Logopedik ritmika



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/118
Sana07.03.2022
Hajmi1,72 Mb.
#485288
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
Bog'liq
2 583921535698337826

Komplekslilik
 
tamoyili
logopedik ritmikaning tibbiy-psixologik-pedagogik 
ta’siri va musiqiy faoliyatning asosiy turlari (musiqani tinglash, kuylash, musiqiy-
ritmik harakat va h.k.) bilan aloqani ko‘zda tutadi. Masalan, duduqlanuvchilar bilan 
logoritmik 
mashg‘ulotlarda 
psixoterapiya seanslari vaqtida va logopedik 
mashg‘ulotlarda ular olgan ko‘rsatmalarga tayanish yoki dizartriyasi bo‘lgan 
bolalarda dorilar terapiyasi yoki fizioterapiyadan keyin me’yorga yaqinlashuvchi 
muskullar tonusi holatidan foydalanish lozim. 
Logopedik ritmikaning usullari 
Logopedik ritmika o‘rganadigan savollar doirasi yetarli darajada kengdir. 
Shuning uchun tadqiqotda pedagogik usullar bilan bir qatorda tutash fanlar – 
sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya va boshqa fanlarda foydalaniladigan usullar ham 
qo‘llaniladi.
Logopedik ritmikada adabiy ma’lumotlar, pedagogik tekshiruv va tajribalarni 
umumlashtirish hamda tahlil qilish usulidan foydalaniladi. 
Adabiy ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish usuli.
 
Logopedik 
ritmika bo‘yicha har qanday tadqiqot bibliografiya bilan tanishishdan boshlanadi. 
Tadqiqotchi muammolar bo‘yicha adabiy manbalarini tizimlashtiradi, har bir 
muammoning ichida material muayyan bo‘lim bo‘yicha bo‘lib chiqadi. Adabiy 
manbalarni umumlashtirish va tahlil qilish nafaqat nazariy, balki eksperimental 
tadqiqotlarda ham qo‘llanadi. Nazariy tadqiqotda bu usul yagona bo‘lishi mumkin, 
chunki aynan uning yordamida masalan, u yoki bu korreksion usul, u yoki boshqa 
reabilitatsion uslub qanday shakllanishini kuzatish mumkin. Eksperimental 
tadqiqotda bu usul ushbu muammo qanchalik o‘rganilganligini, maxsus adabiyotlarda 
qay darajada yoritilganligi, qaysi savollar tekshiruvni talab qilishini aniqlashga 
yordam beradi.
Logopedik ritmika uchun muhim bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlarni logopedlar, 
maktabgacha tarbiya muassasalari va maktab tashkilotlari xodimlari tomonidan 
tuzilgan hujjatlardan olish mumkin. Bunday hujjatlarga haftalik ish rejasi, musiqiy va 
logopedik mashg‘ulotlarning reja-konspektlari, bolalar ertaligining reja-ssenariyalari, 
metodist, 
logoped, 
tarbiyachilarning 
kundaligi, 
pedagogik 
yig‘ilishning 
bayonnomalari, ko‘rib chiqilgan logopedik, musiqiy-ritmik mashg‘ulotlar tahlilining 
bayonnomasi, bolalar va kattalarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lik holatini hisobga 


olish jurnallari, nutqiy xaritalar, kuzatish kundaliklari, korreksion ta’sir va boshqalar 
dinamikasining jurnallari. Shu kabi hujjatlar tahlili natijasida aniqlangan 
ma’lumotlardan tadqiqot gipotezasi sifatida foydalanish mumkin.
O‘smirlar va kattalarning psixomotor, nutqiy rivojlanishi haqidagi dalillarni 
olish uchun savol-javoblar, so‘rovnomalar, suhbatlardan foydalanish mumkin. Ularni 
tadqiqot boshlanishida ishlatish mumkin. Birmuncha aniqroq materiallar oldindan 
ishlab chiqilgan reja bo‘yicha suhbat davomida yig‘ilishi mumkin. Suhbatni 
rejalashtira turib, tadqiqotchi sinalayotgan shaxsning yosh, shaxsiy, psixologik 
xususiyatlarini nutq, motorikaning xarakteri va buzilish darajasini, patsientning
nuqsonga munosabati va boshqa ko‘pgina jihatlarni inobatga oladi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish