Reja: Lisoniy birliklar Lisoniy birliklar bir-birini eslatib turish xossasiga ega. Shu boisdan ular jamiyat a'zolari ongida bir tizim ga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [a] fonemasi [o]fonemasini, [u] fonemaci [oʻl fonem asini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki tizim - unli va undoshlar tizimiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar tizimida, undoshlar esa undoshlar tizimida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a]ni eslatishi oʻz tizimdoshlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari kichik, ichki tizim hosil qilib, ular birgalikda qolgan fonemalar juftliklarini eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |