Axborot oqimi. Axborot oqimi — bu logistika ichida va tashqi nmlut orasida aylanayotgan hamda logistik jarayonlarni boshqarish tuliun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yig'indisidir.
Axborot oqimi moddiylikka mos keladi. Amaldagi logistik ii/imlarda moddiy va axborot oqimlari, ba’zi hollarda bir-biridan (*‘/ib ketishi mumkin. Axborot oqimi moddiy oqim bilan bir xil (to'g'ri) yo‘nalishda va unga qarama-qarshi (teskari) yo‘nalishga ega bo'lishi mumkin. To‘g ri yo‘nalishda o‘zib ketayotgan axborot oqimi yuklami kutilayotgan kelib tushishi haqida, teskari yo‘na- lishda esa — buyurtma haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Moddiy oqim bilan bir vaqtda unga parallel ravishda ko‘chirilayotgan resurslarning sifat va ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot ham boradi. Moddiy oqim ketidan teskari yo‘nalishda yukni qabul qilish natijalari haqidagi ma’lumot hamda noroziliklar va tasdiqlar keLishi mumkin.
Axoorot oqimining ichki va tashqi, kiruvchi va chiquvchi turlari iijratiladi, ularning tasnifi moddiy oqim tasniflari bilan bir xildir.
Axborot oqimi vujudga kelish manbayi, yo‘nalishlari, davriyligi, liajmi, o‘tish tezligi va hokazolar bilan ajralib turadi. Axborot oqimini boshqarish o‘zining tarkibiga oqim yo‘nalishini o‘zgartirish va lining parametrlarini cheklashni oladi.
Logistik operatsiya. Logistik operatsiya — bu moddiy yoki .ixborot oqimini qayta ishlashga qaratilgan, ixtisoslashgan amal- lar yig‘indisidir. Moddiy oqimlar ustidan logistik operatsiya- larga omborga joylashtirish, tashish, qadoqlash va boshqalarni misol qilish mumkin. Axborot oqimlari ustidan logistik operatsiyalar tarkibiga zarur axborotni yig‘ish, qayta ishlash va o'tkazish kiradi.
Logistik operatsiyalar ichki va tashqi turlarga ajratiladi. Tashqi logistik operatsiyalarga ta’minot va tayyor mahsulotni sotish sohasidagi barcha harakatlar taalluqli, ichki operatsiyalarga esa — ishlab chiqarishda moddiy oqimni boshqarish kiradi. Bundan lashqari, logistik operatsiya bit tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin, bunda mahsulotga egalik qilish huquqi bir yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tadi.
Logistik funksiya. Logistik funksiya — bu logistik tizimning maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan logistik operatsiyalarning yiriklashtirilgan guruhidir. Logistikaning har bir funksiyasi amallar- ning bir butun imaqsad nuqtayi nazaridan) yig'indisini tashkil etadi.
Logistik funksiyalarning asosiylari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini rejalashtirish; ishlab chiqarish buyurtmalarining bajarilish tartibini boshqarish; zaxira- larni funksiyalarga bashoratlash va nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |