Maqsadli yo‘naltirilgan (adresli) xizmatlar.
Logistik xizmatlar bevosita buyurtmachiga ko'rsatiladi. Aynan ushbu xususiyatiga ko‘ra qayd etilgan xizmatlar maqsadli bozordagi umumiy talabga mos ravishda ishlab chiqarilgan moddiy shakldagi tovardan farqlanadi.
Takrorlanmaslik.
Har bir ko'rsatilayotgan logistik xizmat ushbu xizmatni oluvchi uchun takrorlanmas tartibda ko'rsatiladi. Boshqa shu kabi xizmat turi avvalgisidan yoki keyingisidan parametriga, mud- datiga, sifatiga, ishlab chiqarish hamda iste’mol shartlariga ko‘ra farqlanadi.
Boshqa xizmat turlari kabi logistik xizmatlarni ham «ehtiyotdan» tarz.ida amalga oshirish mumkin emas (imkoniyatsiz).
Logistik xizmatlarni g‘amlab-joylash imkoniyatining mavjud emasligi mazkur turdagi mahsulotlaming har qanday shakldagi zaxiralarini g'amlab borish vazifasidan ozod etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |