqning magnit yozuvlarini eshitib chiqish bemorlarni jiddiy logopedik mashg‘ulotlarga stimullashtiradi.
Rinolaliyada nutq faoliyati strukturasida fonetiko-fonematik tizim nuqsoni buzilishning asosiy, yetakchi zvenosi bо‘lib hisoblanadi. Nutqni fonetik jihatdan jihozlashni buzilishi birlamchi bо‘lib hisoblanib, u nutqning leksik-grammatik tuzumining shakllanishiga birmuncha ta’sir qiladi, lekin chuqur sifat о‘zgarishlari odatda rinolaliyaning boshqa nutq buzilishlari bilan birga kelishida kuzatiladi.
Rinolaliyada nutqning tо‘liq bо‘lmaganligi bemorning barcha psixik funksiyalarini shakllanishiga va birinchi navbatda shaxsning kamol topishiga ta’sir qiladi. Kommunikatsiya vositasi sifatida nutqning buzilishi bemorlarning kollektivdagi holatini qiyinlashtiradi. Kо‘pincha kollektiv bilan ularning muloqoti bir tomonlama bо‘ladi, aloqa natijasi esa bemorlarga katta zarba beradi. Bolalarda uyalish, ta’sirlanuvchanlik, odamlarga aralashmaslik rivojlanadi.
Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishi natijasida sur’at ohangining buzilishidir.
Dizartriya – nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervatsiyasidagi yetishmovchilik bilan bog‘liq holdagi buzulishdir.
Rinolaliya – tovush tembri va talaffuzning nutq apparatidagi anatomik fiziologik nuqsonlar bilan bog‘liq holdagi buzulishdir.



Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish