Lisoniy paradigma va uning a'zolariga nisbatan F.Sossyur tomonidan qoʻyilgan bu talablar keyingi qariyb yuz yildan beri deyarli oʻzgarishsiz saqlanib kelmoqda. Paradigmalar, qamroviga koʻra, katta va kichik yoki tashqi va ichki paradigmalarga boʻlinadi. Bu paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar jarangli va jarangsizlarga boʻlinadi. Demak, paradigmatik munosabat atamasining muqobillari sifatida o'xshashlik munosabati, assotsiativ munosabat atamalari ham ishlatiladi. Tizim atamasi ham koʻp hollarda paradigma atamasi oʻrnida ishlatiladi: unlilar tizimi, kelishik tizimi kabi. Jarangli va jarangsizlar alohida kichik yoki ichki paradigmalar boʻlib, undoshlar tizimi bir butun holda ularga nisbatan katta yoki tashqi paradigma deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |