LMS Moodle tizimi haqida
Reja:
1.Masofaviy talim mohiyati.
2.Masofaviy talim tizimida ochiq LMS (Learning management system) va LCMS (Learning content management system) haqida tushuncha.
3.LMS tizimining intatuzilishi. Masofaviy talimda CMS (Content Management system) tizimini asosiy funktsional masalalari.
4.Masofaviya talimda MOODLE texnologiyasi. Virtual talim tizimidan foydalanish texnologiyasi.
Masofaviy talim mohiyati.
Masofadan oqitish bu Internet tarmogi orqali sizga qulay bolgan vaqtda oqishdir. Masofadan oqitishning tarkibiy belgilari: oqituvchi, oquvchi, kommunikatsiyadir.
Masofali talim Garbda ananaviy bolib qoldi: har bir yuqori mavqega ega bolgan universitet hozirgi kunda albatta, masofali talim dasturiga ega. Koplab maxsus "masofali oquv yurtlari" ochilmoqda, ulardan kopchiligi dunyoda mashhur va turli mamlakatlarda ozlarining bolimlarini ochmoqdalar (misol uchun, Britaniyada Open University). Tahminlarga qaraganda, aynan masofali talim (ananaviy oqish shakllari bilan birgalikda) keng tarqalib boradi, talimning bu shaklini "kelajak talimi" deb atamoqdalar.
Kopchilik chet el davlatlari masofali talimni ustuvor yonalish deb elon qildilar va ushbu yonalishni rivojlantiirshga katta mablaglar ajratmoqdalar. Ushbu jarayonni amerikaliklar boshlab berdilar Hozirgi kunda masofaviy talim AQShda mukammal shakllangan bolib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy talim sohasida oquv muassasalari yakka holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yoldosh telekorsatuvlar rivojlanib borishi bilan, bu oquv kurslari ustida bir necha oquv muassasalari hamkorlikda ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, talim olish sohasiga ham katta tasir korsatdi. Songgi paytlarda talimning ushbu turi Yevropada ham faol rivojlanmoqda. Avstraliya talim dasturlarini ommaviy ravishda kompyuter tiliga otkazib, ularni faol eksport qilmoqda.
Mamlakatimizda masofali talimni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda.
Kopchilik masofali talim bu shunchaki bizga malum sirtqi talimning yangi shakli deb hisoblaydilar. Malum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson uyidan chiqmasdan oqishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart dastur bilan zamonaviy kompyuteri bolishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni aynan masofali talim va zamonaviy tehnika hamda texnologiya bir-biridan ajralmasligidan iborat.
Bugungi kunda talaba oz mamlakatidan chiqmay turib, deyarli, barcha Garb universitetlari dasturlari boyicha talim olishi mumkin. Talim siyosiy va iqtisodiy birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy foydalaniladigan bolib bormoqda. Masofali talim goyasida aynan talim ananaviy turlarida qabul qilingan (ham kunduzgi, ham sirtqi) "oquvchilarning bilimga intilishlaridan" "bilimlarni oquvchilarga qarab harakatlanishi" juda muhim. Dastavval masofali talim oliy talimga ega insonlarning malakalarini oshirishlari uchun moljallangan edi. Uning eng oddiy turi bu avvallari ham mashhur bolgan televizion korsatuvlar seriyasi hisoblanadi: butun bir kanal maxsus talim dasturi uchun ishlaydi. Hozirgi kunda yanada kuchliroq texnikalar paydo bolishi bilan masofali talim imkoniyatlari kengaymoqda. Rossiyada siyosiy va iqtisodiy islohotlar sababli uning bazi oraliq bosqichlari otkazib yuborildi va eng ilgor Internet tarmogi orqali talim olish turi keng tarqaldi.
Jahon amaliyotida masofali talim barcha kurslari uchun albatta sertifikat beriladi, uni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas. Barcha kurslarda ham albatta bunday ishlar yaqin vaqtlarda amalga oshirilishi lozim. Bugungi kunda taklif etilayotgan kopchilik masofali talim kurslari bu qiziqishga asoslangan mashgulotdir. Faqatgina izlash serverlarining ozi "masofali talim" sorovnomangizga minglab manzillarni korsatib beradi. Bu dastur oquvchiga faylda malum bilimlar hajmi korinishida kelib tushadi. Uni organib chiqqandan keyin "talaba" dasturni "tekshirishni" ishga tushiradi -dastur unga savollar beradi.
Savollarga javoblar asosida oquvchiga keyingi bosqichga otish taklif etiladi yoki uning tayyorgarligi yaxshiroq bolishi kerakligi xabar qilinadi. Aniq fanlarda bilimni baholash masalasi nisbatan oson hal qilinadi va bu yerda testlar qollanilishi ozini oqlaydi, lekin gumanitar fanlarda albatta javobning matni kerak boladi. Koplab oliy oquv yurtlari tajribalari nazorat otkazishni sirtqi talim shaklida bolgani kabi, kunduzgi oqish mashgulotlari korinishida otkazish yaxshi bolishini korsatadi. Lekin, misol uchun, oliy oquv yurti AQShda, oquvchi esa Rossiyada bolgan hollarda nima qilish kerak? Bu yerda albatta yozma imtihon yagona yoli hisoblanadi.
Mana shu sababli mamlakatimizda videokonferensiyalar usuli keng tarqalgan, bugungi kunda qollaniladigan oqitish usullaridan biri quyidagicha bolishi mumkin: "Talaba" axborotni oladi, uni organib imtihon topshiradi. Boshqa usul ham mavjud. Oquv materiallari serverga kiritiladi, ularni ozlashtirib malum vaqtdan song nazorat ishini yozadilar. Shunday qilib, bloklar bilan oquvchilar butun dasturni ozlashtiradilar, keyin esa tashkilotchilar imtihonlar topshirish vaqtini belgilaydilar. Garbda kochirib olishga odatlanishmagan: agarda bilim olishni xohlasangiz oqish kerak. Endi uyda otirish va garb namunasidagi diplom olish imkonidan tashqari masofali talim nimasi bilan afzal eqanligini tushunib olish qoldi.
Uning xususiyatlari haqida fikr yuritar eqanmiz, birinchi navbatda, moslashuvchanligi togrisida takidlab otish zarur. Masofali talim tizimida bilim oluvchilar odatda, leksiyalar va seminarlar kabi muntazam mashgulotlarga qatnamaydilar, balki oziga qulay vaqtda, qulay joyda hamda qulay suratlarda ishlaydilar. Haqiqatda bilim olishni istovchilar, odatiy hayot tarzini buza olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun katta ustunliklar mavjud. Bundan tashqari, oqishga kirish uchun talabadan malum bilim darajasi talab qilinmaydi va har kim fanni ozlashtirishi va baholanishi uchun qancha kerak bolsa, shuncha oqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |