"lingvomadaniyatning milliy xususiyatlari


Lingvomadaniyatning nazariy asoslarini yaratilishi va maktablarning rivojlanishi



Download 165,49 Kb.
bet12/20
Sana21.04.2022
Hajmi165,49 Kb.
#570143
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
дип иш

2.2 Lingvomadaniyatning nazariy asoslarini yaratilishi va maktablarning rivojlanishi
Lingvomadaniyat (Lingvokulturologiya) – zamonaviy tilshunoslikning yoʼnalishlaridan biri boʼlib, antropotsentrik paradigma doirasida oʼrganiladi. V.V. Vorobevning taʼkidlashicha, lingvokulturologik tadqiqotlar «zamonaviy lingvistikaning barcha tendentsiyalari bilan moslashib, inson, fikrlarsh, tafakkur, ruxiy amaliy faoliyati bilan uzviy bogʼliqlikda rivojlanib boradi».56 V.N. Teliyaning qarashlariga koʼra esa, «lingvokulturologiya insoniylik faktoriga, aniqrogʼi, – tilda madaniy faktorga, lisoniy faktorning insonga taʼsiri omillarini oʼrganadigan fan. Bu esa lingvomadaniyatda – inson haqidagi fanda oʼrganish markazida madaniyat fenomeni yotadigan antropologik paradigmaga predmet sifatida qaraladi.57
Lingvomadaniyat – bu tilshunoslik va madaniyatshunoslikning tutashgan qismini oʼrganadigan soha, tilda muhrlanib qolgan va aks etadigan millatning madaniya voqeʼliklarini predmet sifatida oʼzida mujassam etadi. Lingvistikaning mustaqil yoʼnalishi sifatida lingvokulturologiya XX asrning 90 yillarida fan sifatida vujudga kelgan boʼlib,
«lingvokulturologiya» atamasi birinchi marta Moskva Frazeologiya maktabining vakili V.N. Teliyaning ilmiy ishlarida paydo boʼldi. Bu yoʼnalishning alteranativ nomlanishi sifatida oʼzbek tilida lingvomadaniyatshunoslik, rus tilida esa «lingvokulturovedenie» atamasi ham paydo boʼldi.
Lingvomadaniyatshunoslik ilmiy yoʼnalishining barcha vakillari bu yoʼnalishning tabiati koʼp fanlar bilan tutashganligini alohida ahamiyat bilan esga olishadi. (Misol uchun, Vorobev, Maslova). Bu fanning nomlanishiga aniqlik kiritiladigan boʼlsa, madaniyatshunoslik fanida insonning tabiat, jamiyat, tarix, sanʼat va boshqa sohalar boʼyicha ijtimoiy va madaniy tarmoqlarini oʼrgansa, lingvomadaniyatshunoslik olamning lisoniy tasvirida madaniyatning mental modelining lisoniy variantini oʼrganadi. Lingvomadaniyatda dialog, oʼzaro muloqotda aks etadigan til va madaniyat birliklari asosiy predmet hisoblanadi.
Lingvomadaniy anʼanalarda til madaniyat quroli, uning bir qismi, shuningdek, madaniyatning bir avloddan avlodda axborot tarzida saqlanib qolishi manbai hisoblanadi.1 Shunga koʼra, lingvomadaniyatshunoslik tilni madaniyat fenomeni sifatida oʼrganadi.
Madaniyat oʼz oʼzidan maʼlumki, xalqning, millatning tarixiy xotirasi,
«oʼzining kumulyativ funktsiyasiga koʼra, avlodlar oʼrtasida madaniya bogʼiqlikni saqlab qolisha xizmat qiladi, madaniyatnig kodlangan axborotlarini nafaqat tarixdan hozirgi kunga, balki bugungi kudan ertangi kunga ham saqlab qolishga imkon beradi. Lingvomadaniyatshunoslik faninig rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalashadi: birinchisi, fanni rivojlanish bosqichidagi birinchi qadamlar (V. fon Gumboldta, E. Benvenista, L. Vaysgerbera, A.A. Potebni, E. Sepira va hk.larning ilmiy ishlari.); ikkinchisi – lingvomadaniyatshunoslikning lingvistika va maaniyatshunoslikdan mustaqil soha sifatida rivojlanishi, hozirgi kunda esa bu soha taraqqiyotining uchinchisi bosqisi oʼtayotgan boʼib, koʼp tarmoqli mustaqil lingvoamadniyatshunoslik sohasi rivojlanmoqda. Dastlabki bosqichlarda istisno tarzida lingvomadaniyatshunoslik fani etnolingvistikaning bir tarmogʼi sifatida ajralib chiqdi. Misol uchun V.N.Teliya bu sohaga etnolingvistikaning bir tarmogʼi sifatida qaragan. V.N.Teliyaning kontseptsiyasida lingvomadaniyatshunoslikning vazifalari etnolingvistikaning vazifalariga yaqin deb qaralgan. Bu ikki soha, etnolingvistika va lingvomaaniyatshunoslikning bir biridan farqli jihati shuki, etnolingvistika materialni tarixiy retrospektivda, lingvomadaniyatshunoslik esa til va madaniyatning sinxron taʼsirlashuvini oʼrganadi.58
Lingvomadaniyatshunoslikning tadqiqot vazifalarini E.Benevistning tuzgan triadasi bilan tushuntirish juda oson– “til – madaniyat – inson shaxsi" bu olim lingvomadaniyatni linza sifatida koʼrib, bu linza orqali etnosning moddiy, ruxiy borligini koʼrish mumkin.
Hozirgi kunda esa lingomadaniyatshunoslikka etnolingvistikaning bir tarmogʼi sifatida emas, balki mustaqil ilmiy soha sifatida qaraladi. Etnolingvistikaning lingvomadaniyatshunoslik bilan farqli xususiyatlarini aniqlashga urinib, tadqiqotlar natijasida etnolingvistikani hozirgi kundagi maʼlumotlar, axborotlar manbaida tarixiy xususiyatlarni izlab, taahlil qilish bilan shugʼullanadi.59 Yaʼni, muayyan etnosning tarixiy madaniy hayotiga tegishli xususiyatlarni zamonaviy materiallarda tahlil qiladi. Lingvomadaniyatshunoslikda esa ruxiy madaniyat prizmasi orqali tarixiy va zamonaviy lisoniy faktlar tahlil qilinadi.
V.A.Maslovaning kontseptsiyasida bu borada V.N.Teliyaning ilmiy izlanishlaridan farqli natijalarni koʼrish mumkin. Xususan, lingvomadaniy tadqiqotlarda sinxroniya va diaxroniya masalalari ham tadqiq qilinadi.60 V.N. Teliyaning qarashlariga koʼra, til va madaniyatning sinxron tutashuvi lingvomadaniyatshunoslikning predmeti hisoblanadi: xalqning sinxron mentalitetida mavjud, olim jonli kommunikativ jarayonlarni oʼrganadi.61 V.A. Maslova lingvomadaniyatshunoslik tarixiy, zamonaviy lisoniy faktlarni ruxiy madaniyatning prizmasi orqali aks ettirishni anglatadi, 62 degan fikrni ilgari suradi. Aynan shuning uchun ham lingvomadaniyatshunoslik ichida diaxronik lingvomadaniyatshunoslik asosiy soha hisoblanadi.
Lingvomadaniyatshunoslik statusi boʼyicha esa uning obʼekti masalasi har doim muhokamalar ostida boʼlib kelgan. V.N.Teliyaning tushunchasi boʼicha, lingvomadaniyatshunoslikning obʼekti nafaqat milliy madaniy maʼlumot, balki umuminsoniy hamdir.63 Masalan, Bibliya kitobida keltirilgan maʼlumotlar birgina xalqqa emas, turli xalqlarga tegishli boʼlishi mumkin. V.A. Maslova esa lingvomadaniyatshunoslik obʼektni torroq maʼnoda koʼrib chiqqan. Uning fikricha, bu fanning obʼekti nafaqat muayyan xalqqa tegishli madaniy maʼlumot, balki, muayyan xalqqa yaqin, qardosh xalqlarga ham tegishli madaniy qadriyatlarni ham qamrab oladi.64
V.N. Teliya lingvomadaniy tahlilni ichki kuzatuvchi nomidan, tildan tashqaridagi sferada tashkil vilishni taklif qiladi.65 V.A. Maslovaning fikriga koʼra, tashqi kuzatuvchi sifatida tahlilni amalga oshirish maʼqulroq.66 G.G. Slыshkin esa kontseptlarning lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilish uchun nafaqat til birligidan nutq birligigacha oʼrganishni, balki, madaniyat birligidan til birligagacha oʼrganish toʼgʼri ekanligini isbotlab bergan.67
Ikkinchi paradigma doirasida lingvomadaniyatshunoslikning asosiy vazifasi «birinchidan, diskursda u yoki bu madaniyat birligini ifoda qiladigan adekvat til birliklarining, ikkinchidan, turli kommunikativ vaziyatlarda asosiy pragmatik funktsiyalarning maʼlum madaniyatga nisbatan oʼrganilishini taqozo qiladi. 68
Hozirgi kunda lingvomadaniy paradigma boʼyicha V.N. Teliya, V.A. Maslova, V.V. Vorobev, A.T. Xrolenko kabi lingvist olimlar samarali ishlari koʼzga koʼrinimlidir. Bu yoʼnalishga nisbatan turli olimlarning turlicha yondashuv va traktovkalari olamning lingvomadaniy obrazini oʼrganishga katta qiziqish uygʼotib kelmoqda. Shunday qilib, lingvomadaniyatshunoslikning tadqiqot markazida «jamiyat kundalik hayotining madaniy qadriyatlarga asoslangan milliy shakllarining muloqotning lisoniy maydonidagi reprezentatsiyasi turadi».
XX asrning oxiriga kelib Moskvada to‘rtta lingvokulturologik maktab yuzaga keldi:
1. Yu.Yu. Stepanov maktabining maqsadi madaniyatning davomiyligini diaxron nuqtayi nazardan tasvirlashdir. Yo‘nalish turli davrlarda yaratilgan matnlar yordamida, ya’ni tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi sifatida ish ko‘radi.
2. N.D. Arutyunova maktabi turli xalqlar va davrlarga oid matnlardagi umummadaniy terminlarni tadqiq etadi. Mazkur madaniy terminlar ham tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi nuqtayi nazaridan o‘rganiladi.
3. V.N. Teliya maktabi Rossiyada va xorijda frazeologizmlarning lingvokulturologik tahlil qilish bilan tanilgan. V.N.Teliya va uning shogirdlari lisoniy mohiyatlarni jonli til egasining refleksi nuqtayi nazaridan tadqiq qilishadi. Ya’ni bu madaniyat semantikasini bevosita til va madaniyat subyekti orqali egallashga qaratilgan yo‘nalishdir.
4. V.V. Vorobyev, V. M. Shaklein maktabi. Ular Ye.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlarning ta’limotlarini rivojlantirishdi.
Shunday qilib, lingvokulturologiya jonli milliy tilda va til jarayonlarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganadigan ijtimoiy fandir. U tilni madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi va namoyon bo‘lishidek eng muhim vazifasini belgilab beradi.

3 BOB. Lingvomadaniyatning milliy xususiyatlari: ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologizmlar hamda o’xshatishlar talqinida



Download 165,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish