Jo'natish turlari. Temir yo'llar orqali tashiladigan yuklar — vagonlar, konteynerlar, kichik miqdordagi — 25 tonnagacha bo'lgan yuklar va yarim vagon hajmidagi yuklar hamda kichik miqdordagi — og'irligi 10 tonnagacha va hajmi olgan sathining 1/3 qismigacha bo'lgan yuklardir.
Yuk tashish tezligi. Temir yo'llarda yukni tashish katta va yo'lovchi tezlikda bo'lishi mumkin. Tezlik turi bir kunda yukning hi sib o'tgan kilometrlardagi yo'li bilan aniqlanadi.
Yuk tashish masofasi. Tashilgan yuk uchun haq to'lash nuisofaning qisqa yo'nalishi bo'yicha, yuk tashishda yuk tezligi voki katta tezlik bilan haqiqiy bosib o'tilgan masofa uchun yuklarni tashish yoki yuklarni yo'lovchi tezligida tashilganda tarif masofalari bo'yicha olinishi mumkin.
Yuklarni tashish uchun vagonlarning turlarini tanlash. Temir vo'llar bo'ylab yuklar hammabop, ixtisoslashtirilgan yoki izotermali vagonlarda, sisternalarda yoki ocliiq yarim vagonlarda tashilishi mumkin.
Har bir holatda tashish miqdori har xil bo'lishi mumkin.
Vagon yoki konteyneming tegishli bo ‘lishligi. Vagon, ochiq yarim vagon, konteyner temir yo’lga yoki yukni jo'natuvchilarga tegishli bo'lishi mumkin.
Tashiladigan yukning miqdori yuk tashish qiymatiga ta’sir ko'tsatuvchi omillardan biridir.
Avtomobil transportida yuklarni tashishning qiymatini aniqlash uchun quyidagi tariflar qo'llaniladi:
yuklarni tashishdagi ishbay tarillar;
yuklarni tashishda to‘lanadigan avtotonna soatlar tarif);
yuk avtomobillaridan vaqtbay asosida foydalanish tariflari;
kilometrlar bo‘yicha hisob-kitoblar tariflari;
harakat tarkibini olib borganlik haqidagi tariflar;
shartnoma tariflari.
Tarif to‘lovlarining miqdoriga quyidagi omillar ta’sir koVrsatadi:
yuk tashish masofasi;
yukning og‘irligi;
yuk og‘irligining hajmi, bunda avtomobilning yuk ko‘tarish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish hisobga olinadi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha avtomobil transportiga tanlanadigan vuklar to'rtta. tabaqaga bo‘linadi:
avtomobilning yuk ko‘tarish imkoniyati;
umumiy bosilgan yo‘li;
avtomobildan foydalanish vaqti;
avtomobillar xillari;
yuk tashish amalga oshriladigan hudud, shuningdek, boshqa qator omillar.
Avtomobil transporti bilan yuk tashish tariflarining har bin barcha omillarni hisobga olmasdan, balki ularning ayrimlarmi, ya’ni aniq yuk tashish sharoitidagi eng muhimlarini o'z ichiga oladi.
Masalan, yuk tashish qiymatini ishbay usulda hisoblashda yuk tashish masofasi, shuningdek, yukning og'irligi, uning tabaqaliligi, avtomobilning yuk tashish imkoniyatlaridan foydalanish darajasi hisobga olinishi kerak. Yuk avtomobillaridan foydalanishdagi vaqtbay tariflar bo'yicha hisob-kitob qilishda avtomobilning yuk ko‘tarish imkoniyatlari, ulardan foydalanish vaqti va umumiy bosib o‘tgan yo'li hisobga olinadi.
Hamma hollarda ham avtomobildan foydalanish miqdoriga yuk tashish amalga oshiriladigan hudud ta’sir ko‘rsatadi.
Bular hududlar bo‘yicha yuklarni tashish tannarxi darajasining turg‘un farqlari bilan tushuntiriladi. Tarif qiymatlariga obzgarti- rishlar mintaqaviy tuzatish koeffitsiyentlari deb ataluvchi ko‘rsat- kichlar bilan kiritiladi.
Daryo transportida yuklarni tashish uchun tariflar, yuklarni Jnyla ishlash uchun yig‘imlar va boshqa yuk tashish bilan bogliq M/mallar bozor vaziyatining inobatga olingani holda paroxodchilik hiisliqarmalari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Transport turini tanlashda ta’sir ko rsatuvchi asosiy omil I'.iiqlanadi (6.1-jadval;.
Do'stlaringiz bilan baham: |