Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.
Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat:
munosabatlarda uchinchi tomon (lizing obьekti sotuvchisi)ning mavjud-ligi;
shartnoma majburiyatlarining mavjudligi;
lizingga berish uchun mulkni maxsus tarzda sotib olinishi;
lizing ob`ektini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishning majbu-riyligi;
Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.
Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir.
Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas:
er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari;
intellektual mulk natijalari.
Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.
Lizingga beruvchi bo`lib – o`z yoki jalb qilingan mablag`lar evaziga mulk so-tib olib, uni lizinga oluvchiga haq evaziga ma`lum vaqtga foydalanish uchun yoki keyinchalik egalik qilish sharti bilan taqdim qiluvchi jismoniy yoki hukuqiy shaxsdir.
Lizinga oluvchi – bu lizing shartnomasi shartlari asosida lizing ob`ek-tini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun qabul qilib oluvchidir.
Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi:
lizing ob`ektining oldi-sottisi ;
lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi;
lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi;
lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi;
shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjud-ligi.
Lizing to`lovlari deb, lizing shartnomasi harakati davomida shartnoma shartlariga ko`ra to`lovlarning umumiy summasiga aytiladi. Lizing to`lovlariga lizinga beruvchini asosiy vositalarni sotib olish va uni lizinga oluvchiga o`tkazish va lizing shartnomasida ko`rsatilgan boshqa xizmatlarni qoplash bilan bog`liq xarajatlar hamda lizinga beruvchining daromadiga kiradi. Agar lizing muddati tugagach, lizing ob`ekti lizinga oluvchining mulkiga aylantirilishi ko`zda tutilgan bo`lsa shartnomaning umumiy summasiga lizing ob`ektini sotib olish bahosi kiritilishi mumkin.
Lizinga berilgan mulk lizing shartnomasi tugagunga va lizinga oluvchi o`z majburiyatlarini to`liq bajarilmagunga qadar lizinga beruvchining mulki bo`lib qolaveradi.
Lizinga beruvchiga lizinga oluvchi tomonidan xarajatlarni qoplab berish va mulk huquqini o`tkazish shartlariga ko`ra lizingning quyidagi turlari mavjud:
moliyalashtiriladigan lizing;
joriy lizing.
«Ijara hisobi» deb nomlangan 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartiga ko`ra «moliyalashtiriladigan ijara» - bu shundayin ijaraki, unda aktivlarga egalik qilish huquqi bilan bog`liq bo`lgan barcha tavakkalchilik va rag`-batlantirishlar o`zga tomonga o`tkaziladi.
Lizing shartnomasi muddati tamom bo`lgach, lizing ob`ekti, agar shartnomada boshqa holatlar ko`zda tutilmagan bo`lsa, lizinga oluvchining mulkiga aylanadi.
Egalik huquqi bilan bog`liq bo`lgan hech qanday tavakkalchilik va rag`batlan-tirishlar keltirmaydigan ijara «joriy ijara» deb ataladi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga muvofiq quyidagi shart-lardan biriga mos keladigan ijara moliyaviy hisoblanadi:
ijara muddati tugagach, aktivlarga egalik qilish huquqi ijarachiga o`tka-ziladi;
ijara aktivlarni bozor narxidan pastroq narxda xarid qilish imkoniya-tini beradi ;
ijara muddati aktivning foydali ishlatish muddatining ko`proq qismini tashkil etadi (tavsiyaga ko`ra 80 % dan ortig`ini) ;
ijara boshida joriy minimal ijara to`lovlari ijaraga olingan mulkning ijaraning boshlanish sanasida bozor narxidan katta yoki unga teng bo`ladi;
Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga ko`ra yuqorida keltirilgan mezonlardan tashqari qo`shimcha quyidagi shartlar kiritilgan:
ijara muddati 12 oydan oshishi lozim.
ijara muddati tugashi sanasida ijara ob`ektlarining qoldiq qiymati ijara boshlanishidagi qiymatining 20 % idan kamini tashkil etadi.
lizingning butun muddati davomidagi to`lovlarning joriy qiymati ijara ob`ekti qiymatining 90 % idan ortiq bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |