Logopedik ritmika



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

1.
 
TURLI YO‘NALIShLARDA YuRISh VA 
HARBIYChA YuRISh 
Logopedik ritmikaning bu vositasini V.A.Griner “kirish mashqlari” deb 
ataydi. Ular bolalarni doira bo‘yicha bir o‘zi, juft bo‘lib va guruh bilan yurish, turli 
predmetlarni aylanib o‘tish, ro‘paradan yurish vaqtida to‘qnashmaslik, berilgan 
yo‘nalishga amal qilish, mo‘ljal bo‘yicha harakatlanish, yurayotganlar orasida 
masofani saqlash, shuning saf, chiziq, kolonna va h.k. tuzishning boshlang‘ich 
ko‘nikmasiga o‘rgatadi. Bola makon va jamoada, harakatning o‘ng-chap tomonli 
yo‘nalishida, aylanishlar, yelka orqaga, chehra bilan markazga harbiycha yurish va 
h.k. larda mo‘ljal olishni o‘rganadi. Harakatning makoniy tavsifnomasi dastlabki 
holat, harakatda vujud va uning qismlari holati, harakat traektoriyasidan iborat. 
Mashg‘ulotning boshidan boshlab kirish mashqlari harakat va nutqning turli-
tuman tempiga ko‘rsatma beradi, shuning uchun bola (katta) lar diqqatini musiqaning 
boshqaruvchi roliga yo‘naltirish lozim. 
Yurish har bir mashg‘ulotga kiritiladi. U harakatning tabiiy ko‘rinishi 
hisoblanadi va shu bilan birgalikda, muvofiqlashuvi bo‘yicha yetarlicha murakkabdir. 
Nutqida buzilishi bo‘lgan bolalar, ayniqsa, kichik yoshda (4-5 yoshgacha) yurish 
paytida harakatlarni muvofiqlashtirishda orqada qolish bilinadi. Ular oyoqlarni keng 
qo‘yadilar, ularni shiqirlatadilar, yurishda noturg‘unlik, harakatlarning sekinlashishi 
kuzatiladi. Birinchi mashg‘ulotdanoq pedagog bolalarda mustahkamlikni, oyoqlarni 
yon tomonga chayqalishni kamaytirgan holda o‘rta chiziqqa yaqinroq qo‘yish 
ko‘nikmasini, yurishda oyoqlarni ko‘tarishni shakllantirishni boshlaydi. Buning 
uchun predmetlar: tayoq, yo‘g‘on arqon, kubiklar, zinalarning yupqa, ingichka 
taxtachalari va h.k. lardan sakrab o‘tish bo‘yicha mashqlardan foydalaniladi. 
Mustahkamlik mashqlari amaliy hayotda zarur bo‘lgan predmetlararo yurishni 


mo‘ljalga qaratilgan holda tarbiyalashga imkon beradi. Mashg‘ulotlarda yurishning 
quyidagi ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin
4


ikkita yo‘g‘on arqonda belgilangan yo‘lak bo‘yicha alohida; 

guruh bilan; 

zalning qarama-qarshi devorlariga baraban sadosi ostida guruh bilan 

zal bo‘ylab guruh bilan; 

doira bo‘yicha yotqizilgan yo‘g‘on arqon bo‘ylab “to‘da bo‘lib”: bolalar 
baraban (yoki marsh tovushi) ning aniq, siyrak zarblari ostida boradilar, to‘xtagach 
yuzlari doiraga qarab buriladi va yo‘g‘on arqonni olib tashlaydilar; 

zalning qarama-qarshi devoriga guruh bilan zalga ko‘ndalang qo‘yilgan 
yo‘g‘on arqondan hatlab o‘tish bilan; 

doira bo‘yicha yo‘g‘on arqon bo‘ylab birining ketidan boshqasi (bu 
bolalarni kolonnada bittadan yurishga tayyorlaydi); 

chap qo‘li bilan arqondan tutgancha birining ketidan boshqasi. Baraban 
tovushi ostida pedagog (keyin bola) bolalarning doira bo‘yicha olib boradi, harakatlar 
tovushlar bilan uzatiladi [“u-u-u”]; 

qo‘llarini ushlagancha birining ketidan boshqasi. Bolalar shu tarzda 
chapdan o‘ngga yurishda doira ichida biroz qayrilgancha, har bir bolaning o‘ng qo‘li 
oldida, chap qo‘lini orqasidan kelayotganga uzatgan holda ulanadilar; 

polga yotqizilgan doska bo‘yicha. Doskadan sakrab tushish oyoq uchida, 
yumshoq bajariladi; 

doira bo‘yicha to‘xtash bilan birining ketidan boshqasi. Bolalar pedagog 
ortidan tovushli signalga (baraban, hisob va h.k. ostida) qat’iy muvofiq holda 
boradilar. Yurishning vaqtinchalik bo‘linishi shug‘ullanuvchilar tovushka reaksiya 
qilishlari uchun turlicha bo‘lishi kerak; 

birining ketidan boshqasi qo‘lida bayroq tutgan holda. Bolalar qadamlar 
taktiga bayroqlarni erkin va keng silkitadilar; 

qo‘li bilan arqonni tutgancha, yo‘nalishni o‘zgartirib, birining ketidan 
boshqasi. Pedagog yo‘nalishni o‘zgartirish bilan bolalarning burilishi ravon, sokin, 
yurish tempi esa sekin bo‘lishiga e’tibor qiladi; 

kubiklar orqali hatlash bilan. Besh yoki oltita kubik bir biridan 35-40 sm. 
masofada qo‘yiladi. Bolalar navbati bilan 2 yoki 3 marta kubiklar orqali hatlaydilar; 

yo‘g‘on arqon bo‘yicha qo‘shimacha qadamlar bilan yonlamasiga 
birining ketidan boshqasi. Yurishda oraliq 3 m atrofida bo‘ladi; 

arg‘imchoq bo‘yicha. Mashq muvozanatni mashq qilishga mo‘ljallangan. 
Mashqni boshlashdan avval pedagog arg‘imchoqni bola arg‘imchoqqa oyog‘ini 
qo‘yishi uchun bola tomonga qiyshaytiradi. Keyin pedagog bolani qo‘lidan tutgan 
holda arg‘imchoq bo‘yicha o‘tishga yordamlashadi va boshqa tomonga olib borib, 
4
Трофимова Г.В. Развитие движение у дошкольников с нарушениями слуха. – М., 1979. 


joyiga o‘tkazadi. Bu vaqtda keyingi bola arg‘imchoq oldida o‘z navbatini kutib turadi, 
biroq juda yaqin emas; 

qo‘llarida bayroqni ushlagan holda, oldin qo‘l holatini o‘zgartirib, keyin 
bayroqlarni silkitib. Har bir bolada ikkitadan bayroqcha. Bolalar bayroqlarni vujud 
bo‘yicha oldinga-orqaga silkitadilar, to‘xtagach qo‘l panjalarining harakati bilan 
bayroqni yuqoriga silkitadilar (2 yoki 3 aylana); keyin bayroqni keng kesishtirgan 
holda silkitadilar, ularni polga qo‘yadilar, ular bilan polni taqillatadilar va h.k.; 

oyoq uchida va tovonda qo‘llar holatini o‘zgartirgan holda. Bolalar o‘z 
qomatlariga e’tibor qilgan holda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar, oyoq uchida 15 
sekund yuradilar, kechin to‘xtaydilar, qo‘lni belga tushiradilar va tovonda 10 sekund 
davomida yuradilar; 

qo‘shimacha qadamlar bilan yonlamasiga yo‘g‘on arqon bo‘yicha 
birining ketidan boshqasi. Bolalar kichik qadamlar bilan oyoqlarni sezilarli ko‘targan, 
qo‘llarini erkin tushirgan holda 3 yoki 4 m yuradilar; 

qiya doska bo‘yicha yuqoriga sakrash. Mashq 2 marta takrorlanadi. 
Yurishning turlicha ko‘rinishlari nafaqat musiqa bilan, balki so‘z bilan ham 
uyg‘unlashadi. Masalan, yurish: 
A) tovonning ichki, tashqi tomonlarida: 
B) muvozonat holatida: 
V) oyoq uchida: 
G) tovonda: 
M a sh q 

To‘xtash bilan yugurish (faraz qilingan to‘siqdan sakrash). 
Bolalar aylana bo‘yicha turadilar. 1-4-taktlarda yuguradilar. 6 qadam 
tashlagach, 4-taktda “bir” deganda bir oyoqdan ikki oyoqqa sakragancha to‘xtaydilar 
(“ko‘lmak”, “tosh”, “ariq” – to‘siqdan sakrab o‘tdilar”). Prujinali yugurish: qadam – 
¼. Yugurish vaqtida qo‘llar erkin harakatlanadi: bittasi oldinga, boshqasi orqaga, 
to‘xtagach qo‘llar har tomonga yoziladi. 5-8, 9-12, 13-16, 17-20, 21-24 : o‘sha 
harakatlarni takrorlash. 
Mashq ritmik yaqqollik va harakatlar chaqqonligini rivojlantiradi, oxiri aniq 
sakrashda belgilanuvchi musiqiy frazalar hissiyotini beradi. 



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish