Logistikaning asos’y maqsadi — ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir.
Logistik kanal (taqsimot kanali) — qisman tartibga solingan ko'pchilik turli xil o'rtada turuvchi ishtirokchilar orqali moddiy oqimni konkret ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazadi. Ma’lum bir paytgacha ko‘pchilik qisman tartibga solingan bo'ladi, toki moddiy ishtirokchilar tanlangunicha. Bundan keyin logistik kanal logistik zanjirga aylanadi.
Logistik zanjir — bu chiziqli tartibga solingan logistik larayonning ko'pchilik ishtirokchilari bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir logistik tizimdan ikkinchisiga yetkazish bo'yicha amallar bajaradilar.
Logistik servis — tovar yetkazib berish jarayonida ko'rsatila- digan xizmatlar kompleksi.
Logistik tizim — katta bloklar ta’minoti (sotib olish), transport la’minoti, ishlab chiqarish, sotish va hokazo. Shundan kelib chiqib quyidagi funksional sohalarga bo'linadi: mahsulot sotib olish yoki tayyorlash, ishlab chiqarish logistikasi, taqsimlash logistikasi.
Makrologistika — bu logistikaning mol yetkazuvchilar va tc’molchilar bozorini tahlil qilish, umumiy taqsimot konsepsiya- sini ishlab chiqish, omborlarga joylashtirish, transport turini tanlash, transport jarayonini tashkil etish, moddiy oqimlarni, xomashyo, material va yarimfabrikatlaming punktlarini ralsional yo'naltirish, tayyor mahsulotni yetkazib berish, tovar harakatining tranzit ombor yo‘lini tanlash.
*Maksimum — minimum» tizimi (strategiya S — s ) — bu tizim zaxiralar hisobiga ketadigan xarajatlar va buyurtmani hujjat- lashtirishda vo‘qotishlar, zaxiralar defitsiti natijasidagi yo'qotishlar bilan bir xil bo'lganda qo'llaniladi. Shuning uchun ko‘rib chiqilayotgan tizimda buyurtmalar belgilangan vaqt oraliqlaridan keyin emas, balki ombordagi zaxiralar minimal darajaga teng yoki kamroq bo'lish sharti bajarilganda beriladi. Buyurtma berilganda uning miqdori shunday hisoblanadiki, kelib tushayotgan materiallar zaxiralarni maksimal darajada to'ldirishi kerak.
Mahsulot zaxiralari — ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot zaxiralaridan hamda mahsulotni yetkazib beruvchidan iste’molchiga qaratilgan harakatidagi zaxiralardan, ya’ni ulguiji va chakana savdo korxonalarida, tayyorlov tashkilotlarida va yo‘ldagi zaxiralardan iborat. Ular iste’molchilarning moddiy resursiar bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |