hisoblashgan va bu fikr Herman Paul tomonidan «Til tarixi tamoyillari» kitobida qayd qilingan. Bu fikrni Shleyxerning tilni biologik hodisa sifatida qarash («til - tabiiy organizm») fikri bilan solishtirish mumkin. Yosh grammatiklar, shuningdek, tovush o‘zgarishlaridagi konuniyatlarni aniqlashgan, ular tirik tillar va dialektlar o‘rganilishi lozim deb hisoblashgan.
Yosh grammatiklar vakillari sifatida Herman Paul, Avgust Leskin, Karl Brugman, Herman Ostgofg, Vilgelm Shererlarni ko‘rsatish mumkin.
Yosh grammatiklar til faktlarini aniq kuzatishgan bo‘lsa-da, ular umumiy nazariy muammolarni olg‘a surishga jur’at etishmadi. Masalan, «Parij lingvistik jamiyati» nizomida quyidagi band bo‘lgan: «jamiyat tilning kelib chiqishi va xalqaro sun’iy tilning yaratilishi sohasida ish olib bormaydi».
«Yosh grammatiklar» Shleyxerning lingvistik biologizm g‘oyasiga qarshi chiqishgan bo‘lishsa- da, sun’iy yo‘l bilan yaratib bo‘lmaydigan tilning tirik organizmga o‘xshash tomonlari haqida ham so‘z yuritishgan. Yosh grammatiklar fonetik o‘zgarishlarni chukur tadqiq etishdi, undagi qat’iy qonuniyatlarni, analogiyalarni, o‘zlashmalarni va neologizmlarni ajratib ko‘rsatishdi. Ular ta’limotiga induvidualizm va psixologizm g‘oyalari xos bo‘lgan. Shunday qilib, ular tildagi o‘zgarishlar sabablarini jamiyatdagi o‘zgarishlardan emas, balki inson ruhiyatidagi o‘zgarishlardan izlashgan. Masalan, ular zamonaviy rus tili uni o‘rganmagan bola uchun o‘lik tildir, lekin o‘lik til hisoblangan lotin tili esa bu tilni mukammal bilgan filolog- klassik uchun tirik til sifatida namoyon bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Herman Paul tarixiylikning rolini bo‘rttirib, «tilshunoslik fani to‘ligicha tarixiydir» va til tizimi haqidagi har qanday tarixiy bo‘lmagan ish ilmiy ish emas deb ta’kidlagan. Yosh grammatiklarning yana bir kamchiligi ularning faqat alohida shakl va kategoriyalarni o‘rganishgani va ularda til tizimi degan tushunchaning mavjud bo‘lmaganligidadir.
Qiyosiy-tarixiy metod taraqqiyotining uchinchi bosqichi A.A. Potebnya, Gugo Shuxardt, Boduen de Kurtene, F.de Sossyur, Ens Espersen va boshqa olimlar faoliyati bilan boglikdir. Bu davrda sotsiologik tilshunoslik (ya’ni tilning ijtimoiy vazifalarini muloqot vositasi sifatida ajratish), dialektologiya va dialektografiya sohalari taraqqiy qildi. Shuxardt so‘zni u anglatgan predmetlar bilan bog‘liqliqda o‘rganishga chaqiradi. Uning «So‘z va narsalar» asari (1912) shu nomli lingvistik maktabning yaratilishiga turtki bo‘ldi. Avstriyalik tilshunos Rudolf Meringer tomonidan chop etiladigan «So‘z va narsalar» jurnali ushbu maktabga shunday nom berdi. Shuningdek, neolingvistika (Italiyada XX asrning 20-yillarida) oqimi vujudga keldi: bu oqim talqinicha, til ijtimoiy hodisa emas, balki individual hodisadir; yagona til mavjud emas, balki dialektga xos bo‘lgan izoglosslar birligi bor, xolos. Asos hind-evropa bobo tilidagi bir qator izoglosslarning kashf etilishidir.
To‘rtinchi davr (hozirgi davr).
Turkiya va Suriya hududlarida qudratli davlatchilik mavjud bo‘lgan. Bu erda xettlar istiqomat qilishgan. Arxeologik qazishmalar paytida olimlar mixxat belgilar tushirilgan o‘n minglab loydan yasalgan lavhalarni topishgan. Matnlarning ko‘pchiligi akkad tilida yozilgan bo‘lib, bu til Qadimgi Sharqda o‘ziga xos «lotin tili» vazifasini o‘tagan. Lekin noma’lum tilda yozilgan matnlar ham ko‘p edi. Olimlar bu til - xett tili degan xulosaga kelishdi. Xett tili sirlarini esa qiyosiy-tarixiy metod tamoyillarini qo‘llagan buyuk chex olimi Bedrjix Erozniy ochishga
muvaffaq bo‘ldi.
Xett tili ma’lumotlari hind-evropa tillari tarixini chuqurroq va aniqroq o‘rganishga va qiyosiy- tarixiy metodni rivojlantirish va mukammallashtirishga yordam beradi. Xett tili sirlarini ochish olimlarga eramizdan oldingi XVIII asrgacha bo‘lgan qadimiy davr qa’riga kirib borish imkoniyatini berdi. Chunki xett tilining kelib chiqishi (demak, hind-evropa tili ham ) shu davr bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |