Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet17/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Sossyur ko‘targan masalalardan yana biri - lisonning ijtimoiy institutitsionallik (jamiyatdagi kelishilganlik, ta’sis etilish) darajasi masalasi zamonaviy tilshunoslikda o‘z echimini topmokda desak, xato qilmaymiz. Binobarin, iragmalingvistikada keng miqyosda targib qilinayotgan muloqot tamoyillari (Grays va uning izdoshlari) aynan «lisoniy kelishuv» qonuniyatlariga amal qiladi. Ushbu muammo bevosita zaruriyat va erkinlik haqidagi ko‘hna falsafiy munozara bilan bogliq ekanligini sezamiz. Bundan tashqari, bu muammo echimi yo‘lidagi izlanish yana bir muhim masalaga, ya’ni tilning paydo bo‘lishi haqidagi azaliy munozaraga ham borib taqaladi. Sossyurning lisoniy faoliyatni ikki qismga, ya’ni shaxs erkinligi namunasi bo‘lgan nutq va ijtimoiy majburiyat namunasi bo‘lgan til bosqichlariga ajratish borasidagi fikrlari tilning paydo bo‘lishi hamda rivoj topishi haqidagi muammo echimini topish yo‘lidagi o‘ziga xos harakat bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Sossyurning o‘zi ham tilning ijtimoiy tabiatini uning semiotik tizimliligi bilan bogliq «nchki xususiyati» deb hisoblaydi.
Semiologik tahlilga tortiladigan ob’ektlar, Sossyurning qaydicha, ma’lum turdagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak. Birinchidan, ular belgi ko‘rinishida bo‘lishlari lozim. Belgilar tarixan
ixtiyoriy, ammo ularning qo‘llanishi kelishuvga (qoidalarga) asoslanadi. Belgilar majmuasi tizimni tashkil qiladi, ularning muhimlik qiymati qarama-qarshiliklar qatoridan o‘rin olishiga nisbatan aniqlanadi. Har bir semiologik belgi paradigmatik va sintagmatik qatorlarda o‘z o‘rniga egadir. Semiologik tizimlar o‘zgarib turadi.
Sossyur tilning boshqa semiologik tizimlarga nisbatan o‘zgacha tarkibiy xususiyatlar va vazifaviy imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham lisoniy belgilarning ixtiyoriyligi boshqa belgilardan ko‘ra yuqori darajada. Yagona bir til sohibi bo‘lgan ijtimoiy guruh a’zolari ushbu tilni bilishadi va undan foydalanadilar; til tizimini alohida shaxs yoki bir guruxdagi shaxslar istagi bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi; til miqdor jihatdan chegaralangan lisoniy birliklar vositasida cheksiz miqdordagi nutqiy birliklarni yasashi mumkin.
German afsonalari haqidagi Sossyurning dastxatlari matni guvoxdik berishncha, u folklorni ham semiologik tizim sifatida tadqiq qilish tarafdori bo‘lgan. Demak, u oddiy va estetik tizimlarni keskin chegaralash fikridan yiroq bo‘lgan.
Sossyurning semiologik ta’limotida belgining ixtiyoriyligi tamoyili alohida o‘rin egallaydi. Lekin u ushbu tamoyilning ayrim jihatlardan chegaralanganligini eslatishni ham unutmaydi. Zero, ushbu tamoyil doirasidagi talqiida ikki soha - semiologiya va grammatikaning o‘zaro qarama- qarshiligiga duch kelish ehtimoli ham yo‘q emas. Darhaqiqat, ularning birinchisi lisoniy belgini uning ixtiyoriyligi nuqtai nazaridan o‘rgansa, ikkinchisi esa tahlilda tizim tarkibidagi birliklarni assotsiativ qatorlarda guruhlanishiga tayanadi. Godelning fikricha, Sossyur o‘z ma’ruzalarida lisoniy birliklarning tarkibiy qismlarga ajralishi assotsiatsiya qatorlari munosabatlari bilan bogliq ekanligi haqida biror bir aniq fikr aytmagan, ammo u so‘z yasash hodisasi analogiya tamoyiliga mos kelishini bir necha bor qayd qiladi.
Godel, bundan tashqari, lisoniy belgini mutlaq (absolyut) ixtiyoriy deb qarash tilning tizimiy talqiniga ma’lum darajada halaqit berishi mumkinligini qayd qiladi. Ma’lumki, tizimda barcha hodisalar bir-birini taqozo etadi, o‘zaro aloqada. Ifodalovchi (belgi) va ifodalanmish (referent) ning aloqasi o‘ta ixtiyoriy ekanligini aniqlash uchun tizimdan uzoqlashish, bu aloqani mavhumlashtirish lozim bo‘ladi. Bu yo‘sindagi amal bajarilganda, lisoniy belgi o‘zining muhimlik qiymatini yo‘qotishi aniq. Godel Sh. Balli bilan munozara yuritib, ixtiyoriylikning chegarasi lisoniy belgining assotsiatsiya qatori va sintagmatik muhitda turgan o‘rni bilan bogliq deb hisoblaydi. Bizningcha, olimning lisoniy belgining ixtiyoriylik darajasi haqida bildirgan ushbu fikri barcha semiologik tizimlar tadqiqi uchun muhimdir va ushbu tamoyil til tizimining siixronik va diaxronik taxdilida bir xilda qo‘llanishi mumkin.

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish