«Logistika»fanidan


-BOB. O’zbekiston Respublikasida logistika infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari



Download 52,32 Kb.
bet6/7
Sana29.12.2021
Hajmi52,32 Kb.
#98033
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 2

2-BOB. O’zbekiston Respublikasida logistika infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari

2.1. Respublikamiz hududida logistika infratuzilmasini rivojlantirish

O’zbekiston geografik joylashuvi, mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanganlik darjasi, shuningdek tashqi iqtisodiy siyosatda faol olib borayotgan ochiqlik siyosati logistic infratuzilmani jadal rivojlantirish zaruratini keltirib chiqaradi. Binobarin, logistika, milliy iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish, saqlash, tashish va ularni sotish jarayonlarida talab qilinadigan moddiy, moliyaviy, texnik va axborot resurslari oqimini tizimli ravishda boshqarish imkonini kengaytiradi.

Logistika- mahsulotlar oqimini boshqarish, xomashyo bilan ta’minlashdan boshlab, to ohirgi iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berilguncha, shu bilan birga, materiallar harakatiga yordam qiluvchi moliyaviy va axborot oqimigacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Logistika murakkab tizim bo’lib, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish, transport, saqlash, tashish va axborot ta’minoti jarayonlarini o’z ichiga oladi. Jumladan, transport logistikasi quyidagi xarakterga ega:

Mahsulotlarni tashish jarayoni logistikasini ichki va tashqi bozorlar kesimida o’rganish maqsadga muvofiq. Ichki bozorda logistika tizimi asosan avtomobil hamda temir yo’l tarnsportidan tashkil topadi. Tashqi bozorda logistika jarayonida avtomobil transportining maxsus turlaridan, shuningdek temir yo’l va havo yo’llaridan keng foydalaniladi. Xar bir turdagi transportdan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:


  1. Transportni yuk tashish imkoniyati, ya’ni sig’imi. Bu xususiyat ma’lum darajada transport xarajatlarini belgilaydi.

  2. Transportning xarakatlanish tezligi, mahsulotlarni buyurtmachilarga yetkazib berish vaqti.

  3. Uzoq muddat saqlash qiyin bo’lgan mahsulotlarni temir yo’l orqali tashishning murakkabligi.

  4. Tashish borasida qo’shimcha xarajatlarni talab qilinishi.

Ushbu omillar logistikani jadallik bilan rivojlantirish, shu jumladan, transportda yo’lovchi va yuk tashish sifatini oshirish, 10 ming kelometrlik respublika va mahalliy yo’llarni qurish va ta’mirlash, xalqaro yuk tashishlarga ixtisoslashgan transport-logistika qo’shma korxonalarini tuzish, Buxoro, Qarshi, Nukus va Termiz xalqaro aeroportlarini “ochiq osmon” rejimiga o’tkazish, “navoiy quruqlik porti”ni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Xolbuki, respublikaning mavjud salmoqli transit salohiyati to’liq darajada ishga tushirilmagan. Vujudaga kelgan tranzit va ta’rif siyosatidagi nomaqbullik qo’shimcha ravishda tranzit yuk oqimini jalb etishga to’sqinlik qilmoqda.

Logistika markazlarini tubdan rivojlantirish, avtotransport vositalari va havo kemalari parkini kengaytirish hamda ularni sifatli yonilg’i-moylash materiallar bilan o’z vaqtida va to’liq hajmda ta’minlash talab etiladi.

Tashqi savdo transport yo’laklarini yanada diversifikatsiyalash uchun qo’shimcha qulay shart-shaoitlarni yaratish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek , mahalliy transport- logistika komponiyalrini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlaridagi raqobatdoshligini yuksaltirish maqsadida respublika hukumati tomonidan 2015-2019- yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiaylash dasturi amalga oshirilmoqda.

Dasturda yuksak xalqaro talabalar va standartlarga mos keladigan milliy transport tarmog’ini rivojlantirish sohasida yagona kompleks strategiyani ishlab chiqish, respublika mahsulot ishlab chiqaruvchilarining o’z mahsulotlarini mintaqa va jahon bozorlariga istiqbolda olib chiqish tala- ehtiyojlarini xisobga olgan holda uning xalqaro transport kommunikatsiyalariga keng miqyozda integratsiyalashuvini ta’minlash nazarda tutiladi.

Bu dastur doirasida umumiy qiymati 1580 millloin AQSH dollaridan oshadigan temir yo’l infratuzilmasini rivojlantirish va aviatransport sohasida bir qator loyihalar amalga oshirildi,shuningdek, umumiy uzunligi 695 kelometrli avtomobil yo’llari barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining eksport mahsuloti istqbolli xalqaro bozorlarga chiqishini ta’minlovchi maksimal darajada samarali , muqobil tranzit yo’laklarini shakllantirish borasida qo’shimcha ildam choralar ko’rilishini taqazo etmoqda. Shu bois bu borada saqlash va tashish xizmatlari yuzasidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:


  • mahalliy va magistral yo’llarni qurish, joriy va capital ta’mirlash ishlarini meyorlashtirish hamda mazkur meyorlarga bosqichma-bosqich amal qilish;

  • avtomobil yo’llariga qo’yiladigan talablarni bosqichma-bosqich jahon standartlariga moslashtirish;

  • xususiy sector va davlat xususiy sherikchilik asosida shaharlararo yuqori tezlikdagi pullik avtomobil yo’llarini tashkil etish;

  • tashish xizmatlari bozorida xususiy sektori ulushini oshirish yo’llarini ishlab chiqish;

  • tashish xizmatlari standartlarini ishlab chiqish;

  • tashish xizmatlariga qo’yiladigan standartlarni xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o’tkazish yo’llarini ishlab chiqish;

  • xalqaro darajadagi bir yo’l bir makon loyihasida O’zbekiston faol qatnashish uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratish;

  • avtomobil transporti sohasida – milliy huquqiy bazaning xalqaro huquqiy baza bilan uyg’unlashuvini jadallashtirish yo’li bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy avtoyuk tashuvchilarning og’ir yukli avtotransport vositalari xarakat yuk tashishning ruxsatnoma berish tizimini takomillashtish, xalqaro yuk tashishning ruxstanoma berish tizimini takomillashtish, xalqaro transport kommunikatsiyalariga maqbul yo’l bilan chiqishini va tranzit tashuvchilar hajmini ko’paytirishni ta’minlaydigan yangi avtomobil yo’laklarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • aviatsiya transporti sohasida – yuk tashish hajmlarini yanada ko’paytirish va parvozlar geografiyasini kengaytrish, mavjud infratuzilmani va ko’rsatilayotgan xizmatlar kompleksini xalqaro aviatransport xizmatlari bozoriga olib chiqish, yuklarni aviatsiya yordamida tashish chog’ida, shu jumladan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilishda moslashuvchan tariff siyosatini qo’llash, xavo kemalarining aviatsiya parkini ko’paytirish va yangilash, “Navoiy” Xalqaro intermodal logistika markazining imkoniyatlaridan samarali va to’laqonli foydalanish.

Ushbu tadbirlar yaqin kelajakda mamlakat logistika tizimini jahon andozlari darajasiga ko’tarish va xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

2.2. O’zbekistonda transport logistikasi sohasini rivojlantirishda investitsiyalarning o’rni

Har qanday mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga investitsiyalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli har bir davlat ichki va tashqi investitsiyalarni ishlabchiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga faol jalb qilish, ulardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda istiqbolli tarmoqlarni rivojlantirish 69 uchun investitsiyalarni jalb qilish katta ahamiyatga ega. Shu sababdan mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019-yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy sohani rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi va bu borada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qator vazifalar belgilab qo‘yildi.

Bu borada O‘zbekiston bo‘yicha rivojlanib kelayotgan soha transportlogistikasiga kiritilayotgan investitsiyalar haqida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq.

Transport xizmatlari transportning barcha turlarida yuklar va yo‘lovchilarni tashish faoliyati hamda tashish uchun yordamchi xizmat turlari, shu jumladan logistika xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Logistika – iqtisodiy subyektlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar va axborot almashinuvi bilan bog‘liq faoliyat turi hisoblanadi.

Logistik funktsiyalarga buyurtmani qayta ishlash, materiallar oqimini shakllantirish, mahsulotlarni yig‘ish, qadoqlash, tashish, saqlash va h.k. kiradi. Bu sohani rivojlantirish borasida O‘zbekistonda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Transport-logistika tizimini takomillashtirish ham eng dolzarb masaladir. Chunki dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko‘plab qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. Shu bilan birga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”dagi mamlakatimiz o‘rnini yuqori pozitsiyaga ko‘tarish choralarini ko‘rish lozim”14 . Trasport-logistikasi 2016-2020-yillarga belgilangan “Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi”ga muvofiq O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirish monitoringini asosiy indikatorlaridan biri hisoblanadi.

Transport-logistikasini rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qaraolar, farmonlar va ularning amaldagi ijrolaridan kelib chiqib, o‘tgan 2018 yil 1 yanvar holatiga tashish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni 12 mingga yaqinni tashkil etdi, shundan 11,8 mingtasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisobiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilda jami asosiy kapitalga investitsiyalar 107,333 trln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 7,4 % tashish va saqlash faoliyat turiga kiritilgan investitsiyalar hisoblanadi.

Transport-logistikasi sohasining yanada yuqori o‘sishi talab va taklif muvozanatiga bog‘liq. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiyotda xizmatlarning o‘sishi neft narxining ko‘tarilishi va milliy valyutaning mustahkamlanishiga bog‘liqdir. “Tarkibiy islohotlarning bo‘lish va bo‘lmasligiga qaramasdan, inqiroz uzluksiz ravishda davom etishi mumkin emas. Baribir, tsikl o‘sish yo‘nalishida bo‘ladi. Ushbu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha YaIM va aholi xarid qobiliyatining tarixiy bog‘liqligi mavjud. Faqatgina to‘xtatuvchi holat bozorning mavsumiy omilga bog‘liqligi”. “Transport-logistikasi xarajatlari hozir katastrofik miqyosda o‘sib bormasa-da, lekin talab oshib borishi bilan, avtomobil tashish tariflari sezilarli darajada oshgan taqdirda, bu holatga taklif ko‘lami ulgura olmaydi va qiyin vaziyat yuzaga keladi”.

Avtomobil transportida tarif to‘lovi miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:

♦ tashish masofasi;

♦ yuk og‘irligi;

♦ yuk hajmining og‘irligi, bu avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyatini tavsiflaydi;

♦ avtomobil yuk ko‘tarish qobiliyati;

♦ umumiy bosib o‘tilgan yo‘l;

♦ avtomobil foydalanish vaqti;

♦ avtomobil turi;

♦ tashish amalga oshiriladigan hudud, shuningdek, boshqa bir qator omillar

Transportda yuklarni tashishda hamma tariflarning barcha omillari hisobga olinmaydi, ulardan faqatgina ma'lum bir tashish sharoitidagi eng muhim omillar hisobga olinadi. Masalan, ishbay tariflariga muvofiq tashish qiymatlarini hisoblash uchun tashish masofasini, yuk massasini va uning sinfini e'tiborga olish kerak, bu avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish darajasini tavsiflaydi. Yuk avtomobillarini vaqtincha foydalanish uchun tarifni hisoblashda avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati, uni foydalanish vaqti va umumiy bosib o‘tilgan yo‘l hisobga olinadi. Bu esa ko‘plab tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha moliyaviy manbaga ya’ni investitsiyaga bo‘lgan talabni oshiradi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy hamkorligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda iqtisodiy tizimni mustahkamlash va rivojlantirish uchun transport-logistikasi xizmatlarining ko‘rsatilishi juda muhimdir. Bu sohani rivojlantirish o‘z navbatida logistika kompanyalariga investitsiyalarni jalb qilish va ularda innovatsion loyihalarni amalga oshirishni taqazo qiladi. Transport-logistikasi rivojlantirish borasida bir qator xuloslarga to‘xtalib o‘tishimiz mumkin. Iqtisodiyotning tarmoqlari sifatida transportning oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishi O‘zbekiston hududida ko‘plab yuk tashish avtomobillarining so‘ngi texnika-texnalogiya, so‘ngi rusumdagi navigatorlar bilan ta’minlanishi; Davlat, transport tashkilotlari va xizmat ko‘rsatiladigan mijozlarning manfaatlarini ta'minlash, yani logistika kompaniyalariga bir qator imtiyozlar ajratish;

Iqtisodiyotning tarmoqlari sifatida transportning oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishi O‘zbekiston hududida ko‘plab yuk tashish avtomobillarining so‘ngi texnika-texnalogiya, so‘ngi rusumdagi navigatorlar bilan ta’minlanishi; Davlat, transport tashkilotlari va xizmat ko‘rsatiladigan mijozlarning manfaatlarini ta'minlash, yani logistika kompaniyalariga bir qator imtiyozlar ajratish; 71 Ishlab chiqarish kuchlarini optimal taqsimlash, oqilona transport aloqalarini shakllantirish va transportning turli turlari orasida tashishlarni taqsimlash; Transport va yuklarni yuklash-tushirish mexanizmlarining ish sifatini yaxshilash maqsadida, innovatsiyalarni joriy etish va texnik vositalardan samarali foydalanish; Bojxona-chegara postlarida mavjud bir qato muammolarni hal qilish kabi ko‘plab ishlarni amalga oshirish kabilarni o‘z ichiga oladi.

2.3. Multimodal logistika markazlari tashkil qilishning tadbirkorlikni rivojlantirishda ahamiyati

Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi keskin iqtisodiy tizimning kuchli globalizatsiyalashgan asosini o‘zgartirish mumkin emas. Faqat ana shu jarayonlarga moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asos sohalarni rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni saqlab qolish mumkin.

Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim ro‘l o‘ynaydi.Ushbu asos sohalardan biri sifatida tobora keskinlashib borayotgan jahon iqtisodiyoti mamlakatlar oldiga amalda iqtisodiy o‘sishni ta`minlovchi omil va manbalarni guruhlash hamda iqtisodiy salohiyatni belgilab beruvchi sohalarni rivojlantirish kabi vazifalarni qo‘ymoqda. Ushbu jarayonlarlar ochiq dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan Markaziy Osiyo davlatlari oldiga transport korridorlarini rivojlantirishdek muhim masalani qo‘ymoqda. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy farovonlikni ta`minlovchi kalit vosita hisoblangan tranzit korridorlar va logistika markazlari tashkil qilish borasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston yetakchilik qilmoqda. Xususan, O‘zbekistonning Navoiy viloyati hududida, Qozog‘istonning Olma-ota va Ostona hududlarida va Turkmanistonning Ashhabod hududida logistika markazlari tashkil qilingan. O‘zbekiston va Qozog‘istonda joylashgan logistika markazlari multimodal xarakterga ega.

Multimodal logistika markazlari transport tizimini rivojlantirish bilan birga yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarishni shakllantiradi, yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishini va zamonaviy texnologiyalarning hududga ko‘chishini ta`minlaydi. Barcha qo‘shni sohalar: moliya sektori, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy ta`minot sohalari foyda olishga qaratilgan, raqobatli va innovatsion taraqqiyot natijasida tez rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida hududda kapital, sifatli mahsulotlar va xom ashyo, to‘planishiga va kompleks sanoat markaziga aylanishiga sabab bo‘ladi. Qozog‘iston hududida tashkil qilingan multimodal logistika markazlari dengiz portlari asosiga qurilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda tashkil qilingan ushbu markazlar “quruq portlar” asosiga tashkil qilingan.

Logistika markazi O‘zbekistonni va mintaqani jahon bilan bog‘lash vositasi hisoblanadi. Uni qay tarzda rivojlantirish va unga qanday yondashish bizni bevosita jahon amaliyotini o‘rganishga undaydi. Shu sababli xalqaro multimodal logistika markazlari tashkil qilish jahon tajribasiga biroz to‘xtalib o‘tamiz. Jahonda logistika markazlari intermodal ravishda XX asr 80-90-yillarida Yevropaning eng yirik portlari Antverpen va Rotterdam (Gollandiya), Gamburg (Germaniya), London, Manchester (Buyuk Briyaniya), Lissabon (Portugaliya), Valensiya (Ispaniya), Rim (Italiya), Nant (Fransiya) kabi yirik port shaharlarda tashkil qilingan. 15-20 yil vaqt o‘tib multimodal logistika markazlari butun dunyo bo‘ylab rivojlandi va qamrovi oshdi. Hozirda dunyoda 4500 ga yaqin logistika markazlari bo‘lib, unda jahon YaIM ining 15 % ini (12,5 trln.doll.) tashkil qiluvchi qiymat yaratiladi.

Logistika markazlarining asosini tashkil qiluvchi xususiy logistika kompaniyalari soni 3 000 dan ortiq bo‘lib, ularning yillik daromadi 6 % yillik o‘sish bilan 2017-yilda 4,6 trln. doll.ni tashkil qilgan8 . Hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 2020-yilga kelib, 5.9 trln.doll. ga yetadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, logistika sohasi inqirozdan keyin muhim rivojlanish vositasi bo‘lib qoladi. Yevropada logistika tizimining yadrosini Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Ispaniya beshburchagida joylashgan portlar tashkil qiladi. Yevropada logistika markazlari tashkil qilish tajribasi xususiy logistika firmalari asosida tashkil qiligan. Faqat Italiya va Ispaniyada logistika sohasi davlat korxonalari tomonidan boshqariladi. Umuman olganda, Yevropadagi yillik logistika xizmatlari € 900 mlrdni tashkil qiladi va yiliga 5-9 % o‘sish bilan YaIM dan yuqori o‘sishni ko‘rsatmoqda.

AQSHda logistika markazlari asosini 3000 dan ortiq xususiy kompaniyalar tashkil qiladi. Dunyoda eng ko‘p xususiy logistika kompaniyalar joylashishi bilan birga logistika sohasi boshqa sohalar bilan uzviy bog‘langan va xususiy biznesni rivojlantirishning asosiy ozuqasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorining har bir bo‘g‘ini logistika bilan uzviy bog‘langan. Multimodal logistika markazlarida tovar va xom-ashyo eltib berish, yuklash, qadoqlash, qayta ishlash, saqlash, bozorlashtirish ishlaridan to ularni bojxonadan o‘tkazish, yig‘ish va reklama qilishgacha logistika markazlari xizmatiga kiradi.

Xalqaro multimodal logistika markazlari tashkil qilish borasida Osiyo o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Osiyo logistika tizimini ishlab chiqarish va transportni o‘z ichiga olgan Yaponiya (Tokio), Xitoy (Guanjou, Shanxay, Gong-Kong, Pyanjin), Hindiston (Bangalor, Dehli), BAA (Dubay), Singapur(Singapur), Malayziya(KualaLumpur) kabi yirik logistika markazlari yadrosi joylashgan davlatlar tashkil qiladi.

Hozirda eng yirik logistika markazlari joylashgan xalqaro portlar transport logistikasi asosida yangicha ixtisoslashgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa logistika markazlari joylashgan yirik portlar atrofida, qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yangi tovar va xizmatlar tashkil qilish imkonini bermoqda. Buning natijasida multimodal logistika markazi kompleks holga keladi va samaradorligi yanada ortadi. Shu sababli Gong-Kong, Xitoy va Singapurdagi yirik markazlar ko‘plab xalqaro korporatsiyalar va investorlarning e`tiborini tortmoqda. Quyidagi raqamlar va faktlar buning isboti bo‘la oladi. Xususan, Singapurda logistika sohasida aholining 6 % xizmat qiladi va YaIM 10% dan ortiq qismi shu sohaga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, Hindiston logistika salohiyati juda yuqori bo‘lgan davlat hisoblanadi. So‘nggi yillarda Hindiston logistika bozori qiymati doll. 14 mlrddan doll. 82,1mlrdga ko‘paydi va yiliga 7-8 % o‘sishni ko‘rsatmoqda. Logistika sektori YaIMning 6,2 % ni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich 2020-yilga kelib, 490-doll. 500 mlrdni tashkil qilishi mumkin. Logistika sohasi eng yuqori darajada rivojlangan singapurda 2017-yilda ushbu sohaga doll. 646,8 mln. investitsiya kiritilgan bo‘lib, shundan doll. 349,2 mln faqat qo‘shimcha qiymat hosil qiluvchi tovar va xizmatlarga ajratilgan. Logistika sohasida raqobatni rivojlantirish maqsadida har yili Frost and Sallivan kompaniyasi tomonidan Osiyo logistika komaniyalari uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlar e`lon qilinadi. Logistika sohasida yangicha yo‘nalishga asos solgan, Xitoy, bu borada ko‘plab ijobiy natijalarga erishgan. Multimodal logistika markazlari atrofida va ichki tumanlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish transport logistikasini komplekslashishiga olib keldi.

Xususan, Gong-Kong, Tyanjin va Shanxay portlari bunga misol bo‘la oladi. Xitoyda 3 PL logistikasi, taklif zanjiri boshqaruvi, bojxona boshqaruvi, tashqi hamkorlik, texnologiyali logistika, o‘quv va qayta tayyorlash kabi logistikaning muhim yo‘nalishlari shakllangan. Osiyo logistika sanoati ishlab chiqarishni o‘zida mujassamlashtirishi va tez o‘sishi bilan Yevropa tizimidan tubdan farq qiladi. Davlat va boshqaruv organlari ushbu sohani doimiy qo‘llab-quvvatlaydi. Singapur, Koreya va Xitoyda logistika tadqiqot institutlari tashkil qilingan bo‘lib, bu doimiy innovatsion rivojlanish masalalarini hal qilishda ko‘mak beradi.

Yuqoridagi Yevropa va Osiyo tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston hududida tashkil qilingan intermodal logistika markazining istiqbollarini ham ko‘rsatib berish mumkin. Yurtimizda ko‘p jihatdan Osiyo tajribasini mahalliy sharoitlarga moslashtirilib foydalanishga harakat qilinmoqda. Navoiy viloyatida tashkil qilingan xalqaro multimodal logistika markazi o‘zida innovatsion-industrial, transport logistika va ijtimoiy rekreatsion hablarni mujassamlashtiradi. Ushbu kompleksda yuk tashish, yuklash va bo‘shatish, qayta ishlash, yig‘ish, turlarga ajratish, qadoqlash, markirovka, tanlab olish, ishlab chiqarish, mahsulot tekshirish, innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish, bozorlashtirish, marketing, ilmiytadqiqot ishlari, taqsimlash, eksport-import, yarmarka, reklama, yuzma-yuz savdo, moliyaviy operatsiyalar, o‘quv va amaliyot, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va shu kabi bir qator xizmatlar amalga oshiriladi.

Bu hozirda mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biri bo‘lib turgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiradi. Moliyaviy, industrial-innovatsion va rekreatsion hablarning konsentratsiyalashuvi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish muhitining 3 omili vujudga keladi:

1-omil: mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun kam xarajat sarf qilib, o‘z mahsulotlari bilan ichki bozorni to‘ldirish imkoniyati tug‘iladi. Sababi kichik biznes unchalik katta kapital talab qilmaydi va arzon transport bilan Respublikaning istalgan joyiga tez va sifatli yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, kapitalning ko‘payishi va ichki bozorning to‘yinishi natijasida keyinchalik tashqi bozorga chiqish va global miqiyosda faoliyat yuritish imkoniyati yuzaga keladi. XX asrning 50-70- yillarida Yaponiyada aynan shunday strategik usul “yapon mo‘jizasi”ning yaratilishiga sabab bo‘lgan.



2-omil: logistika markazlari asosida yuqoridagi xizmatlarni amalga oshirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bundan davlat har tomonlama foyda ko‘radi. Chunki ushbu soha har qanday iqtisodiy sharoitga 9 oyda moslasha oladi va bu inqiroz davrida eng kuchli rivojlanish instrumenti hisoblanadi. Bundan tashqari, aholi bandlik darajasi ortadi va yashash darajasi yaxshilanishi bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati ortadi. Hatto iqtisodiyot butkul to‘yinib, o‘sish deyarli nolga teng bo‘lganda ham transportlogistika sohasi hisobiga qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishni yuzaga keltirish mumkin. Hozirda Yevropada shunga o‘xshash holat ro‘y bermoqda.

3-omil: hablarning konsentratsiyalashuvi va raqobat natijasida yurtimizdagi xususiy logistika kompaniyalari rivojlanadi. Har qanday material oqimi tez va sifatli yetkazib berilishi hisobiga sohalar mobilizatsiyasi kuchayadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi omillar asosida multimodal logistika markazlarining istiqbollarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ushbu istiqbollar zamirida inqirozga qarshi muhim vositalardan biri bo‘lgan logistika sohasi hozirda yurtimizda dolzarb masala hisoblangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir qiladi. Globalizatsiya jarayonlari avj olgan bir davrda, rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlar uchun ham multimodal logistika markazlarini rivojlantirish o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.


Download 52,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish