signali bo‘yicha “qovoq arilar” yelkalariga yotadilar va “panjalarini” tez silkitadilar,
“qo‘ng‘izlar” yotgan “qovoq arilar” atrofida “uchishni” davom ettiradilar.
Pedagogning “j-j” signaliga “qo‘ng‘izlar” yelkalariga yotadilar va “panjalarini”
silkitadilar, “qovoq arilar” esa ular atrofida “uchadilar”.
Komandalarning almashuvi
bir necha marta qaytariladi. “Qovoq ari va qo‘ng‘izlar” qaytadan boshlangan musiqa
ostida yaylovdan “uchib ketadilar”.
Artikulyatsion motorikani rivojlantiruvchi o‘yinlar
Surnaycha-surnay
Bolalar stullarda o‘tiradilar, ularning qarshisida qo‘lida o‘yinchoq surnay
bilan bir bola o‘tiradi. Bolalar shoshmasdan ashula aytadilar:
sh ye ‘ r m a t n i
Bola lablarini oldinga cho‘zib, surnaycha chalayotganday qilib o‘xshatadilar:
«Du-du-du!». Bolalar o‘zlariga tanish harakatlardan foydalanib raqsga tushadilar.
Pedagog: «Surnaycha
boshqa chalinmaydi, Kolya bolalarni quvib ketdi» - deydi.
Bolalar qochib ketadilar, yetaklovchi kimnidir
tutishga harakat qiladi, u tutib olgan
bola esa yetaklovchining o‘rniga turadi va o‘yin qaytariladi.
Toychoqlar
Bolalar kolonna bo‘lib turadilar. Ular toychoqlar. Musiqa yangraydi,
hamma bir-birini
ketidan yuradi. Bolalar tuyoqlarning taraq-turuqiga taqlid qilib, musiqadagi urg‘uga tillarini
taqillatishadi. Musiqa tugaydi. Toychoqlar to‘xtaydilar. Pedagogning taklifiga ko‘ra: «Kimning
toychog‘i tuyoqlari bilan zo‘r taqillatadi?» – bolalardan ikkitasi bir-birining qarshisiga yurib
tillari bilan qirsillatadilar. Qolganlar eshitadilar.
Fiziologik nafas olishni rivojlantiruvchi o‘yinlar
13
Gullar
Bolalar qo‘llari tushirilgan, doira bo‘lib turadilar. 1-2-taktlar: o‘ng qo‘lni
ohista qo‘taradilar, qo‘l panjasi ozgina orqada qoladi (birinchi
bahorgi gul paydo
bo‘ladi, o‘sishni boshlaydi). Bolalar ko‘zlari bilan gulning o‘sishini kuzatadilar: nafas
olinadi, qo‘llar tushiriladi – nafas chiqariladi. 3-4-taktlar: chap qo‘lni ohista
ko‘taradilar (ikkinchi gul o‘sishni boshlaydi): nafas olinadi, qo‘llar tushiriladi – nafas
13
Бу ўйинларни қўл, гавда ҳаракатлари билан биргаликда олиб бориш фойдалидир.
chiqariladi. 5-takt: o‘ng qo‘lni ohista yon tomonga oladilar (birinchi
gulning
g‘unchasi ochiladi): nafas olinadi, qo‘llar tushiriladi – nafas chiqariladi. 6-takt: chap
qo‘lni ohista yon tomonga oladilar (ikkinchi gul ochiladi): nafas olinadi, qo‘llar
tushiriladi – nafas chiqariladi. 7-8-taktlar: qo‘llarni ohista ko‘taradilar,
tepaga
intiladilalr (gullar quyoshga intiladi): nafas olinadi, qo‘llar gavda bo‘ylab tushiriladi –
nafas chiqariladi. 9-16-taktlar: qo‘llarni sekin chapga-o‘ngga qimirlatishni
boshlaydilar, keyin qatiqqroq, tana bilan (oldin yengil shamol esadi, keyin
esa qattiq
shamol turadi). Bir vaqtning o‘zida lablarini oldinga cho‘zib shamol esishiga taqlid
qiladilar. 17-18- taktlar: qo‘llar ohista tushiriladi (gullar yerga engashdi).
Do'stlaringiz bilan baham: