Logistika



Download 1,72 Mb.
bet11/154
Sana13.01.2022
Hajmi1,72 Mb.
#357207
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
Logistika (1)

Logistika tamoyillari. Logistika tamoyillari boshlang‘ich nuqta- lami tashkil etadi va ular asosida logistik tizimlarning ishlashi va qurilbhi amalga oshiriladi.

  1. Tizimlilik tamoyili. «Ishlab chiqarish — sotish» tizimi chegarasida moddiy oqimlami boshqarishning integrallashgan tizimini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyil ishlab chiqarish buyurtmalarini harid qilish, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlarida bir butun texnologik jarayonning ishlab chiqarilishida va amaliyotda qollanilishida o‘z aksini topadi.

  2. Teskari aloqa tamoyili. Bu tamoyilga, asosan, logistik tizim- ning maqsad va vazifalari mahsulot va xizmatlar bozori talablariga binoan aniqlanadi. Kutilayotgan buyurtmalar miqdori, talab eti- layotgan sifat darajasi va yetkazib berish muddatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va assortimenti, materiallarga buyurtmalar shakllanadi. 0‘z navbatida, qabul qilingan xarid strategiyasidan kelib chiqqan holda zarur bolgan zaxiralar miqdori aniqlanadi. Teskari aloqa tamoyilini amalga oshirish logistik tizim tarkibida maxsus bo'lim ajratilishini talab iMiidi, bu bo'lim boshqaruv tizimining samaradorligi va mahsulot hozori talablari haqida ma’lumotlami yig'ish va qayta ishlashni .’iinalga oshiradi.

  3. Optimallik tamoyili — tovar harakati jarayonining bosqichlari v;i qatnashchilari o‘rtasida shunday o‘zaro kelishuvga erishiladiki, hunda korxonaning «ishlab chiqarish — sotish» tizimi sifatida

loliyatning eng katta samaradorligi ta’minlanadi.

  1. Egiluvchanlik tamoyili — logistik tizimning faoliyat ko‘rsatish sharoitlariga va iste’molchilaming o‘ziga xos talablariga yuqori darajada moslashuvchanlikni nazarda tutadi. Egiluvchanlik tamoyi- liui amalga oshirishda, tashqi iqtisodiy muhitning o‘zgarish ten- densiya (yo‘nalish)larini bashoratlash va ularga qarshi xatti-hara- k.itlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni olib borish talab etiladi.

  2. Kelib tushishning xavfsizligini ta ’minlash tamoyili — logistikaning tamoyili sifatida shunday tashkiliy— iqtisodiy sharoit- larni yaratishni ko‘zda tutadiki, unda korxonaning zarur moddiy rcsurslar bilan uzluksiz ta'minlanishi va tayyor mahsulotni yetkazib berish muddatlarining so£zsiz bajarilishining ta’minlab hcrilishi zarur. Kelib tushishning xavfsizligini ta’minlash tamoyili lovar harakatining barcha bosqichlarini sinxronlashtirish, kelib lushish va yuk tashishni boshqarish bo‘yicha faoliyatlarni bir- hiriga moslashtirish, ishlab chiqarish va zaxiralarini tashkil etish /arurligini ko‘zda tutadi.

  3. Kompyuterlashtirish tamoyili — logistik funksiyalar va umuman tovar harakati jarayonlarini avtomatlashtirish maksimal darajada baiarilishi lozimligidan iborat. Avtomatlashtirilgan tizim materiallar harakatini nazorat qilish va yarimtayyor mahsulotlar, layyor mahsulotlaming ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarish zaxira- larining holati, kelib tushishning hajmi. buyurtmalarning bajarilish darajasi va boshqalar haqida ma’lumot to‘plash uchun xizmat qiladi. Vaqtni zijlashtirishning eng katta samarasini va iste'mol- chilarga yuqori darajada xizmat ko'rsatilish garovini axborot- boshqaruv tizim lari beradi.

Bu tizimlar xomashyo xarid qilinishidan to tayyor mahsu­lot ning iste’molchiga yetib borgunicha tovar harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Konsepsiya — bu yondashishlarning tizimi, hodisalarni, ja- rayonlami u yoki bu tarzda tushunishdir. Moddiy oqimlarni bosh- qarishni ratsionallashtirish yo‘li bilan xo'jalik faoliyatini tako- millashtrrishga yondashuvlar tizimi logistikaning konsepsiyasini xarakterlaydi.

Bu konsepsiyaning tashkil etuvchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • logistika masalalarini yechishda tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish;

  • iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish;

  • butun logistik zarijir davomida xarajatlami hisobga olish;

  • logistikaga korxonalaming raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish.


Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish