Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Siyosatshunoslik yoʻnalishi Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi fanidan
Mustaqil ish
Mavzu:Tilshunoslikning zamonaviy yonalishlari
Bajardi: Tursunov Toxirjon
Reja:
Lingvopoetika.
Psixolingvistika.
Etnolingvistika.
Sotsiolingvistika.
Mentalingvistika.
Neyrolingvistika.
Matematik lingvistika.
Kognitiv lingvistika (kognitologiya).
Asosiy tushunchalar
Lingvopoetika, psixolingvistika, etnolingvistika, sotsiolingvistika, mentalingvistika, neyrolingvistika, matematik lingvistika, kognitiv lingvistika.
LINGVOPOETIKA
Til tinglovchiga tasir qiladigan qudratli vosita bolgani uchun tilshunoslik fani adabiyot bilan uzviy bogliq va bu lingvopoetika fanini yuzaga keltirgan. Lingvopoetika badiiy asarlarda qollanilgan lingvistik birliklarning badiiyestetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini organadi. Badiiy til keng qamrovli obekt sifatida funksional darajalangan qismlarga, fragmentlarga bolinish xususiyatiga ega. Biroq amalda ushbu obektning ayrim fragmentlarigina badiiy nutq tahliliga beriladi. Demak, badiiy nutq keng tushuncha bolib, badiiy asar tili badiiy nutqning bir korinishi, bir fragmenti hisoblanadi. U tilning ekspressiv funksiyasini oz ichiga olgani uchun, til sistemasining barcha sath birliklarining badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, lingvopoetika fonetik poetika, leksik poetika, sintaktik poetika kabi turlarga bolinadi. Lingvopoetikaning vazifasi ushbu sohalarni alohida-alohida organish va ularning ozaro munosabatini ham yoritib berishdan iborat.
Jumladan, fonetik-fonologik sathda bir xil tovushlar bir xil boginlarning takrorlanib kelib, assonans (bir xil unlilarning takrorlanib kelishi), alliteratsiya (bir xil undoshlarning takrorlanib kelishi) hodisalarini yuzaga keltirishi hamda tasirchanlikni yuzaga keltiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi organiladi. hodisalarini bunga Masalan, Odamiy ersang demagil odami, onikim yoq xalq gamidin gami (A.Navoiy) aforizmidagi o tovushining takrorlanib kelishi assonans hodisasi, Derazamning tagida bir tup orik oppoq bolib gulladi (H.Olimjon) sherida oppoq sozida p tovushining alohida ohang bilan takror aytilishi,
Qaro qoshing, qiyiq qoshing, quyuq qayrilma qoshing, qiz, Qilib qatlimga qasd, qilich qayrab qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qoymaysan,
Qarab qoygin qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz. (E.Vohidov) sherida q tovushining takrorlanib kelishi nutqning ifodaviyligini oshirib, kuchli tasirchanlikni yuzaga keltirgan.
Leksik sathda leksemalarning kochma manolarda qollanishi (masalan, Aqlu balogatning shotilaridan yuksala beringiz sekundlar sayin (G.Gulom) sheridagi shoti sozi bosqich manosida ishlatilgan ) sintaktik sathda esa gap bolaklarining joylashishi, gap tarkibida bir xil bolaklarning takrorlanib kelishi (masalan, Aziz asrimizning aziz onlari aziz odamlardan soraydi qadrin (G.Gulom) sherida aziz sozining takror kelishi, Rozimasman bir yosh tomsa kozimdan, rozimasman sal rang ketsa yuzimdan, Yol oshsam-u, sal yashashdan adashsam, rozimasman unda tamom ozimdan (H.Olimjon) sherida rozimasman, sal sozlarining, Har bahorda shu bolar takror, har bahor ham shunday otadi misrasida har bahor birikmasining takror qollanishi kabi hodisalar badiiy nutqda tasirchanlikni orttiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |