Litosfera ekologiyasi reja: Yerning xususiyatlari


O’zbekiston yer resurslari va ulardan foydalanishni takomillashtirish muammolari



Download 106,43 Kb.
bet2/16
Sana30.12.2021
Hajmi106,43 Kb.
#90875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
LITOSFERA EKOLOGIYASI

2. O’zbekiston yer resurslari va ulardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. O’zbekiston Respublikasining maydoni 447,4 ming km2. SHundan qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar 28081,0 ming ga sug’oriladigan yerlar 4,2 mln.ga dan ziyod, yaylovlar va pichanzorlar – 2296,0 ming ga haydaladigan yerlar 761 ming ga, o’rmonlar maydoni 1,03 mln. ga ni, yaylov va pichanzorlar maydoni 24 mln. gani tashkil etadi.

Beda ekiladigan maydonlarning kamayganligi sug’orma yerlar mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatilayotganligi sezilmoqda, shuningdek, chorva uchun ham ozuqa kamayib bormoqda. Paxta hosildorligi har gektar maydonga 26 ts dan 22,4 ts ga kamaydi, yem-xashak ekinlarniki esa 1,5 marta pasaydi. Tan olish kerakki, sug’orma yerlarda ekinlar ekish tuzilmasi haligacha takomillashtirilmagan. Bundan tashqari har yili turli sabablarga ko’ra yerga ekin ekilmay qolib ketishini qanday izohlash mumkin. Bu boradagi ko’rsatkich yiliga respublikada 130-140 ming ga ni tashkil qiladi.

Sug’oriladigan yerlardan foydalanish jarayonida vujudga kelgan muammolardan biri yerlarning sho’rlanish darajasi ortib borayotganidir. Binobarin respublikada yerlar 4 mln. 220 ming ga bo’lib, shundan 1 mln. 943 ming gektari sho’rlanmagan, qolgani turli darajada sho’rlangan. O’zbekistonda barcha tuproqlar tarqalgan hududning 31 % deflyafiyaga berilmagan xolos. Yeroziya ayniqsa, lalmikor yerlarda keng miqyosda ro’y bergan bo’lib, umumiy maydoni 700 ming ga dan ziyod.

Sug’oriladigan va lalmi yerlar mahsuldorligini yaxshilash choralari quyidagilardan iborat: yerlarni kapital va joriy tekislash, sho’r yuvishni o’z vaqtida sifatli o’tkazish, mineral va organik o’g’itlardan oqilona foydalanish, paxtazorlar maydonini qisqartirish, tuproqlarni bonititlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida foydalanilganda tuproq tabiiy sharoitidan butunlay farq qiladigan inson faoliyati ta’siridagi sharoitda bo’ladi. Ayniqsa, dehqonchilikda sun’iy sug’orish bilan olib borilganda inson faoliyatining tuproqqa ta’siri yanada kuchayadi. Inson faoliyatining tuproqqa ta’sirini bir so’z bilan «antropogen» omil deb atasa bo’ladi.

Antropogen omil tuproq hosil bo’lishiga agrotexnik usullar, geologik usullar, geologik va qurilish ishlari, sanoat va sanoat qurilishlari, shahar va shaharlar qurilishi, daraxtlarning kesilishi, yer osti suvlarining pasayishi yoki ko’tarilishi, yo’l va suv omborlari qurilishi va boshqalar orqali ta’sir ko’rsatadi.

Yuqorida aytilganlar ichida agrotexnik usullar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida doimo qo’llaniladi va ular doimiy antropogen omillar deb yuritiladi. Qolganlari esa vaqti-vaqti bilan zarurat tufayli amalga oshiriladi va doimiy bo’lmagan antropogen omillar deyiladi. O’rta Osiyo sharoitida, asosan, paxta, g’alla, sabzavot-poliz va mevali o’simliklar o’sadi.

Afsuski, Sobiq Ittifoq davrida O’rta Osiyodagi barcha respublikalar, ayniqsa, O’zbekiston uchun yetakchi soha paxta bo’lib, umumiy sug’orilib, ekin ekiladigan maydonlarning deyarli 75-80% ni tashkil etgan bo’lib, paxtadan yuqori hosil olish uchun kuchaytirilgan agrotexnik tadbirlarning majburiy, tinimsiz olib borilganligi oqibatida tuproq zo’riqtirildi, tabiiy unumdorligi keskin pasaydi, tuproq paxtaga xos bo’lgan kasalliklar va zararkunandalar bilan kasallandi, dalaga og’ir texnikalarning ko’plab kiritilishi oqibatida esa tuproqning yuza qatlami keskin zichlashdi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, anropogen omil, ya’ni inson faoliyati ma’lum maqsad sari yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan holatda dehqonchilikka yondashilsa, tuproq holati yaxshilanadi, unumdorligi ko’tariladi. Biroq shuni ochiq aytish kerakki, O’zbekistonda Sobiq Ittifoq davrida ham, qolaversa bugungi kunda ham, asosiy diqqat e’tibor ko’proq hosil yetishtirishga qaratilgan bo’lib, barcha agrotexnik tadbirlar kuchaytirilgan holatda berilgan. Ayrim hududlarda paxta kech pishishi natijasida yer umuman dam olmasa bir qator xo’jaliklar bir yilda ikki uch hosil olishi natijasida yer zo’riqmoqda. Aksariyat holatlarda, ekindan bo’shagani kuzgi shudgorsiz qolib ketmoqda, sug’orish me’yorlari 20 ming kub metrga borgan (normadan 2,5-3 barobar ko’p) azot juda katta miqdorda berilib fosfor va kaliyli o’g’itlar yetarlicha berilmagan (N:P:K: ni 1:0,8:0,5 nisbati keskin buzilgan). Kimyoviy zaharli vosita (pestitsid)lardan bir necha barobar keragidan ortiqcha ishlatilishi oqibatida, zararkunandalar bilan birgalikda foydali hasharotlar ham, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar ham, chuvalchanglar ham, kemiruvchilar ham qirilib ketish oqibatida tuproq tabiiy unumdorligini deyarli yo’qotdi. Ayniqsa, bu holat O’zbekistonda o’ta achinarli ekanligini quyidagi sonlardan ham ko’rish mumkin. O’tgan asrning 80-90 yillarida Yaponiya bir gektarga 200-400 gramm, AQSh-2-4 kilogramm, Sobiq Ittifoq-10-12 kilogramm kimyoviy zaharli pestitsidlardan foydalangan bo’lsa, bu ko’rsatkich Sobiq Ittifoqning paxta xomashyo bazasi hisoblangan O’zbekistonda-55-59 kilogrammni bir gektarga tashkil etgan. Buni nima bilan baholash mumkin? Afsuski tuproqning tili yo’q, shuning uchun dod sola olmaydi. Lekin insonni ekologik toza mahsulotdan mahrum qiladi.

Yildan-yilga ko’proq paxta tolasi olish uchun (ekstensiv usul bilan) yangi yerlarning o’zlashtirilishi oqibatida yaylovlar keskin kamaydi, mamlakatimizda go’sht, sut muammosi paydo bo’ldi. Paxtadan yuqori hosil olish maqsadida, yuqori normada suvlanish jarayonida suvning bir qismi yerga singishi, haroratning ko’tarilishi (iyun, iyul, avgust oylarida) bilan yer osti sho’r suvlarining tepaga ko’tarilishi oqibatida tuproqning unumdor yuza qatlami keskin sho’rlana boshladi. Yerning nihoyatda sho’rlanganligi respublikamiz uchun eng yirik ekologik muammodir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yerlarni ommaviy suratda o’zlashtirish, hatto sho’rlangan va melioratsiyaga yaroqsiz yirik-yirik, yaxlit maydonlarni qishloq xo’jaligi muomalasiga kiritish, ana shu noxush oqibatlarga sabab bo’ldi. So’nggi 50 yil mobaynida sug’oriladigan yer maydoni 2,46 million gektardan 4,28 million gektarlarga yetdi. So’nggi 10 yil mobaynida (1975-1985 y.y.) 1 million gektar atrofida yangi yerlar o’zlashtirildi. 1990 yilga kelib sug’oriladigan yer maydonlari 1985 yilga nisbatan 1,5 barobar ko’paydi. Yangi yerlardan foydalanishda ilmiy asoslangan mavjud texnologiyalarga amal qilinmadi, paxta va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari nazoratsiz sug’orildi. Tuproqning nami ko’payib ketdi. Bu esa tuproqning ikkilamchi sho’rlanishiga sababchi bo’ldi. O’zbekistonda mineral o’g’itlar, gerbitsidlar va pesittsidlarning qo’llanishi eng yuqori normadan ham o’nlab marta ortib ketdi. Ular tuproqni, daryo, ko’l, yer osti va ichimlik suvlarini iflosladi. Azotli o’g’itlardan bir tomonlama foydalanilishi oqibatida uning bir qismi yer osti suvlarini iflosladi. Nitratlarning suvda ruxsat etilgan miqdori (PDK) o’rtacha kengliklar uchun 22 mg/l, qilib belgilangan bo’lsa, uning qishloq xo’jaligi tumanlari suv havzalaridagi miqdori 300-1000 mg/l ga yetdi. O’g’itlarni saqlash, tashish va ishlatish qoidalariga yetarlicha amal qilinmasligi oqibatida, yaqin atrofdagi tuproq, suv resurslari ifloslandi, aholi orasida turli xil allergik kasalliklarning salmog’i orta bordi.

Qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi qo’llaniladigan zaharli kimyoviy moddalarga pestitsidlar deyiladi.

Pestitsid-so’zi lotincha «pesti»-hashorat «tside»-o’ldiraman degan ma’noni anglatadi.

Kimyo sanoatining yirik kashfiyotlaridan biri o’simliklarni xilma-xil zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishning kimyoviy vositalari kashf etilishidadir. Qishloq xo’jaligida turli xil kasallik va zararkunandalarning ekinlarga katta zarar yetkazganligi hech kimga sir emas. O’tmishda mechkay chigirtkalar, yumronqoziq, sichqon, kalamush kabi kemiruvchilar va aholiga yuqumli kasalliklar tarqatuvchi zararkunandalarga qarshi kurashuvchi birorta ham usullar yoki kimyoviy vositalar mavjud emas edi. Oqibatda bu kabi zararkunandalar qishloq xo’jaligiga million-million so’mlab zarar keltirdi. XX asrning 60-70 yillaridan boshlab qishloq xo’jaligi zararkunandalari va hashoratlariga qarshi pestitsid va gerbitsidlarning yaratilishi dehqonlarning tashvishini ancha yengillashtirdi. Masalan, o’simliklarni kimyoviy vositalar yordamida hashorat va kasalliklardan himoyalash ishlab chiqarish umumiy xarajatining 2-4% ini tashkil etgan holda, bulardan olingan qo’shimcha hosil 40-60% ga teng bo’ladi. FAO rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’yicha rejalashtirilgan umumiy hosilning 40-45% i, jumladan, 16,9% i zararkunandalardan, 12,8% i kasalliklardan qolgan 11-12% i begona o’tlar keltirgan zararlar hisobidan olinayapti. Kimyoviy vositalardan yetarlicha foydalanmayotgan Hindiston 1 gektardan o’rtacha 13-15 sentner hosil olayotgan bo’lsa, bu kabi kimyoviy vositalardan yetarlicha foydalanayotgan Yaponiyada o’rtacha 1 gektardan 70-75 sentner sholi hosili olinmoqda. Respublikamizda o’tkazilgan tajribalarga ko’ra, pestitsidlar va gerbitsidlardan foydalanilmaganda kartoshka, olma, paxta hosildorligi 50%, go’sht, sut va jun tayyorlash 25% kamayganligi isbotlangan. Bulardan xulosa qiladigan bo’lsak, kimyoviy zararli vositalarning xizmati bebaho ekan.

So’nggi yillarda O’zbekiston hukumati tomonidan ko’rilgan chora tadbirlar tufayli pestitsidlardan foydalanish 1990 yilga nisbatan 1997 yilda to’rt barobar, 2005 yilga kelib esa yetti barobarga kamaydi. Mustaqillik yillariga kelib, respublikamizda qo’llash muddati o’tganligi sababli ko’milgan 13 ta nuqta aniqlangan bo’lib, ular 604 gektar yer maydonlarini egallab yotibdi. Bu yerlarda dehqonchilik qilish, uy-joy qurish, chorva boqish mutlaqo ta’qiqlanadi. Bu zahri qotillarning uzoq vaqtgacha o’z ta’sirini yo’qotmasligi o’ta achinarli holdir. Masalan, DDT(dust) ning issiqqonli hayvonlar yoki inson tanasiga kirgandan keyin uning yarim yemirilish davri 33 yilga teng ekan. Sobiq Ittifoq davrida Surxondaryo viloyati hududida 49 ta qishloq xo’jalik aerodromlari mavjud bo’lib, ularning umumiy yer maydoni 405 gektarni tashkil etadi. Eng afsusli tomoni shundaki, keyinchalik ushbu aerodromlarning o’rniga oziq-ovqat mahsulotlari ekilgan, uylar qurilgan, aholiga shaxsiy tomorqa qilib berilgan. Laboratoriya tekshiruvlari natijasida Uzun tumani B.Ochildiev nomli xo’jaligi hududidagi, Sho’rchi tumanidagi «Jartepa», Denov tumanidagi A.Temur va Hazorbog’, Angor tumanidagi Mustaqillik xujaliklaridagi aerodrom hududlarida tuproq analizlari olib tekshirilganda inson hayoti uchun o’ta havfli bo’lgan DDT ning miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) dan 50 marta, DDYe-100 marta, GXUR-25 marta yuqori ekanligi aniqlangan. Shuni ming taassuflar bilan aytamizki, Oltinsoy tumani sobiq Shirin xo’jaligi hududida mavjud bo’lgan aerodrom hududida yirik mahalla va tuman hokimiyati binosi qurilib tumanni ahil rahbariyati asosiy ish kunini shu binoda o’tkazayotganligini qanday baholash mumkin.

Insonning pestitsidlardan zaharlanishi 2 xil holatda yuz berdi:

1. O’tkir zaharlanish;

2. Surunkali zaharlanish.

O’tkir zaharlanish organizmga bir yo’la o’lim darajasiga olib keladigan miqdorda (doza) o’tganda yuz beradi. Bunda kasallik tez rivojlanib, oqibati o’lim bilan yakunlanadi.

Fosfor va simobli organik pestitsidlar bilan zaharlanganda ko’ngil aynib, og’zidan ko’pik kelib, badani titrab, tomirlar va ko’z qorachiqlari tortishib qoladi.

Surunkali zaharlanishda inson yuqoridagi zahri qotillar bilan kamroq miqdorda zaharlangan bo’ladi. Oshqozon ichak va nafas yo’llarini qisman zaharlaydi, insonning nogiron bo’lib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotlarining bergan ma’lumotlariga ko’ra, inson yog’ to’qimasidagi DDT miqdori aniqlanganda DDTning eng yuqori kontsentratsiyasi Hindiston aholisida 15-31 mg/kg, Italiya aholisida-15,4 mg/kg, Yangi Zellandiyada 6 mg/kg, Gollandiya-2,2-7,5 mg/kgni tashkil etgan (22-jadval). Pestitsitlarning eng havfli tomoni shundaki, ularning ta’siri organizmda juda uzoq saqlanganligi uchun (yarim yemirilish davri 33 yil) onalar yog’ to’qimasida ba’zi bir pestitsidlar avloddan-avlodga o’tar ekan. Shu narsa o’ta vahimaliki ayollar sutidagi DDT miqdori sigir sutidagiga qaraganda bir necha barobar ko’p ekanligi aniqlangan. Hattoki hech joyda ishlamay uyda o’tirgan emizikli onalar sutidan ham DDT topilgan.

Bundan shunday hulosa qilish mumkinki, pestitsidlar tabiatda doimiy harakatda bo’lgan moddalar aylanish jarayonida kichik va katta aylanish sistemasiga doimiy a’zo bo’lib kirganga o’xshaydi. Demak, tabiatda hamda insonda uchrashi tasodifiy emas, balki doimiy ta’sir etuvchi omil bo’lib qolmoqda. Shuni yana bir bor qayd etish zarurki, pestitsidlarni dehqonchiligimizda ishlatish iqtisodiy jihatdan juda ham samarali bo’lsada, atrof muhitni ifloslovchi inson va hayvonot olami uchun o’ta havfli vosita sifatida ishlab chiqarishda foydalanishni mutloqo ta’qiqlash kerak, degan talablar ham yo’q emas.

Lekin shuni ochiq e’tirof etish kerakki, hozircha fan taraqqiyotida hali qishloq xo’jaligi uchun bulardan xavfsizroq vositalar yetarlicha kashf etilmagan, shu sababli ham hozircha bu kabi kimyoviy vositalardan voz kechib bo’lmaydi. Chunki XX asrning oxiri XXI asr boshlariga kelib sayyoramizda o’simlik va hayvonlarga zarar yetkazuvchi 70 mingga yaqin zararkunanda va kasalliklar aniqlangan bo’lib, bularga qarshi yetarlicha kurash olib borilmasa, aholini oziq ovqat va boshqa qishloq xo’jaligi xom ashyolari bilan ta’minlash yanada mushkullashadi.

BMT bergan ma’lumotlariga ko’ra, yer yuzida o’rtacha besh yoshgacha bo’lgan bolalar soni (1980-1990 y.y.) 192 millionga yaqin bo’lib, shularning 92 millionga yaqini har yili ochlik yoki ochlik asoratidan kelib chiqayotgan kasalliklar sababli nobud bo’lmoqda. Shularni bila turib, kimyoviy pestitsidlardan to’lasicha voz kechiladigan bo’lsa, bu hol biroz xato hisoblanmasmikan? Masalan, kartoshkaning ashaddiy qotili hisoblangan-kolorado qo’ng’izi bir mavsumda 3 marta nasl beradi va har safar bitta urg’ochi qo’ng’iz 30 milliongacha urug’ qo’yish imkoniyatiga ega, bu degani bitta kolorado qo’ng’izi bir yilda 90 million zararkunandani tabiatga tarqatadi, demak buning zarari bilan foydasi haqida gapirmasak ham bo’ladi.

Yoki bir dona urg’ochi qonli bit bir yozda 31 xonali raqam bilan ifodalanadigan miqdorda avlod bera oladi. Qishloq xo’jaligini pestitsidlardan voz kecha olmasligining boisi ham ana shunda bo’lsa kerak deb o’ylaymiz.

Modomiki shunday ekan, bugungi kunga kelib hattoki koinotni ham zabd etgan hazrati inson, pestitsidlardan foydalanishda, oddiygina, ushbu zahri qotillardan foydalanish yoki ularni qo’llash qoidalariga to’lasicha amal qilsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Margumushning ko’pi zahar, ozi esa tish og’rini qoldiradiku. Buning uchun yaxshi texnik tayyorgarlik, barcha sanitariya-profilaktika chora-tadbirlariga amal qilish va qat’iy nazorat o’rnatilsa bas!

Shuni ham inkor etmaslik kerakki, bugungi kunda mustaqil respublikamizda bu borada talaygina ishlar qilinmoqda:



  1. Qishloq xo’jaligida tavsiya etilgan barcha zaharli kimyoviy vositalar uchun-ruxsat etilgan miqdor (REM) belgilangan;

  2. Ushbu moddalardan foydalanish tavsiyanomasi bo’lishi shart. Unda foydalanish qoidalari, saqlash qoidalari, muddati, tayyorlash, qo’llash usullari qat’iy ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

  3. Bu kabi vositalarning ta’sir kuchi inson va issiq qonli hayvonlarga juda kam bo’lishi shart;

  4. Ushbu kimyoviy vositalarning tabiatda yashash umri bir mavsumdan oshmasligi kerak (ya’ni bir vegetatsiya davriga mo’ljallangan).

  5. Qishloq xo’jaligi vazirligi mutaxassislari har yili respublikada ishlab chiqarilayotgan yoki chetdan kelayotgan bu kabi kimyoviy vositalarning rasmiy ro’yxatini ko’rib chiqib, hozirgi gigienik me’yorlarga javob bermaydiganlarini ro’yxatdan chiqarib tashlash va ular o’rniga ortiqcha zarar yetkazmaydiganlarini ro’yxatga kiritish lozim.


Download 106,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish